Biologiya fakulteti


Belgilar koʻpincha irsiylanadi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə6/6
tarix19.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#157528
1   2   3   4   5   6
tabiiy tanlanish

Belgilar koʻpincha irsiylanadi. Tirik organizmlarning aksariyat xususiyatlari irsiylanadi, yaʼni ota-onadan bolalarga oʻtadi. (Belgi-xususiyatlar genlar orqali nasldan naslga oʻtishini Darvin bilmasa ham, belgilar irsiylanishidan xabardor edi.)



  • Turlar yashab qolishi mumkin boʻlganidan koʻra koʻproq nasl qoldiradi. Organizmlar ularning yashash muhiti taʼminlashi mumkin boʻlganidan koʻra koʻproq nasl qoldirishga qodir. Shuning uchun har bir avlodda cheklangan resurslar uchun doimo kurash boʻladi.



  • Har qanday avloddagi bir organizm boshqasidan belgilariga koʻra biroz farqlanadi (rangi, oʻlchami, koʻrinishi va b.) va bu belgilarning koʻpchiligi irsiylanish xususiyatiga ega.Yuqoridagi oddiy kuzatishlar asosida Darvin quyidagicha xulosaga keldi:

  • Biror populyatsiyadagi baʼzi individlarda yashab qolishga va koʻpayishga yordam beradigan irsiy belgilar boʻlishi mumkin (muhitdan kelib chiqqan holda, masalan, yirtqichlardan himoyalanish va ozuqa topish kabi). Foydali xususiyatlarga ega organizmlar oʻzlaridan koʻproq nasl qoldirishadi. Foydali xususiyatlar turlarning yashab qolishi va koʻpayishi uchun qulaylik yaratadi.

  • Foydali xususiyatlarning irsiylanuvchan boʻlgani va shunday xususiyatga ega organizmlar koʻp nasl qoldirishi sababli ushbu belgilar keyinchalik populyatsiya ichida keng tarqaladi.Avlodlar almashinuvi davomida populyatsiyalar muhitga moslashadi. (Oʻsha muhitda foydali xususiyatga ega individlar qolganlariga qaraganda koʻproq nasl beradi.)

Darvinning tabiiy tanlanish natijasi boʻlgan evolyutsiya modeli unga sayohati davomida duch kelgan qonuniyatlarini izohlashga imkon berdi. Masalan, agar Galapagos orollaridagi vyurok turlari umumiy ajdodga ega boʻlsa (qitʼadagi vyuroklar bilan ham), demak, ular bir-biriga oʻxshash boʻlishi kerak edi. Uzoq vaqt davomida vyurok guruhlari turli orollarda bir-biridan alohida yashagan va ular turli muhitga tushib qolgan. Turli muhitlarda ozuqa shakli har xil boʻlgan va vyuroklarning ham oʻlchami, tumshugʻining shakli kabi belgilari shunga mos ravishda oʻzgargan. Bu omillar har bir orolda turli xil vyurok turlarining paydo boʻlishiga olib kelgan.
Tabiiy tanlanish jarayonini aniqroq qilish uchun soddalashtirilgan faraziy misol keltiramiz. Bu misolda yung rangi (qora va sargʻish-jigarrang) irsiy koʻrinishni namoyon qiluvchi sichqonlar toʻdasi yaqindagina qora toshli hududga koʻchib oʻtgan. Bu muhitda sichqonlarni yeydigan qirgʻiy boʻlib, qirgʻiy qora qoyalar bilan rangi bir xil sichqonlarga nisbtan sargʻish-jigarrang tusdagi sichqonlarni koʻrishi oson va ularni koʻproq yeydi.Qirgʻiylar sargʻish-jigarrang sichqonlarni oson koʻrishi va koʻp tutishi natijasida bunday sichqonlarning katta qismi nobud boʻlsa, qora sichqonlarning esa faqat bir qismigina qirgʻiyga yem boʻladi. Agar biz qora sichqonlarning omon qolgan (“yeyilmagan”) guruhidagi sargʻish-jigarrang sichqonlarga nisbatini koʻrib chiqsak, natija dastlabki populyatsiyaga qaraganda ancha yuqori boʻladi.

Sichqon yungining rangi irsiylanuvchi belgi hisoblanadi (ota-onadan bolaga oʻtadi). Shuning uchun qora kalamushlar sonining populyatsiyada koʻpligi keyingi avlodda yanada koʻproq qora sichqon bolalari tugʻilishini anglatadi. Bir nechta avlodlar almashganidan soʻng, populyatsiyada deyarli faqat qora sichqonlar qoladi. Populyatsiyalarning irsiylanuvchi xususiyatlaridagi bu oʻzgarish evolyutsiyaga misol boʻladi.Birinchi marta tabiiy tanlanish haqida oʻqiganimda, u qanday ishlashi haqida menda bir nechta savollar (va anglashilmovchiliklar) uygʻongan. Quyida baʼzi tushunmovchiliklarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan holatlarga izoh keltirilgan. Ularni oʻqib, tabiiy tanlanish qanday, qachon va nima uchun sodir boʻlishini yaxshiroq tushunib olasiz.




Xulosa
Tabiiy tanlanish Darvinning evolyutsiya haqidagi keng tasavvuriga qanday mos kelishini koʻrib chiqamiz. Bunda barcha tirik organizmlar bitta umumiy ajdodga ega boʻladi va ulkan shoxlangan daraxtni (shajara) hosil qiladi. Har bitta daraxt shoxining asosida nima sodir boʻlyapti.Darvinning vyuroklari misolida geografik toʻsiqlar asosida ajralib qolgan bir vyuroklar populyatsiyasini koʻrdik. Vyuroklar alohida orollarda ajralib qolgandan soʻng, qaytib bir-biri bilan chatisha olmaydi va turli xil muhitlar taʼsiri ostida boʻladi. Har bir muhitda tabiiy tanlanish qaysidir belgi-xususiyat uchun moyil boʻladi (va boshqa evolyutsion kuchlar, masalan, tasodifiy siljish guruhlarda alohida sodir boʻlishi mumkin). Avlodlar almashinuvi natijasida irsiy belgilardagi oʻzgarishlar yigʻilib boradi va vyuroklarni alohida turlar deb hisoblash darajasiga yetadi.Turli xil dalillarga asoslangan holda olimlar bu turdagi jarayonlar Yerda hayot paydo boʻlgandan beri juda koʻp va takroriy sodir boʻlgan deb hisoblashadi. Tabiiy tanlanish va boshqa mexanizmlar natijasi boʻlgan evolyutsiya hozirgi hayot shakllarining oʻziga xos xilmaxilligini taʼminlaydi. Tabiiy tanlanish hozirgi zamon organizmlarining oʻz yashash muhitiga mosligini izohlab beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bogdanov S.P. O`zbekiston hayvonlari. -T:. O`qituvchi, 1983. –В.23-56
2. Dubovskiy G.K.,Ummatov A.M. Zoologiyadan o`quv qo`llanma.- T:. O`qituvchi, 1991. – B.56-71.
3. Kuznetsov B.A.,Chernov A.Z., Katanova L.N. Kurs zoologii. -M., «Agropromizdat», 1989.
4. Muxammadiyev A.M. Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi. -T:. O`qituvchi, 1976. 86b.
5. Mavlonov O., Xurramov Sh., Norboyev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. -T:. «O`zbekiston». 2002. – B.37-51
Web saytlar:
1. www.ziyonet.uz
http://fayllar.org
Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin