Biotibbiyot optik datchiklari turlari


Bevosita o'zgartiradigan datchiklar



Yüklə 28,93 Kb.
səhifə2/2
tarix28.04.2023
ölçüsü28,93 Kb.
#103991
1   2
8 Mavzu

Bevosita o'zgartiradigan datchiklar. Bevosita o'zgartirgich datchikka misol bo'lib, tenzodatchik, termo (issiqlik) datchiklar, induktiv datchiklar, sig'im datchiklar, optik datchiklari va x.k. hisoblanadi.
Oraliq o'zgartirgichga ega datchiklar. Bu datchiklar bir nechta bevosita o'zgartiradigan va ketma-ket ishlaydigan datchiklardan tashkil etilgan. Bundagi bitta datchikni chiqish kattaligi kelgusi datchikni kirish miqdori bo'lib xizmat qiladi.
1-rasmda tasvirlangan datchik burchak tezligini kondensator S sig'imiga aylantirishga xizmat qiladi. Datchikni qabul qiluvchi jism bo'lib markazdan qochma rostlagich hisoblanadi. U burchak tezlikni P prujinani (oraliq qismi) siqish kuchi bilan taqqoslanadigan markazdan qochma kuchga aylantiradi. Oraliq qismida kuch S kondensatorni yuqori qoplamasi bilan qoplangan rostlagichni pastki muftasini bs siljishiga olib keladi. Kondensator datchikni ijrochi qismi hisoblanadi, uni sig'im plastinalar orasidagi bс masofaga qarab o'zgaradi.

Oraliq o‟zgartirgichga ega datchiklarning sxemalari




Datchik U kuchlanishni f chastotasiga aylantiradi. U kuchlanish strelkasi S sig'imni o'zgaruvchan kondensator bilan bog'liq bo'lgan V voltmetr yordamida o'lchanadi. S kondensator esa, chiqishdagi f chastotasi sig'imga bog'liq, topshiriq beruvchi G generatorni konturga ulangan. Shunday qilib, datchikda ushbu o'zgartirishlar bajariladi: U-V voltmetr strelkasini burchak siljishi G-f.
Diskret o'zgartiradigan datchiklar. Bu datchiklar ob'ektlarni holatini nazorat qilishadi va temir yo'l avtomatika hamda telemexanika tizimlaridagi kirish axborotlarini manbai hisoblanadi.
Yo‟l bo‟lagini harakatlanuvchi tarkibdan ozodligini nazorat qilishlik uchun rels zanjiri (4.2- расм) ishlatiladi. Rels zanjiri qilib izolyasiyalovchi tutashmalar IT bilan chegaralangan yo‟l bo‟lagini bir qismi qabul etiladi. Rels zanjirining bir uchidagi relslarga ta‟minot ulansa, boshqa uchiga esa o‟tkazgich sifatida ishlatiladigan relslardagi tokka ishlaydigan nazoratchi asbob NA ulanadi. Odatda NA sifatida, elektromagnit yoki induksion rele ishlatiladi. Agar uchastka bo'sh bo‟lsa, NA dan katta tok o‟tadi (rele yakori tortilgan). Agar uchastka hech bo‟lmaganida bitta g‟ildirak juftligi bilan egallangan bo‟lsa (uni qarshiligi 0,06 Om va NA qarshiligidan ancha kichik), NA da tok keskin kamayadi (rele yakorni qo‟yib yuboradi). Shunday qilib NA holatiga qarab yo‟l bo‟lagini bo‟sh yoki bandligi haqida fikr yurgizish mumkin.

4.2-rasm. Relsli zanjirning sxemasi


Yarim o'tkazgichlar texnikasini rivojlanishi va hozirgi avtomatik tizimlarda mikroprosessorlar va kompyuterlarning keng qo‟llanishligi tufayli, datchiklar taraqqiyotida yangi g‟oya va yo‟nalishlar paydo bo‟ldi. Bu rivojlanish xususiyatlari, datchiklarni mikroprosessorlar va kompyuterlar bilan birga ishlashligi belgilanmoqda. Ana shu sababli, zamonaviy datchiklarning muhim sifati bo‟lib, integral bajarilgani hamda kichik o‟lchamlarga egaligi hisoblanadi. Ushbu xususiyatlari tufayli, bitta korpusda bir nechta datchiklarni joylashtirish va bu bilan bir vaqtni o‟zida bir nechta fizikaviy miqdorlarni o‟lchaydigan birikma datchik yaratish imkoni tug‟ildi.

Nazorat savollari:

  1. Datchiklar haqida ma'lumot bering

  2. Datchiklar qanday qismlardan tashkil topadi

  3. Dаtchiklаr qanday tеxnik tаlаblаr qo‟yilаdi

  4. Dаtchiklаrni qanday turlarini bilasiz

  5. Bevosita o'zgartirgich datchiklarni tushuntiring

  6. Diskret o'zgartiradigan datchiklar tushuntiring

Yüklə 28,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin