Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
5-biologiya

edurtm_uz
2 - r a s m . Laboratoriya jihozlari (izoh keyingi betda).
8


1. Probirka - moddalarning xususiyatini o‘rganish uchun ishlatila- 
digan shisha idish.
2. Pipetka - suyuqlikni tomizishga yordam beradi.
3. Pinset - qisqich. O‘rganilayotgan obyektni qisib olishda, ko‘chi- 
rishda ishlatiladi.
4. Petri idishchalari - ikki qismdan iborat shisha idish. Tashqi 
kattaroq va ichki kichikroq idishlardan iborat. Ko‘pincha bakteriya va 
zamburug‘larni o‘stirishda qo‘llaniladi.
5. Buyum oynasi va qoplag‘ich oyna - tirik obyektni mikroskop- 
da ko‘rish uchun ishlatiladi. Buyum oynasiga bir tomchi suv tomizib, 
hujayra joylashtiriladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Tayyorlangan 
mikropreparatlar mikroskop ostida kuzatiladi.
6. Skalpel - o‘tkir tig‘li pichoqcha. Laboratoriyada tirik obyektlarni 
kesishda foydalaniladi (2-rasm).
2 - § . T i r i k o r g a n i z m l a r n i n g x u s u s i y a t l a r i
Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan farqlanib, quyidagi asosiy xu- 
susiyatlarga ega:
1 . M o d d a l a r a lm a s h in u v i - metabolizm ikki xil jarayonning 
yig‘ indisi: 1) assimilyatsiya - sintez reaksiyalari, masalan, oqsil 
biosintezi, fotosintez. Bu jarayonda energiya sarflanadi; 2) dissi- 
milyatsiya - parchalanish reaksiyalari, masalan, ovqat hazm qilish 
sistemasida oqsil, y o g ‘ , uglevodlarning o ‘z tarkibiy qismlarigacha 
parchalanishi. Bunda energiya hosil bo‘ ladi.
2. O z iq la n is h - tirik organizmlar oziqlanishiga ko‘ra 2 guruhga 
bo‘ l i nadi: 1) avtotrof - bunga o ‘z oziqasini o ‘zi sintezlaydigan yas­
hil o ‘simliklar va ayrim bakteriyalar misol bo‘ ladi; 2) geterotrof -
tayyor ozuqa bilan oziqlanadigan organizmlar. Ularga ko‘ pch ilik 
bakteriyalar, zam burug‘ va hayvonlar kiradi (3-rasm).
3. N a fa s olish - ko‘pchilik tirik organizmlar kislorod yutib, 
karbonat angidrid 
ajratadi. 
Quruqlikda yashovchi organizmlar 
atmosferadagi kislorod, suvda yashovchi organizmlar esa suvda 
erigan kislorod bilan nafas oladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin