Degeneratsiya - evolyutsion taraqqiyot natijasida hayvon va o`simlik organizmlarining ayrim organlari yo`qolib ketishi oqibatida ularning birmuncha oddiy tuzilishga o`tishi.
Umumiy degeneratsiya organizmlarni aktiv hayotdan passiv hayot yo`liga o`tishi natijasida yoki harakatli holdan harakatsiz holga, erkin yashash sharoitidan parazitizm yo`liga o`tishi natijasida ro’y beradi. A.N.Seversov tushunchasi bo`yicha umumiy degeneratsiya hayvon va o`simliklarni turlarini ko`payishiga, geografik va ekologik arealining kengayishiga olib keluvchi uchinchi biologik progressiv yo`ldir. Degeneratsiyaga uchrovchi hayvon turlarida harakat, sezuv, hazm organlari va boshqa xil organlar reduksiyalashadi, ya`ni qisqaradi yoki tamoman yo`qolib ketadi. Evolyutsion jarayonda lentasimon chuvalchanglarda ovqat hazm qilish organlarining yo`qolishi, sezuv organlari faoliyatining susayishi, assidiyalarda esa xorda va nerv nayining tamoman yo`qolib ketishi degeneratsiyaga misol bo`ladi.
Umumiy degeneratsiyada turning urchish xususiyatini oshishini kuzatish mumkin. Bu hol jinsiy organlarning keskin rivojlanishiga, ularning tuxum va lichinkalarining tashqi muhitga chidamli bo`lishiga olib kelgan (sestodlarda). Degeneratsiyaga hayvonlarning individual taraqqiyotida ro’y beruvchi to`qima va organlarning yemirilishi ham misol bo`la oladi. Masalan, har xil hasharotlarning lichinkalarini g`umbakka aylanishida ularning ichki organlarining degeneratsiyaga uchrashi, qurbaqalarning lichinkalarida esa jabra va dumlarining yo`qolishi.
U yoki bu hayvon turlarining individual taraqqiyotiga ontogenez deb yuritiladi. Ontogenez asosan uchta taraqqiyot davrlaridan iborat: embriogenez, postembriogenez va voyaga yetish.
1866-yil nemis olimlari E.Gekkel va F.Myuller biogenetik qonun yaratdi. Bu qonunning qisqacha mazmuni "ontogenez filogenezning tez va qisqa muddat ichida takrorlanishi" demakdir. Bu qonun shajara daraxtlari tuzishda katta ahamiyatga ega. Paleontologiyada hayvonlarning qazilma qoldiqlari, solishtirma anatomiyada oraliq formalari bo`lmagan organizmlarning individual rivojlanish tarixini, ya`ni ontogenezini o`rganish har xil hayvonlar o`rtasidagi qarindoshlik aloqalarini va ularni qaysi ajdoddan kelib chiqqanligini aniqlashda biogenetik qonun qo`llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |