Sporalilarning rivojlanishida o'ziga xosligi Sporalilar - turli hayvonlar va odam organizmida parazitlik qiluvchi bir hujayrali organizmlar. Parazit hayot kechirish ta’sirida ularning tana tuzilishi ham birmuncha soddalashadi. Ularning harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat hazm qilish vakuollari rivojlanmagan. Lekin hayot sikli ancha murakkab boiib, jinssiz, jinsiy va sporogoniyajarayonlari almashinib turadi. Jinssiz ko‘payishi hujayraning ko‘p marta bo'linishi (shizogoniya) dan iborat. Jinsiy ko'payish ko'pchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogametalar)ning kopulyatsiyasidan iborat. Faqat gregarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) hosil qiladi. Zigotasi odatda qalin po'st bilan o'ralgan bo'lib, oosista deyiladi. Oosista ichida sporogoniya natijasida sporozoitlar hosil bo'ladi. Birqancha sporalilarda sporozoitlar ham qattiq qobiq hosil qiladi. Sporozoidar hosil bo 'Iishi bilan parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. Sporalilar zigotasining dastlabki bo'linishi meyoz yo'li bilan boradi. Bu jihatdan ular foraminiferalar va barcha xivchinlilar singari zigota davrida reduksiyaga uchragan gaploid xromosomali organizmlar hisoblanadi. Bu tipga 4000 dan ortiq parazit turlar kiradi. Tip gregarinalar va koksidiyalar sinflariga ajratiladi.
Ko'p hujayralilarga o'tishdagi oraliq holatlik Bir hujayralilar kenja olamiga mansub boigan tiplar o ‘rtasidagi filogenetik munosabatlar hamda ular orasida eng qadimgi tuban tuzilishga ega bo'lgan vakillari to‘g ‘risida turli fikrlar mavjud. Infuzoriyalar bir hujayralilar orasida eng murakkab tuzilgan boisa, sporalilar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar parazit hayot kechiradi. Shuning uchun bu to‘rt tipga mansub boigan organizmlami eng qadimiy hayvonlarga kiritish mumkin emas. Ayrim zoologlaming fikricha sarkodalilar, xususan chig'anoqsiz amyobalar eng qadimgi hayvonlar hisoblanadi. Chunki bir qancha organoidlar (og‘iz, poroshitsa, pellikula)ning rivojlanmaganligi, tana shaklining doimiy bo'lmasligi, harakatlanish organoidining ixtisoslashmagan soxta oyoqlardan iborat ekanligi ulami morfologik jihatdan eng sodda hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi. Lekin 1941 yilda Pasher dastlabki organizmlar atrof muhitning anorganik moddalari bilan oziqlangan boiishi kerak; shuning uchun dastlabki organizmlar o'simliklarga o'xshash avtotrof oziqlangan, degan fikmi o ‘rtaga tashlaydi. Keyinchalik bu fikmi boshqa bir qancha zoologlar ham quvvatladi. Ular fikricha ko ‘pchilik sarkodalilar о ‘z taraqqiyot sikli davomida xivchinli stadiyalami o ‘tadi. Masalan, foraminiferalar va radiolariyalar xivchinli gametalar hosil qiladi. Buni sarkodalilaming qadimiy ajdodlari tuzilish belgilarining takrorlanishi deb tushuntiriladi. Ayrim aralash oziqlanadigan miksotrof xivchinlilaming avtotrof (fotosintez) oziqlanishdan osonlikcha geterotrof (saprofit) oziqlanishga o'tishini yuqoridagi fikming isboti tariqasida ko'rsatiladi. Xivchinlilaming xivchini prokariot organizmlar (bakteriyalar)ning xivchini bilan tenglashtiriladi. Keltirilgan dalillarga asoslanib, sarkodalilar eng qadimgi geterotrof xivchinlilardan kelib chiqqan; xivchinlilar barcha sodda hayvonlar, shuning bilan birga hayvonot dunyosining ajdodi hisoblanishi zarur boiadi. Lekin elektron mikroskopda olib borilgan tekshirishlar xivchinlilaming xivchini ancha murakkab tuzilganligi, ular morfologik va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra prokariot bakteriyalar xivchinidan katta farq qilishini ko‘rsatdi. Yuqorida keltirilgan dalillar hozirgi xivchinlilar yoki sarkodalilami barcha sodda hayvonlaming dastlabki ajdodlari emasligini ko'rsatadi. A. I. Oparinning yerda hayotnnng paydo boiishi haqidagi gipotezasida organik moddalar tirik organizmlar paydo bo'lishidan oldin nobiologik yo‘l bilan sintez bo‘lganligi ta’kidlangan. Dastlabki organizmlar esa atrof-muhitdagi organik moddalami diffuziya yo ‘li bilan qabul qilib oziqlangan bo ‘lishi kerak. Shunga asosan xivchinlilar va sarkodalilar juda sodda tuzilgan, hozirgacha saqlanib qolmagan eng tuban tuzilishga ega bo'lgan geterotrof eukariot organizmlardan kelib chiqqan deyish to'g'riroq bo'lar edi. Xivchinlilar bir hujayrali hayvonlaming bundan keyingi evolyutsiyasida katta o ‘rin tutgan. Infuzoriyalar kipriklarining xivchinlarga о ‘xshash tuzilganligi ulami xivchinlilardan kelib chiqqanligini ko ‘rsatadi. Kiprikli infuzoriyalar xivchinlilar taraqqiyotining dastlabki davrlaridanoq ajralib chiqqan; bundan keyingi taraqqiyot ular morfologik tuzilishining murakkablashuvi, harakatlanish organoidlarining ko‘payishi (polimerizatsiya), yadro apparatining murakkab qayta qurilishi (yadro dualizmi va makronukleusning polipoloidligi) orqali borgan. So'ruvchi infuzoriyalar kiprikli infuzoriyalardan kelib chiqqan bo‘lib, keyinchalik o‘ziga xos oziqlanish ta’sirida kipriklarini yo ‘qotgan. Sporalilar tipining kelib chiqishi ham xivchinlilar bilan bog'langan. Koksidiyalar va qon sporalilari gametalarining haqiqiy xivchinlilarga o'xshashligi buni isbot qiladi. Bundan tashqari xivchinlilar va sporalilar hayot siklida zigota reduksion bo'linish (meyoz) sodir bo'ladigan, hayotining asosiy qismini gaploid xromosomalik xolda o'tkazadigan hayvonlar hisoblanadi. Miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar kelib chiqishi xivchinlilar bilan emas, balki sarkodalilar bilan bog'langan. Chunki ulaming hayot siklida xivchinli stadiyasi bo'lmaydi; plazmodiy deb ataladigan murtagi esa amyobalarga o'xshash tuzilgan bo'ladi. Bir hujayralilar orasida xivchinlilar sinfi hayvonot dunyosining bundan keyingi taraqqiyotida juda muhim o'rin tutgan. Xivchinlilaming qadimgi koloniyali formalaridan ko'p hujayrali hayvonlar kelib chiqqan. Xivchinlilar sinfi filogenetik jihatdan tuban suv o'tlari bilan ham bog'langan. Yashil xivchinlilardan fitomonadlar, qalqondor xivchinlilar, evglenasimonlar va xrizomonadalami ayni bir vaqtning o'zida bir hujayrali hay vonlarga hamda tuban suv o'tlarigakiritish mumkin. O'simliklar evolyutsiyasi jarayonida shularga o'xshash bir hujayrali suv o'tlaridan boshqa bir muncha murakkab tuzilgan suv о 'tlari kelib chiqqan. Ko 'p hujayrali hayvonlar esa geterotrof oziqlanadigan kolonial xivchinlilardan kelib chiqqan, deyish mumkin.