MAVZU: PO‘STLOQXO‘RLAR VA ZLATKALAR
BIOLOGIYASI, ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI
Reja:
1.
Po‘stloqxo‘rlar turlari.
Po‘stloqxo‘rlar (Lipidae)
Bu qo‘ng‘izlar, ayniqsa, olma qo‘ng‘izi yoki olxo‘ri va
burishgan qo‘ng‘iz ko‘pgina meva daraxtlariga, danakli meva
daraxtlariga zarar yetkazadi. Olma po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izi bilan
uning lichinkalari daraxtlar shoxini va ba’zan butun-butun
daraxtlarni, voyaga yetgan qo‘ng‘izlar esa yosh novdalarni
quritib qo‘yadi. Bog‘ to‘g‘ri parvarish qilinmasa (yetarli
sug‘ormaslik natijasida) hamda ilgari boshqa zararkunandalar
ta’sirida kuchsizlangan daraxtlarga po‘stloq osti qo‘ng‘izlari,
ayniqsa qattiq zarar yetkazadi. Po‘stloq osti qo‘ng‘izlari
daraxtlar shoxida, po‘stlog‘i ostida, po‘stloq osti qavatidan
ochgan yo‘llarda katta yoshli lichinka bosqichida qishlaydi.
Lichinkalar qishlaydigan joyida martningikkinchi yarmidan
boshlab g‘umbakka aylanadi, aprelda voyaga yetgan qo‘ng‘izlar
paydo bo‘ladi. Qishlovchilichinkalar har xil yoshda
bo‘lganligidan g‘umbaklardan qo‘ng‘iz chiqishi uzoqqa –
iyulgacha davom etadi. Qo‘ng‘izlar dastlab paydo bo‘lgan
joyida – shoxlarning po‘stlog‘i ostida, po‘stloq osti qatlamida,
keyinchalik shoxlarning uchida, yosh novdalar asosida
oziqlanadi, ularyarim doira kanallar ochib, shu yo‘l bilan
novdalarni nobud qiladi. Qo‘ng‘izlar po‘stloq ostidan chiqib,
to‘g‘ri yumaloq teshiklar ochadi, «uchish teshiklari» deb
ataladigan bu yo‘llar zararkunandalarni aniqlashda muhim
ahamiyatga
ega.
Danakli
meva
daraxtlarida
shunday
teshiklardan ko‘pincha yelim oqib turadi. Po‘stloq osti
qo‘ng‘izlari kuchsizlangan daraxtlarga tuxum qo‘yadi. Urg‘ochi
qo‘ng‘iz shunday daraxtlar shoxida «kirish teshigi», so‘ngra
po‘stloq ostidan kanal ochadi, uning diametri qo‘ng‘iz
tanasining kattaligida bo‘ladi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz po‘stloq osti
qavatini kemirib «parmalash uni» hosil qiladi va uni tashqariga
chiqarib tashlaydi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz «onalik yo‘li» (kanal) ning
yonlarini kemirib, tuxum kameralari hosil qiladi va shu
kameralarga bittadan tuxum qo‘yib ketadi, so‘ngra ularni
parmalash uni bilan to‘ldiradi. Olxo‘ri qo‘ng‘izining onalik yo‘li
5–10 sm, burishgan qo‘ng‘izniki 2–3 sm uzunlikda bo‘ladi.
Qo‘ng‘iz mayda, tanasi kalta, silindrsimon shaklda bo‘ladi.
Burishgan po‘stloqxo‘r (Scolytus rugulosus Rats.)
Burishgan po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izi tanasining uzunligi 2,3– 2,8
mm, qorni ko‘tarilib turadi, ustki qanotlarida burishgan
egatchalar, egatchalarida va ular orasida nuqtalar bor. Bu
qo‘ng‘iz jami 120 tagacha tuxum qo‘yadi. Yiliga ikki marta nasl
beradi.
Po‘stloqxo‘rlarga qarshi, asosan, agrotexnikaviy va mexanik
usullarda kurashiladi. Bog‘ni yaxshilab parvarish qilish, qurigan,
zararlangan novda va daraxtlarni kesib, bog‘dan chiqarib
tashlash kerak. Meva daraxtlarini o‘z vaqtida sug‘orib,
oziqlantirib turish lozim. Qo‘ng‘izlar uchishi davrida daraxtlarga
ilovada ko‘rsatilgan tartibda fosfororganik yoki piretroid
preparatlar bilan ishlov berish zarur.
Nokka ham bir qancha zararkunandalar zarar yetkazadi.
Respublikamiz sharoitida nok daraxtlariga, ayniqsa, nok
burga(shirin)chasi, nok biti, olma qurti ko‘proq zarar yetkazadi.
Dostları ilə paylaş: |