qurtlar paydo bo‘lib, pashsha uchib chiqadi. Og‘zi yopiq idishda
va doka tutilgan idishda esa bu jarayon kuzatilmaydi (9-rasm).
Shisha idishlarni diqqat bilan kuzating.
1. Nima uchun birinchi idishda pashsha hosil bo‘ldi? Birinchi
idishdagi qurt qayerdan keldi?
2. Nimaga ikkinchi va uchinchi idishda pashsha hosil bo‘lmadi?
3. Olim biologiyani o‘rganishning qaysi usullaridan foydalandi?
4. Bu tajribadan siz qanday xulosaga keldingiz?
2 -la b o r a to riy a m a s h g 'u lo ti
Lupa va m ik ro s k o p tu z ilis h i
bilan ta n is h is h
Tirik organizmlarning tuzilishini o‘rganish uchun kattalashtirib
ko‘rsatuvchi asboblardan foydalaniladi. Ularga lupa va mikroskop ki
radi. Lupa - eng sodda tuzilgan kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbob
bo‘lib, ikki tomoni qavariq linzadan iborat.
Qo‘l lupasi (10-rasm) buyumni 2-20 marotaba kattalashtirib ko‘r-
satadi. Tekshirilayotgan tirik organizm aniq ko‘rinadigan bo‘lguncha
lupa yaqinlashtiriladi va tekshirilayotgan obyektning tuzilishi o‘rganiladi.
Masalan, tarvuz yoki pomidor bo‘laklarini
tekshirib, ularni yumaloq
hujayralardan iboratligini lupa yordamida aniqlash mumkin.
Mikroskop - kichik obyektlarni kattalashtirib ko‘rsatuvchi labora
toriya jihozi hisoblanadi (11-rasm). Ko‘rish nayi - tubusning yuqori
qismida okulyar, pastki qismida obyektiv joylashgan.
Ular kattalashti-
ruvchi linzalarga ega. Shtativga tubus va buyum stolchasi biriktirilgan.
Makrovint yordamida tubusni ko‘tarish
yoki tushirish mumkin. Mikrovintni burash
orqali o’ rganilayotgan obyektning aniq
tasviri hosil qilinadi.
Buyum stolchasidagi
teshik ostida ko‘zgu joylashgan. Ko‘zgu
yorug‘likni
buyum
oynasiga yo‘naltirib
aniq tasvir hosil bo‘lishiga yordam be-
radi. Yorug'lik mikroskopi necha marta
kattalashtirib ko‘rsatishini
aniqlash uchun
1 0 - r a s m . Qo1 lupasi.
Dostları ilə paylaş: