Bir fazali transformatorlar haqida tushuncha. Reja



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#169597
  1   2   3
Bir fazali transformatorlar haqida tushuncha.




Bir fazali transformatorlar haqida tushuncha.
Reja:



  1. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi.




  1. Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti va undagi quvvat isrofi.



  1. Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari.

Biror kuchlanishli o’zgaruvchan tokning chostotosini o’zgartirmagan xolda uni boshqa kuchlanishli o’zgaruvchan tokka aylantirish uchun ishlatiladigan statik apparat transformator deyiladi.


Transformatorning ishlash prinsipi elektromagnit induksiya xodisasiga asoslangan. Elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan transformatorlarning o’zagi ma’lum shakldagi berk rama ko’rinishida yig’ilgan aloxida po’lat plastinkalaridan iborat.(1-rasm) Bir fazali transformator


2-rasm.

Birlamchi chulg’am (g’altak) dagi o’ramlar soni W1, bo’lsin. Unga tarmoqdan yoki generatordan o’zgaruvchan kuchlanish beriladi. Bunda o’ramdan o’zgaruvchan I tok o’tadi, bu tok po’lat o’zakni magnitlab, unda o’zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladi. Bu tokning magnitlovchi ta’siri amper o’ramlar soni (I W1,) ga proporsional bo’ladi. G’altakda tok ortgani sari o’zakdagi magnit oqimi xam ortib boradi, buning o’zgarishi esa g’altak o’ramlarida uzinduksiya EYUK hosil qiladi. Uzinduksiya EYUK g’altakka berilgan kuchlanish darajasiga yetganda birlamchi o’ramda tokning ortishi to’xtaydi. Shunday qilib, transformatorning birlamchi o’rami zanjirida uning uchlariga berilgan kuchlanish U1 va o’zinduksiya EYUK E1 bo’ladi. Bunda kuchlanish U1 dan o’ramda kuchlanishning pasayishi miqdoricha ortiq bo’lib, kuchlanishning bu pasayishi esa juda kam bo’ladi. Transformator o’zagida vujudga kelgan o’zgaruvchan magnit oqimi transformatorning ikkilamchi g’altagini ham kesib o’tib, uning har o’ramida birlamchi g’altakning har bir o’ramidagidek EYUK hosil qiladi. hosil bo’lgan EYUK ning kattaligi chulg’amlarning o’ramlari soniga proporsional bo’ladi:

Transformatorning birlamchi chulg’amidan tok o’tganda uning o’zagida shu tokka proporsional bo’lgan magnit oqimi hosil bo’ladi. Bu oqim xam sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaradi, ya’ni



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin