trofoblastin (mkg/ml);
urokinaza (mg/ml);
interleykin-2 (mkg/ml);
superoksiddismutaza (mg/ml);
turli immunoglobulinlar va boshqa oqsillar.
Yirik transgen sut emizuvchi hayvonlar suti orqali olinayotgan oqsillar:
quyonlar – interleykin-2 (ng/ml) va plazminogen aktivatori (mkg/ml);
qo'ylar - α
1
-antitripsin (mg/ml) va qon ivish faktori IX (ng/ml);
echkilar - plazminogen aktivatori (mkg/ml).
Nega bu ro'yhatlarda sigirlar yo'q degan savol tug'ilishi mumkin? Dastlabki
dorivor oqsillar 1990 yil transgen sichqonlardan olingan. Ohirgi yillarda boshqa yirik
sut emizuvchilardan ham olindi. Sigirlardan dorivor oqsil olish uchun eng avvalo
transgen sigir yaratish zarur. Transgen sigir yaratish uchun juda uzoq vaqt talab etiladi.
Chunki, sigirlarning jinsiy etilishi 1,5-2 yoshga to'g'ri keladi. Homiladorligi 9 oy davom
etadi. Dorivor oqsil esa F
2
avloddan boshlab sut bilan ajralib chiqadi. Qisqasi, transgen
sigir yaratib, undan dorivor oqsil olish uchun 6 yildan ko'p vaqt ketadi.
Hozirda inson sog'ligi uchun muhim bo'lgan rekombinant immunoglobinlar
sintez qiluvchi transgen hayvonlar yaratish ustida jadal ishlar olib borilmoqda.
Yana bir o'rinli savol tug'iladi; insonni dorivor oqsillarga bo'lgan ehtiyojini
qondirish uchun qancha transgen hayvon yaratish kerak? Masalan, butun Er shari
aholisini qon ivish faktori IX ga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun ushbu oqsildan 85
kg, qon ivish faktori VIII ga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun esa bu oqsildan bor-
yo'g'i 7 kg olinsa kifoya qiladi. Agar 1 ta transgen sigir bir yilda 6000 litr sut bersa,
shuncha sut tarkibida 6 kg dorivor oqsil bo'ladi.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, dunyo aholisini qon ivish faktori VIII ga
bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 1 ta yoki 2 ta transgen sigir, qon ivish faktori IX ga
bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 15-20 ta transgen sigir, fibrinogenga (butun dunyo
uchun yillik ehtiyoj 3 tonna) bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 500 ta transgen sigir
yasash kerak bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: