o’sish tezligining balandligi,
9
arzon oziqa muhitida o’sishi,
9
boshqa mikrofloraga va fagga chidamliligi,
9
yuqori hosildorligi.
2. Produsentlarni yaratish usullari
Mikroorganizmlarning tabiiy shtammlarini hosildorligi ko’pincha talab darajasidan past
bo’ladi.
Hosildor shtammlar yaratish uchun yo’naltirilgan seleksiya - usulidan foydalaniladi (1-
chizma).
Buning uchun kimyoviy mutagenlar yoki radiasion nurlardan foydalaniladi. Seleksiya va
tanlov ishlari ba’zida yillab vaqt egallaydi va natijada mikrob hosildorligini 100 va undan ham
ko’proq marotabalab oshirish mumkin bo’ladi. Masalan, hozirgi davrda sanoat usulida ishlatib
kelinayotgan penisillin antibiotigi sintez qiladigan produsentning faolligi dastlabki shtammlarga
qaraganda 10 ming marotabadan oshib ketgan.
YUqori faollikga yoki hosildorlikga ega bo’lgan shtamm yaratish uchun seleksioner, tabiiy
shtammni genetik materiallarini o’rganish borasida o’ta murakkab, o’ta nafis ishlarni amalga
oshirishi lozim bo’ladi. Bunda, genlarni rekombinasiyasi bilan bog’liq bo’lgan barcha usullardan,
xususan: kon’yugasiya, transduksiya, transformasiya va boshqa genetik jarayonlardan
foydalanishga to’g’ri keladi (2-chizma).
1-chizma. Mikroorganizmlar seleksiyasi
Masalan, kon’yugasiya usuli (bakteriyalar orasida genetik materiallar bilan almashish), neft
qoldiqlarini faol parchalovchi Pseudomonas putida shtammini yaratishda samarali foydalanilgan
edi.
Ko’pincha transduksiya (bakteriya viruslari-bakteriofaglar yordamida bir bakteriyadan boshqa
bakteriyaga genlar o’tkazish) va amplifikasiya (kerakli genlarni nusxa sonini ko’paytirish)
usullaridan keng foydalanish orqali har xil fiziologik faol moddalar sintez qiluvchi hosildor
shtammlar yaratilgan. Ko’pgina mikroorganizmlarda antibiotik sintez qiluvchi genlar va ularni
boshqaruvchilari xromosomalarda emas, balki plazmidalarda (xromosomadan tashqaridagi DNK)
joylashgan bo’ladi. Bunday paytda amplifikasiya orqali hujayradagi plazmidalar sonini ko’paytirish
orqali shtammlarni hosildorligini oshirish mumkin.
Seleksiya ishlarini yana bir yo’li bu har-xil bakteriyalar protoplastlarini bir-biriga birlashtirish
natijasida genetik rekombinantlar olish yo’lidir (3-chizma).
|