Bioreaktorda ma'lum bir jarayon olib borilayotganda undagi komponentlar
geterogen sistema ko'rinishida bo'ladi. Bunday sistema hujayralar suspenziyasi va
gazlardan iborat. Bunday sistemada fazalararo issiqlik va massa almashinuvini
ta'minlash zarur. Shundagina produtsentlarni o'stirish, shuningdek, mahsulot biosintezi
uchun optimal sharoit yaratilgan bo'ladi. Albatta bunda sterillikka va jarayonning
iqtisodiy jihatdan tejamkorligiga ahamiyat berish lozim.
Bioreaktorlarning 3ta asosiy guruhi mavjud:
4.
Aralashtirgichli bioreaktorlar
5.
Barbotajli kolonnalar
6.
Tashqi va ichki sirkulyatsiyali erlift biorektorlar
5-rasm. Turli tipdagi bioreaktorlarning soddalashtirilgan shemasi:
A-aralashtirgichli bioreaktor; B-barbotajli kolonna; C- ichki sirkulyatsiyali erlift bioreaktor; D- tashqi
sirkulyatsiyali erlift bioreaktor. Strelkalar-kul'tural muhitni oqim yo'nalishi.
1-motor, 2-gazni chiqishi, 3-kul'tural muhit, 4-parraklar, 5-havo berish joyi, 6-gazni chiqishi, 7-
kul'tural muhit, 8- havo berish joyi, 9-gazni chiqishi, 10-kul'tural muhit, 11-markaziy quvur, 12-havo
berish joyi, 13-gazni chiqishi, 14-gaz-suyuqlikli separator, 15-kul'tural muhit, 16-havo oqimining
yo'nalishi, 17-havo oqimining yo'nalishi, 18-havo berish joyi
Dostları ilə paylaş: