Biologiyadan milliy sertifikat uchun tayyorlov testi
Sherbek Xolbo’tayev
Biologiya online kurs
+998 94 288 03 93
02.10.2023. DUSHANBA
MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI, TERINING TUZILISHI BOBLARIDAN TEST
SAVOLLARI.
1. To’g’ri fikrni aniqlang.
A) moddalar almashinuvi hujayrada
organik moddalar parchalanib, energiya hosil bo’lishidan iborat.
B)moddalarning qonga o‘tishidan boshlab oxirgi parchalanish mahsulotlari hosil bo’lishigacha sodir
bo’ladigan
kimyoviy jarayonlar, asosan, hujayra oralig’ida kechadi.
C)Moddalar va energiya almashinuvi asosini o‘zaro chambarchas bog’langan, biri ikkinchisisiz sodir
bo’ladigan, lekin bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan fermentativ jarayonlar tashkil etadi.
D)energiya almashinuvi hujayrada organik moddalar
parchalanib, energiya hosil bo’lishidan iborat.
2. . Organizmda sodir bo‘ladigan moddalar va energiya almashinuvini shartli ravishda ketma-ket
keladigan 5 bosqichga bo‘lish mumkin. Shu bosqichlarni ketma-ket to’g’ri joylashtiring.
1-oziq mahsulotlari so‘rilib, to‘qima va hujayralarga yetkazib berilishi 2-moddalar parchalanib,
almashinuv mahsulotlari hosil bo’lishi 3-ovqat hazm bo‘lishi, ya’ni fermentlar ishtirokida ichakda
yuqori molekulali birikmalarni quyi molekulali moddalargacha parchalanishi 4-so‘rilgan
mahsulotlardan
organizm uchun zarur moddalarning sintezlanishi 5-moddalar almashinuvi oxirgi mahsulotlarining
organizmdan chiqarilishi.
A)2-3-1-4-5 B)1-2-3-4-5 C)3-2-1-4-5 D)3-1-4-2-5
3. Dissimilatsiya jarayonida ajralib chiqadigan energiya hisobidan ATF va boshqa katta energiyali
birikmalar qanday energiya shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi?
1-elektr 2-mexanik 3-kimyoviy 4-biokimyoviy 5-issiqlik 6-potensial
A)2,3,5 B)1,3,5 C)2,4,6 D)1,4,6
4. . Kalsiy tuzlari (a) va Osh tuzi (b) ning ahamiyatlarini juftlang.
1-to‘qimalardagi suvni tutib turish uchun zarur. 2-qonning ivishida ishtirok etadi 3-suyak to'qimasi
tarkibiga kiradi. 4-organizmning ichki muhitini turg’unlashtirib
turadi
A)a-2,3 b-1 B)a-1,4 b-2,3 C)a-1 b-2,3 D)a-2,3,4 b-1,4
5. 1 gr modda hisobida parchalanganda ajralgan energiya nisbatlari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A)yog’ = oqsil + uglevod B)oqsil=karbonsuv>yog’
C)karbonsuv + oqsil < yog’ D)oqsil + uglevod > yog
6. Qonda glukozaning doimiy miqdori (%) qancha bo’lishi mumkin?
1-0,25 2-0.1 3-0.15 4-0.11 5-0.12
A)2,4,5 B)1,3,5 C)2,3,5 D)1,3
7. Hujayra va uning organoidlari membranasi tarkibiga kiradi, issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydi. Tana
harorati doimiyligini saqlashda ahamiyatga ega. Qaysi anorganik modda ta’riflanmoqda?
A)yog’ B)oqsil C)karbonsuv D)to’g’ri javob yo’q
8. Oqsil (a) yog’(b) uglevod(c) larning monomerlarini to’g’ri juftlang.
1-aminokislota 2-glukoza 3-glitserin 4-yog’
kislota
A)a-1 b-3,4 c-3
B)a-4 b-3,4 c-2 C)a-1 b-3,4 c-2 D)a-3 b-3,4 c-1
9. . Birinchi (a) va oxirgi bo’lib (b) parchalanadigan anorganik moddalarni to’g’ri joylashtiring.
1-oqsil 2-uglevod 3-yog’
A)a-1 b-3 B) a-2 b-3 C) a-1 b-2 D)a-2 b-1
10. Parchalanganda uglevod hosil qilishi mumkin bo’lgan organik moddalarni ko’rsating.