Biosfera va uning tarkibiy qismlari. Biosferada hayotning chegaralari. Biosferada moddalar aylanishi



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə3/5
tarix01.01.2022
ölçüsü74,5 Kb.
#50584
1   2   3   4   5
Biosfera va uning tarkibiy qismlari. Biosferada hayotning chegar

Biosferada insonning faoliyati


Biosfera rivojlanishining dastlabki etaplari biogenez rivojlanish davri bo`lib, bu davr tabiatda moddalar aylanishi va tirik organizmlarning shunchaki ko`payishidan iborat edi. Keyinchalik unda insonning kelib chiqishi biosfera taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu uning noosferaga o`tish davri bo`lib, bunda V.I. Vernadskiy ta'kidlaganidek, biosfera rivojlanishining asosiy omili odamning aqliy faoliyati bo`lib qoladi.

Yer yuzida endigina paydo bo`lgan inson tabiatga tobe' bo`lib yashagan, undan o`z ehtiyoji uchun zarur miqdordagina ozuqa olgan va uni tabiatga chiqindi holatida qaytargan. Ammo keyinchalik insonda idrok qilishning kelib chiqishi uning tabiatga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirdi. Olovga ega bo`lgan inson uning yordamida ish qurollari yasadi, ularni takomillashtirdi va tabiatga o`z ta'sirini tobora kuchaytirabordi.

Shunday qilib, biosfera rivojlanishida yangi-noogenez davri boshlanib, biosfera noosferaga aylandi. Noosfera o`z tarjimasiga ko`ra idrok doirasi bo`lib, bunda biosferadagi hayot jarayonlari insonning aqliy faoliyati bilan boshqariladi.

Noosferaning shakllanishi insoniyat oldiga tabiat bilan ehtiyot korona munosabatda bo`lish masalasini qo`ydi. Bu jamiyatning har bir kishisidan o`ylab ish tutishni, o`zi o`tirgan daraxt shoxiga bolta urmaslikni talab qiladi. Ammo, haqiqiy holat bundan uzoq bo`lib, inson bilan tabiat o`rtasidagi munosabat tobora keskinlashib bordi va u keyinchalik tom ma'noda ziddiyatga aylandi. Ayniqsa XX-asrda fan va texnikaning taraqqiyoti insonni tabiatga ta'sir o`tkazuvchi qudratli kuchga aylantirdi. Bu davrga kelib insonning tabiiy resurslarni o`zlashtirish sur'atlari misli ko`rilmagan darajada ortdi va proportsional ravishda atrof muhitning chiqindilar bilan ifloslanishi kuchaydi.

Inson faoliyatining tabiatga ta'siri antropik ta'sir deyiladi. Hozirgi davrda bu ta'sir butun dunyoni va hatto koinotni ham qamrab olib, global masalaga aylandi. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan undan chiqadigan chiqindilardan yer, suv va havoning texnogen ifloslanishi tobora kuchaymoqda. Bu bilan barcha tirik organizmlarning yagona yashash maskani bo`lgan biosferaning o`rnini texnosfera egallamoqda. Bu hol ayniqsa rivojlangan ba'zi mamlakatlarda o`zining salbiy natijalari bilan «ekologik tanglik»ni keltirib chiqardi.

Shuning uchun ham hozirgi paytda xalqaro miqyosida «inson va biosfera» masalasi kelib chiqdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida atrof-muhit masalasi bo`yicha komitet va komissiyalarning tuzilishi, ko`pgina yangi xalqaro tashkilotlar, davlat va nodavlat tuzilmalarining paydo bo`lishi hayot taqozosidan kelib chiqqan zaruriyat hisoblanadi.




Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin