(gidrofil) va suvda erimaydigan (gidrofob) aminokislotalar qoldiqlarining kovalent
qisqa vaqtdan soʼng, gidrofob aminokislotalar oqsil markaziga nisbatan bir-biriga
nisbatan siljishi, gidrofil aminokislotalarning oʼz chegarasi maydonida qolishi
kuzatiladi (3b-rasm).
Qizdirishda broun harakati va bogʼlanishlarning harakatchanligini kuchayishi
natijasida molekula tuzilishi oʼzgaradi (3v-rasm) va gidrofob aminokislotalarning
suv bilan qisqa muddatli toʼqnashuvi ruy beradi (3g-rasm). Аgar temperatura
ortishi qisqa muddatli va uncha katta boʼlmasa, uning normallashishida oqsilning
dastlabki holati tiklanadi.
Temperaturaning katta qiymatlari yoki uzoq muddatli ortishida molekular
atrofidagi gidrofob aminokislotalarning qoldiqlari giyurofobik oʼzaro taʼsir
natijasida bir-biriga yopishib qoladi. Buning natijasida molekulalar yigʼindisidan
iborat boʼlgan turgʼun yangi tuzilma paydo boʼladi. unga yangi fizikaviy
xususiyatlarga ega boʼlib, alohida molekularning biologik xususiyatlari qaytmas
darajada yoʼqotiladi.
Oqsilning denaturatsiyasining oddiy misoli sifatida tuxum oqsilining termik
qayta ishlashda rangi va mustahkamligini oʼzgarishini keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: