1-masala. Yalang’och urug’li (GS) g’o’za o’simligi boshqa bir yalang’och urug’li (GS) o’simlik bilan chatishtirilib F1 da yalang’och urug’li (GS) duragaylar olindi. F1 duragaylarini o’zidan changlantirib, F2 da 49:15 nisbatda yalang’och urug’li (GS) va mikropilyar tuklanishli (MS) duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g’o’za o’simliklarining genotipini aniqlang.
2-masala. Yalang’och urug’li (GS) g’o’za o’simligi OS tip tuklanishli g’o’za bilan chatishtirilib, F1 da yalang’och urug’li duragaylar olindi. F2 da esa 3:1 nisbatda yalang’och urug’li (GS) va OS tip tuklanishli duragaylar olindi. Ota-ona o’simliklarning genotipini aniqlang.
3-masala. O’rtacha mikropilyar tuklanishli (m-MS) g’o’za ikkinchi bir o’rtacha mikropilyar tuklanishli (m-MS) g’o’za bilan chatishtirilib, F1 da o’rtacha mikropilyar tuklanishli duragaylar olindi. F2 da esa 15:1 nisbatda mikropilyar tuklanishli (MS) va yalang’och urug’li (GS) duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g’o’zalarning genotipini aniqlang.
4-masala. Ikkita har-xil juda kichik mikropilyar tuklanishli (nz-MS) g’o’za o’simliklari o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 1:2:1 nisbatda yalang’och urug’li (GS) : juda kichik mikropilyar tuklanishli (nz-MS) : OS tip tuklanishli duragaylar olindi. Boshlang’ich g’o’zalarning genotipini aniqlang.
Amaliy mashg’ulot № 13
Mavzu: Xromosomalarning molekulyar tuzilishini va autosoma, jinsiy xromosomalarni farqlashni o’rganish