Fotoinduktsiyalangan sintez.
Bunga oʼsimliklardagi fotosintez, UB nur bilan melanin (teri, soch, koʼz toʼr
pardasidagi malla va qora rangli pigment) hosil boʼlishini induktsiyalash kiradi.
Lazer nurlanishi bilan biostimullash
Boistimullash deganda past intensivlikli lazer nurlanishini termik va
fotokimyoviy effektlarsiz taʼsiri tushuniladi. Ushbu metod tibbiyotning koʼpgina
sohalarida terapiya uchun qoʼllaniladi. Shu bilan birgalikda, terapevtik taʼsir
asosida yotuvchi biofizik mexanizmlar taxminiy qoladi.
Biostimulyatsiya uchun nurlanish quvvati zichligi 0.1÷100 mVt/sm
2
va
enegriya zichligi
, toʼlqin uzunligi 0.34-1.3 mkm diapazonda
boʼlgan lazer nurlanishi qoʼllaniladi. Bu nur taʼsirida toʼqimada koʼzga koʼrinarli
oʼzgarishlar kuzatilmaydi. Eng koʼp He-Ne (0.63 mkm) qoʼllaniladi. Bunga asosiy
saba ushbu toʼlqin uzunligining toʼqima ichiga yetarlicha chuqur kirib borishi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |