Biologiya kafedrasi


Xulosa 3.1.Ko’p hujayrali hayvonlarning bir hujayrali hayvonlardan kelib chiqishi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə9/10
tarix23.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#120352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
zoo kurs ishi

3.Xulosa
3.1.Ko’p hujayrali hayvonlarning bir hujayrali hayvonlardan kelib chiqishi
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ko’p hujayralilar hech shubhasiz bir hujayralilardan kelib chiqqan. Chunki evolutsion nuqtai – nazardan bir hujayralilar eng qadimgi organizmlar bo’lganidan, ularning ayrim guruhlaridan ko’p hujayralilar kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bir hujayralilar va ko’p hujayralilarning jinssiz va jinsiy ko’payish davrida sodir bo’ladigan jarayonlarning o’xshashligi ana shundan dalolat beradi. Bundan tashqari ko’p hujayralilar embrional rivojlanishi boshlang’ich davrlari ayrim bir hujayralilar va koloniya bo’lib yashovchi sodda hayvonlarga o’xshaydi. Bu dalillar eng tuban tuzilgan ko’p hujayralilarni bir hujayralilardan kelib chiqqanligini ko’rsatadi.
Ko’p hujayralilar ajdodi xivchinlilar hisoblanadi. Eng murakkab tuzilgan infuzoriyalar ikki xil yadroga ega. Ko’p hujayralilar orasida esa ikki xil yadroligi uchramaydi. Sporalilardan ham ko’p hujayralilar kelib chiqishi mumkin emas. Chunki parazit hayot kechirish organizmning mukammallashuviga imkon bermaydi. Soxta oyoqlilarning passiv hayot kechirishi va tanasini chig’anoqqa o’rab olishi ham ularning takomillashuviga imkon bermaydi. Ana shu sababdan faqat geterotrof faol hayot kechiradigan xivchinlilargina tuban tuzilgan ko’p hujayralilarning ajdodi bo’lishi mumkin. Olimlarning fikricha ko’p hujayralilar koloniya bo’lib yashovchi xivchinlilardan kelib chiqqan. Evolutsion jarayonda hujayralarning tuzilishi va funksiyasi murakkablashib borib, ulardan to’qimalar va organlar paydo bo’lgan.
Ko’p hujayralilar an’anaviy ravishda umurtqalilar (xordalilar tipi) va umurtqasizlar(qolgan barcha tiplar), ikki qavatlilar (g’ovaktanlilar, bo’shliq taroqlilar), va uch qavatlilar, radial simmetriyalilar (bo’shliqichlilar, ignaterililar), ikki yonlama (bilateral) simmetriyalilar (ko’pchilik ko’p hujayralilar), birlamchi bo’shliqlilar (to’garak chuvalchanglar) va ikkilamchi bo’shliqlilar (halqali chuvlchanglar, ignaterililar, xordalilar) kabi bo’limlarga ajratiladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin