Epidemiya (epi... Va yun. Yeto — xalq) — infeksion kasalliklarning maʼlum hududda odatdagidan koʻp tarqalishi. Endemiya epidemiyasi va pandemiya epidemiyasi farqlanadi. Infeksiya manbai (kasallik qoʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan odam yoki hayvon), qoʻzgʻatuvchining yuqish sabablari, shuningdek, organizmning mazkur kasallikka beriluvchanligi uzoq vaqt saqlanganda epidemiya vujudga keladi va davom etadi.

Bunda tez kasallik oʻchogʻini topib, atrofidagi aholining xavfsizligini taʼminlash, kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarning bemorlardan sogʻlom odamlarga oʻtish yoʻllarini bartaraf etish (masalan, oʻlat epidemiyasida kemiruvchilarni yoʻqotish, bemorlarni ajratib qoʻyish) va kasallikka beriluvchan kishilarni emlash choralari koʻriladi. Bunda, albatta, dezinfeksiya, desinseksiya, bemorlarni alohidalash kabi tadbirlar ahamiyatlidir.

Epizootiya (epi — da va yun. — hayvon) — hayvonlarda biror yuqumli kasallikning keng tarqalishi; kasallikning maʼlum vaqt ichida katta hududga (xoʻjalik, tuman, viloyat va boshqalar) yoyilib ketishi. E. Koʻrinishidagi yuqumli kasalliklarga oksil, oʻlat va qoramollar peripnevmoniyasi, choʻchqa oʻlati, nyukasl kasalligi va boshqalar kiradi. E.ga qarshi kurash — infeksiya manbaini zararsizlantirish, kasal mollarni tezda ajratish, karantin eʼlon qilish, emlash, mollarni toʻgʻri boqish va boshqalardan iborat.