Odam xromosomalarining Denver tasnifi
Xromosomalar guruhi
|
Xromosomalar kariotipdagi raqami
|
Xromosomalar tavsifi
|
A(I)
|
1,2,3
|
1 va 3 metotsentrik
2 yirik submetotsentrik
|
B(II)
|
4,5
|
yirik submetotsentrik
|
C(III)
|
6-10 va x (23)
|
o’rtacha submetotsentrik
|
D(IV)
|
13,14,15
|
o’rtacha akrotsentrik
|
E(V)
|
16,17,18
|
mayda metotsentrik yoki submetotsentrik
|
F(VI)
|
19,20
|
nisbatan mayda metotsentrik
|
Y(VII)
|
21,22 va Y (23)
|
eng mayda akrotsentrik
|
Har bir turga mansub organizmlarning diploid to'plamli xromosomalar soni, shakli va hajmining majmuasi kariotip kutubxonasi deb ataladi. Xromosomalarning o'lchami va sentromeriga qarab grafik holda joylashishi xromosomalar idiogrammasi deyiladi. Barcha eukariot organizmlar, shu jumladan odam xromosomalari yadro moddasi xromatindan iborat. Xromatin-DNK va gistonlardan tuzilgan. Xromatinipining ba’zi qismlari yuqori darajada doimiy spirallashgan holatda bo'lib, geteroxromatin qismi deb nomlanadi. Geteroxromatin qismlari xromosomaning hamma joylarida uchrasa-da, sentromera va uchlarida ko'proq bo'ladi. Xromosomaning euxromatin qismi interfazada dispirallatsiyalashgan holatda bo'lib, u genetik jihatdan faol sanaladi. Kimyoviy jihatdan qaralganda, xromosomaning har bir dezaksiribonuklein kislota, sodda oqsil-gistonlardan tuzilgan bo'lib, ularning birikishidan hosil bo'lganlarini nukleoproteidlar deyiladi. Nukleoproteidlardan tashqari xromosomalar tarkibiga RNK, protaminlar, lipidlar, polisaxaridlar va metal ionlari kiradi
Xromosoma idiogrammasi (ISCN) - bu xromosomaning o'lchamini va uning chiziqlarini ko'rsatuvchi sxematik diagramma. Chiziqlar kimyoviy eritma bilan bo'yalganida paydo bo'ladi va mikroskop ostida ko'rinadi. U har bir xromosomadagi genlarning joylashishini tasvirlash uchun ishlatiladi.
Idiogramma individual genlarning xromosomalar va xromosoma anomaliyalari bilan bog'liq patologiyalardagi o'rnini aniqlaydi. Genlarni ifodalash uchun uning sentromerasidan boshlanadigan ketma -ket raqamlash tizimi ishlatiladi.
Xromosomalarning sentromeraga nisbatan uzun va qisqa uchlari (ba'zan "elkalar" yoki "qo'llar" deb ataladi) bor. Qisqa qismi fransuscha Petite kichkina so’zidan olinib "P" harfi bilan belgilanadi. Uzun uchi inglizcha Queue-navbat, soch o’rami so’zidan olinib "Q" harfi bilan belgilanadi.
Eslatmalar va sharhlar qulay bo'lishi uchun har doim kichik qismi tepada, katta qismi pastda ko'rsatiladi. Xromosomaning har bir uchi qismlarga bo’linib raqamlanadi.
Uzun uchlarida ham qisqa uchlarida ham qismlarlar raqami sentromeradan telomeraga qarab kattalashib boradi masalan- p1, p2, p3. Shunday qilib, 1p22 1 -xromosomaning qisqa uchining 2-qismining 2-segmentini bildiradi.
Qismlar Romanovskiy-Giemza usuli yordamida bo'yalgan chiziqlar bilan belgilanadi, bunda xromosomaning ba'zi qismlari bo'yalgan (G-chiziqli), boshqalari esa bo'yalmagan (R-chiziqli) bo’ladi.
Ayol karyogrammasi
Dostları ilə paylaş: |