Bir-birin kuzatar fasllar
Bir-birin qay usulda
Kuzatishar fasllar?
Bir-biriga nimalarni
Uzatishar fasllar
Fasllar bu-Yilboboning
O’g’illari,qizlari.
Har qadamda seziladi
O’ziga xos izlari.
Go’yo ular bir – birining
Qo’llaridan ushlashar
Gir aylanib,davra qurib
To’rtov o’yin tusharlar.
Qir-adirni dam oldirib,
Dalalarni uxlatib
Bahoroyni qishpolvon ham
Kutar ekan o’xshatib.
Oppoq qordan ko’rpa yopib,
Oq bo’yoqqa bo’yarkan.
Va zararli mikroblarni
Yo’qotarkan-quvarkan.