39. Ulotriksning jinsiy va jinssiz koʻpayishi n
atijasida jami 144 ta ulotriks ipi hosil bo`ldi. Jinssiz
ko`payishdagi zoosporalar jinsiy ko`payishdagi zigotalardan 2 barobar kamligi malum
bo`lsa. Jinsiy ko`payishdan xosil bolgan ulotriks iplar sonini toping (a) va jinsiy ko`payishda
xosil bo`lgan zigotalar sonini toping (b).
Javob: a)____________________________________________________ [1.5 ball]
Javob: b) ___________________________________________________ [1.7 ball]
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko`chirib yozing.
40 .
Hujayrada sodir bo`lgan endositoz jarayoni uchun 80 mol ATF sarflandi. Shu ATFni
parchalanishi uchun necha gr suv sarflangan (a) va shuncha ATFni xosil qilish uchun
mitoxondriyada qancha gramm glyukoza parchalanishi kerak (b)?
Javob: a) _______________________________________________ [1.5 ball]
Javob: b)________________________________________________ [1.7 ball]
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko`chirib yozing.
41. Maymunjon gulkosachasining shakli normal bo`lishi chala dominant gen, bargsimon shakli
esa genning retsessiv alleli bilan ifodalanadi. Geterozigotalarda kosachalar shakli o`rtacha
bo`ladi. Maymunjon poyasining tukli bo`lishi tuksiz ustidan dominantlik qiladi. Bu belgilar
birikmagan holda irsiylanadi. Ikki belgi bo`yicha geterozigotalilar o`zaro chatishtirildi.
Yuqorida berilgan ma
’
lumotlardan foydalanib quyidagi ( a va b) topshiriqlarni bajaring.
a)
Avlodning fenotipik nisbati qanday bo`ladi?
Javob: a) ____________________________________________ [1.5 ball]
b)
Fenotip jihatdan ota-onaga o`xshash bo`lgan organizmlar genotipini toping.
Javob: b) ______________________________________________ [1.7 ball]
Diqqat! Javoblaringizni javoblar varaqasiga ko`chirib yozing.