Biologiya fakulteti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə5/6
tarix19.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#157528
1   2   3   4   5   6
tabiiy tanlanish

Dizruptiv tanlanish. Ba’zi hollarda muayyan joyda tarqalgan bir turga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq individ- lar guruhi uchrashi mumkin. Bu tabiiy tanlanishning yana bir alohida shak- li bo‘lgan dizruptiv tanlanish natijasidir (98-rasm). Chunonchi, ikki nuqtali tug-macha qo‘ng‘izida mavsumiy polimorfizm hodisasini ko‘rish mumkin. Bu qo‘ng‘iz- ning qoramtir va qizg‘ish, qattiq qanotli formalari uchraydi. Qizg‘ish qanotlilar qishda haroratning pasayishi tufayli kam nobud bo‘lib, yoz oylarida kam nasl beradi. Aksincha, qoramtir qanotli formalilar qishda past haroratga bardosh berolmay ko‘proq nobud bo‘ladi
Darvin vaqt oʻtishi bilan turlar oʻzgarishi mumkinligi, yangi turlar ilgari mavjud boʻlgan turlardan kelib chiqishi va barcha turlarning umumiy ajdodlari boʻlishi haqidagi gʻoyalarni ilgari surdi. Bu modelga koʻra, har bir tur oʻzining ajdod turidan genetik jihatdan farq qiladi. Bu genetik farqlar asta-sekin va uzoq vaqt davomida kelib chiqadi. Umumiy ajdoddan tarqalgan yangi turlar takroriy shoxlangan tarmoqlarni hosil qiladi. Bu koʻp shoxli “daraxt” barcha organizmlarni bir-biriga bogʻlab turadi.
Darvin bu jarayonni organizmlar guruhi avlodlar almashinuvi davomida oʻzining irsiy belgilarini “modifikatsiyalangan avlod” sifatida oʻzgartiradi deb taʼriflaydi. Bugun biz uni evolyutsiya deb ataymiz. Darvinning yuqoridagi chizmasi qanday qilib bir tur ikkita turga aylanishi va bu jarayon qanday qilib koʻp marta takrorlanishini yaqin turlarning “shajara daraxti” koʻrinishida namoyon etadi.Darvin organizmlar rivojlanishi mumkinligi (evolyutsiyaga uchrashi) haqidagi fikrni shunchaki taklif etmadi. Agar bu fikr nazariyaning boshi va oxiri boʻlganda edi, Darvin hozir biz bilgan koʻplab darsliklarga kirmagan boʻlar edi. Darvin evolyutsiya jarayoni amalga oshuvchi mexanizmni ham taklif etdi. Bu tabiiy tanlanish edi. Bu mexanizm populyatsiyalar uzoq vaqt davomida qanday qilib oʻzgarishi, yaʼni yashaydigan muhitlariga yaxshiroq moslashishlarini mantiqiy va goʻzal ifodalab bergandi.
Darvinning tabiiy tanlanish tushunchasi bir nechta muhim kuzatishlarga asoslangan edi:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin