og’irligi, oddiy sichqon og’irligidan 2 marotaba kam bo’ladi. SHu gormonni o’z vaqtida,
kerakli miqdorda organizmga kiritilishi o’sishni mo’tadil qiladi.
Tibbiyotda bitta kasalni
davolash uchun haftasiga 7 mg tozalangan gormon ishlatilsa kifoya. Bu gormonni ilgarilari
odamlarni (o’lik odamlarni) gipofizidan ajratib olishgan. Hozirgi paytda bu gormonni ishlab
- chiqarishni mikrobiologik, to’g’rirog’i gen - muxandislik usuli yaratilgan bo’lib, 1 l
kultural suyuqliqdan 100 milligrammgacha toza holdagi gormonni ajratib olish mumkin.
Umuman olganda gen muxandisligi usullaridan foydalanib, yaratilgan transgen mikrob
shtammlari yordamida, nafaqat gormonlar balki, barcha kerakli
biologik moddalar ishlab
chiqarish mumkinligi mikrobiologik usulni rentabel sohaga aylantirdi. Buning ustiga bu
soha ob-havo, issiq-sovuq, fasl, tabiat injiqliklariga bog’liq emasligi bu yo’lning kelajagi
porloq ekanligidan dalolat beradi.
Bir misol, atigi 25-30 mkg. “sekketin” deb atalmish
gormonni ajratish uchun 1 t. qoramol ichagini qayta ishlash kerak bo’lsa, shu miqdordagi
gormon oddiy mikrobiologiya laboratoriyasida bemalol ajratib olinishi mumkin. Ishlab
chiqariladigan gormonlarni ro’yxati doimiy ravishda oshib bormoqda.
Ularni ishlab chiqarish
eng avvalo shu gormonlarga bo’lgan muhtojlik hamda, ilmiy laboratoriyalarni bu jarayonlarni
bajarishga tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda eribropoetin (eritrositlarni,
demak gemoglobinni hosil bo’lishini boshqaruvchi gormon ) enkefalinlar va endorfinlar
(insonni kayfiyatini, eslash qobiliyatini ko’taruvchi, tonusini oshiruvchi
asab tizimini
boshqaruvchi gormonlar) ishlab chiqarish boshlab yuborilgan. Mikrob hujayralari ba’zi bir
steroidli gormonlarni ishlab chiqarishga ham qodir. Masalan, Arthrobacter globiformis
bakteriyasi gidrokortizonni prednizolonga aylantirish uchun ishlatiladi. SHuningdek,
mikrobiologik transformasiya usuli, buyrak usti bezining gormoni bo’lgan
kortizon kimyoviy
sintezini bir necha etapini qisqartirishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: