Masalaning yechilishi:
Tuksiz mevali o’simliklar urug’idan unib chiqqan o’simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevali bo’lishi o’rganilayotgan belgi bo’yicha 3 : 1 nisbatda ajralish ketganligidan dalolat beradi. Bunday nisbatda ajralish Mendelning ikkinchi qonuniga ko’ra boshlang’ich o’simliklarning monogeterozigotali ekanligini ko’rsatadi.
tuksiz tuksiz
P ♀ Aa X ♂ Aa
g A, a A, a
F1 AA - tuksiz
Aa - tuksiz
Aa - tuksiz
aa - tukli Nisbat 3 : 1
Keyingi avlodda ajralish bermaydigan o’simliklarni ajratib olish uchun har bir o’simlikdan urug’ alohida yig’ib olinib, keyingi yili ekib o’rganiladi. Ajralish bermaganlari tanlab olinadi. Yoki tahliliy chatishtirish o’tkaziladi ( tuksiz x tukli).
Dostları ilə paylaş: |