Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chogʻishtirish). Oʻquvchilarda tahliliy fikr yuritish koʻnikmalarini shakllantirish uchun biologiya oʻqituvchisi har bir darsda avval oʻrganilayotgan ob’ektlar bilan oʻrganilgan ob’ekt oʻrtasidagi bogʻlanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi kerak. Jumladan, “Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi” mavzusini oʻrganganda oʻquvchilarni kichik guruhlarga ajratib, ularga oʻquv topshiriqlari bilan bir qatorda quyidagi jadvalni toʻldirish tavsiya etiladi:
“DAVRA SUBHATI” METODI Mazkur metod aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta‘lim oluvchilar tomonidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladi. “Davra suhbati” metodi qoʻllanilganda stolstullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta‘lim oluvchining bir-biri bilan “koʻz aloqasi”ni oʻrnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining ogʻzaki va yozma shakllari mavjuddir. Soʻzlayotgan ta‘lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim boʻlsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib boʻlingandan soʻng muhokama qilinadi. Bu esa ta‘lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
“SWOT-TAHLIL” METODI Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
S-(strength)-kuchli tomonlari W-(weakness)-zaif, kuchsiz tomonlari
O-(opportunity)-imkoniyatlari T-(threat)-to‘siqlar va tahdidlar
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Modulli o’qitish texnologiyalari. – T.:
―Fan va texnologiyalar‖ nashriyoti, 2007
2. Ganieva M.A., Fayzullaeva D.M. Keys-stadi o’qitishning pedagogik
texnologiyalari to’plami / Met.qo’ll. ―O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi
tizimida innovatsion texnologiyalar‖ seriyasidan.–T.:TDIU, 2013