Bir atomli va ko`p atomli karbon kislotalar



Yüklə 267,5 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2021
ölçüsü267,5 Kb.
#49389
1   2   3   4   5   6
Bir atomli va ko`p atomli karbon kislotalar

Ayrim vakillari. Chumoli kislota H-COOH to`yingan bir asosli kislotalarning eng oddiy vakili. U birinchi marta qizil chumolilardan ajratib olingan, shuningdek ko`pgina o`simliklar (qichitqi o`t, archa), qon va muskul tarkibida ham bo`ladi. Laboratoriya sharoitida xloroformga suyultirilgan ishqor ta`sir ettirib chumoli kislota olinadi:

Cianid kislota gidrolizlanganda ham chumoli kislota hosil bo`ladi:



Hozirgi vaqtda texnikada chumoli kislota olishning birdan-bir usuli yuqori temperaturada o`yuvchi natriyga uglerod (II)-oksid ta`sir ettirishdir:



Chumoli kislota o`tkir hidli, achchiq ta`m, suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan rangsiz suyuqlik. Tuzilishi jihatidan bir asosli to`yingan kislotalardan farq qiladi. Molekulasi tarkibida aldegid gruppaning borligi sababli, u o`ziga xos quyidagi xususiyatlarni namoyon qiladi:

a) chumoli kislota kumush oksidining ammiakdagi eritmasi ta`sirida oson oksidlanib, karbonat angidrid va suv hosil qiladi.



б) chumoli kislota yaxshi qaytaruvchidir, u sulema eritmasi bilan qizdirilganda simo metaligacha qaytariladi:



в) chumoli kislota koncentrlangan sul fat kislota ta`sirida uglerod (II)-oksid va suvga parchalanadi:



г) chumoli kislotaning natriyli tuzi 4000C gacha tez qizdirilganda vodorod ajralib chiqadi va natriy aksalat hosil bo`ladi:



Chumoli kislota kuchli qaytaruvchi sifatida to`qimachilik sanoatida gazlamalarni bo`yashda, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Chumoli kislotadan aksalat kislota etil formiat va xushbo`y moddalar (amilformiat) olinadi.

Sirka kislotasi CH3COOH uzoq vaqtlardan beri ma`lum, chunki u vinoning achishi natijasida hosil bvo`ladi. U ko`p o`simliklarda, hayvon chiqindilarida sof holatda, shuningdek tuz va murakkab efirlar holida uchraydi.

Sanoatda sirka kislota bir necha usullar bilan olinadi:



  1. Yog`och quruq haydalganda sirka kislota suv qatlamida yig`ilib, qo`shimcha mahsulot sifatida metil spirt va aceton hosil bo`ladi. Sirka kislotani ajratib olish uchun aralashma ohak bilan neytrallanadi, bunda hosil bo`lgan kal tsiy acetat sul fat kislota bilan qizdirilgan parchalanib, sirka kislota sof holatda ajralib chiqadi.

Chumoli kislota kuchli qaytaruvchi sifatida to`qimachilik sanoatida gazlamalarni bo`yashda, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Chumoli kislotadan aksalat kislota etil formiat va xushbo`y moddalar (amilformiat) olinadi.

Sirka kislotasi CH3COOH uzoq vaqtlardan beri ma`lum, chunki u vinoning achishi natijasida hosil bvo`ladi. U ko`p o`simliklarda, hayvon chiqindilarida sof holatda, shuningdek tuz va murakkab efirlar holida uchraydi.

Sanoatda sirka kislota bir necha usullar bilan olinadi:

1. Yog`och quruq haydalganda sirka kislota suv qatlamida yig`ilib, qo`shimcha mahsulot sifatida metil spirt va aceton hosil bo`ladi. Sirka kislotani ajratib olish uchun aralashma ohak bilan neytrallanadi, bunda hosil bo`lgan kal tsiy acetat sul fat kislota bilan qizdirilgan parchalanib, sirka kislota sof holatda ajralib chiqadi:

So`nggi yillarda uglevodorodlar, masalan, butan, pentan va hokazolarni yuqori temperaturada havo kislorodi ta`sirida oksidlab, sirka kislota olishning sanoat usullari ishlab chiqildi (N. A. Mannuel va boshqalar):



Sof sirka kislota odatdagi temperaturada o`tkir hidli, rangsiz suyuqlik bo`lib, 1580C da kristallanadi. Shuning uchun suvsiz sirka kislota «muz sirka kislota» deyiladi.

Sirka kislota va uning tuzlari – asetatlar sanoatda keng ishlatiladi. U to`qimachilik kon va kimyo sanoatida oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Sirka kislotaning temir, alyuminiy va xromli tuzlari ayniqsa katta ahamiyatga ega, chunki ular to`qimachilik sanoatida xurush sifatida ishlatiladi.


Yüklə 267,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin