Biogeotsenoz (“bios” – hayot, “geo” – Yer, “tsenoz” – umumiy yoki jamoa) tushunchasini rus botanik olimi, akad. V.N.Sukachev taklif etgan.
Moddalar aylanishiga ega bo’lgan har qanday tirik organizmlar yig’indisi va abiotik muhit ekotizim deyiladi.
A.Tensli ushbu ta’rifda anorganik va organik omillarning o’zaro teng komponentlar ekanligini va hech qachon tirik organizmlarni yashab turgan tashqi muhitdan ajratib bo’lmasligini ta’kidlaydi.
V.N.Sukachev biogeotsenozga Yer yuzasining ma’lum qismidagi bir xil tabiiy elementlar (komponentlar)ning yig’indisi deb qaraydi.
V.N.Sukachev biogeotsenozga Yer yuzasining ma’lum qismidagi bir xil tabiiy elementlar (komponentlar)ning yig’indisi deb qaraydi.
Hozirgi vaqtda biogeotsenoz deganda evolyutsion jarayonda shakllanadigan fazoviy chegaraga ega bo’lgan funktsional jihatdan tirik organizmlar va abiotik muhit o’zaro bir-birlari bilan munosabatdagi ma’lum energetik holati hamda moddalar almashinuvi, axborot tezligi bilan tavsiflanuvchi tabiiy tizim tushuniladi.
Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog’ jinslari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Biogeotsenozlar har xil o’lchamda, ya’ni kichik va katta maydonda bo’lishi mumkin.
EKOTIZM VA UNING TARKIBI
EKOTIZM VA UNING TARKIBI
Yashash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik tizim deyiladi.
O’rmon, cho’l, o’tloq, suv havzasi va boshqalar ekotizimga misol bo’la oladi.
Ma’lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak-atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashgan; bunday uzviy bog’lanishlar biotsenozlarni tashkil etadi.
Biotsenoz-biogeotsenozning bir qismidir. Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan.