Bir martalik qoliplarda olinadigan quymalarnI olishning texnologik o’ziga xosligi



Yüklə 105,79 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.12.2023
ölçüsü105,79 Kb.
#190227
Bir martalik qoliplarda olinadigan quymalarnI olishning texnologik o’ziga xosligi



Bir martalik qoliplarda olinadigan quymalarnI olishning 
texnologik o’ziga xosligi 
Reja: 
1. Qolip va qolip aralashmalari 
2. Quymakorlik qoliplarini tayyorlash usullari 
3. Bir martalik qoliplarda olinadigan quymalarning aniqligini oshirish usullar 
Xulosa
Adabiyotlar


1. Qolip va qolip aralashmalari 
Qum qoliplarga quyish usulining mohiyati: model to’plamidan foydalanib 
qolip aralashmasini zichlash yo’li bilan tayyorlangan qoliplarda suyuq metallni 
kristallantirib quymalar olish. Quyilgan metall qotib, quyma sovuganidan so’ng 
ularni ajratish, tozalash va qirqish ishlari amalga oshiriladi. 
Quyma forma(9.1-rasm, a) ishchi bo’shlig’i(ichiga suyuq metall quyiluvchi)ni 
hosil qiluvchi elementlar tizimi o’zida ifoda etadi. Quyma forma odatda quyma 
opokalarda 7 tayyorlanuvchi yuqori 2 va quyi 1 yarimformalardan iborat, opokalar 
qolip aralashmasini ushlab turish uchun mo’ljallangan moslama. Yuqori va quyi 
yarimformalar opokalardagi quyilish teshiklariga joylashtiriladigan metall shtirlar 4 
yordamida bir-biriga moslanadi(oriyentirlanadi). Bo’shliqlar(teshiklar yoki boshqa 
murakkab konturlar) hosil qilish uchun qolipga quymakorlik sterjenlari 3 o’rnatiladi, 
sterjenlar qolip bo’shliqlarining mos botiqlariga kiruvchi bo’rtiqlar yordamida 
mahkamlanadi. Suyuq metallni quyma forma bo’shlig’iga olib borish, qolipni 
to’ldirish va quyma kristallanayotgan vaqtida uni ta’minlash uchun quyish tizimi 5 
va 6 tayyorlanadi. 
Qolip va sterjen aralashmalari quyma formalar tayyorlash uchun foydalaniladi. 
Asosiy formovka materiali sifatida donadorligi turli xil bo’lgan kvarts qumi, quyma 
formovka gillari va yordamchi materiallar(mazut, grafit, talk, yog’och qipig’i va 
boshqalar) qo’llaniladi. Qolip aralashmasi quyma forma tayyorlash texnologik 
jarayoni shartlariga mos keluvchi ko’pkomponentli materiallar birikmasidan iborat. 
Ular po’lat, cho’yan va rangli qotishmalar uchun maxsus aralashma turlariga 
ajratiladi. Qolip aralashmalari tayinlanishiga ko’ra uch xil bo’ladi: qoplovchi, 
to’ldiruvchi va yagona. 
Qoplovchi qolip aralashma deb, qolipning ishchi qatlami tayyorlanadigan 
aralashmaga aytiladi. Ishchi qatlam deb, suyuq metall bilan ta’sirlashuvchi 
qatlamiga aytiladi, u quyma model yuzasidan 15-30 mm qalinlikda joylashadi. 
Bunday qolip aralashmaning 50-90 % i yangi formovka materialidan, 10-50 % esa 
qayta ishlatish uchun mo’ljallangan va aralashmaning tarkibiy qismini tashkil 
etuvchi aralashmadan iborat. To’ldiruvchi qolip aralashma deb, qolipning suyuq 
metall bilan ta’sirlashmaydigan qismlari uchun va qolipni to’ldirish uchun 
mo’ljallangan aralashmaga aytiladi. To’ldiruvchi qolip aralashma tarkibining 90-98 
% i qayta ishlatish uchun mo’ljallangan va aralashmaning tarkibiy qismini tashkil 
etuvchi aralashmadan iborat, 2-10 % i esa yangi formovka materialidan iborat. 
Yagona qolip aralashma qolip hamma qismlarini to’ldirishga mo’ljallangan 
aralashmadir. Bunday aralashmaning 85-90 % i qayta ishlatish uchun mo’ljallangan 
va aralashmaning tarkibiy qismini tashkil etuvchi aralashmadan iborat va 10-15 % 
yangi 
formovka 
materialidan 
iborat. 
Yagona 
qolip 
aralshmasini 
quymalarning mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishida qo’llaniladi. 


Sterjen aralshmalari metallmas quyma sterjenlar tayyoralash texnologik 
jarayonining shartlariga mos keluvchi ko’pkomponentli materiallar birikmasidan 
iborat. 
Murakkab sterjenlar uchun sterjen aralashmalari tayyorlash kvarts qumi va 
boshqa turli xil bog’lovchi elementlar(oliflar, sulfit-spirt bardi, sintetik smola va 
boshqalar) qo’shimchalari yordamida amalga oshiriladi. Oddiy va yirik sterjenlar 
uchun kvarts qumi va gildan iborat. Sterjen quymaga kuyib yopishib qolmasligi 
uchun aralashmaga ko’mir, grafit, mazut va sterjen beriluvchanligini ta’minlash 
uchun – yog’och opilka(qipiq) va torf qo’shiladi. 
Suyuq o’zi qotib qoluvchi aralashmalar keng qo’llaniladi, ular oquvchanlik 
xususiyatiga ega bo’ladi, tayyor bo’lganidan keyin o’z-o’zidan qotib qoladi va hajm 
bo’yicha mustahkamlikni ta’minlaydi. Bunday qotishmalar tayyor bo’lganidan 8-12 
minut keyin harakatchanlikka ega bo’ladi va 30-50 minutdan so’ng sterjen yashigini 
to’ldirib qotib qoladi. Qolip va sterjen aralshmalari yetarli mustahkamlikka, yuqori 
gaz o’tkazuvchanlikka, egiluvchanlikka, yetarli olovbardoshlik va beriluvchanlikka, 
va boshqa xususiyatlarga ega bo’lishi shart. 
Qolip va sterjen aralshamalarini tayyorlashda kvarts qumi va gil quritiladi va 
elanadi, qayta ishlangan aralshmadan metall va karkas qoldiq(tomchi)lari olib 
tashlanadi, maxsus aralshtirgichlarda aralashtiriladi. 
Quyma forma ishchi bo’shlig’ini shakllantirish uchun model to’plami 
foydalaniladi, model to’plami – quyma model, quyish tizimi modellari, sterjen 
yashiklari, model plitalari, nazorat va yig’ma shablonlarni o’z ichiga oluvchi 
moslama. Quyma model(9.1-rasm, б) – quyma formada quymaning o’lchamlari va 
konfiguratsiyasiga mos keluvchi iz hosil qilish uchun mo’ljallangan 
moslama. Modellar yig’ma, butun va maxsus turlarga ajratiladi. Kerakli o’lcham va 
shakldagi sterjenlar tayyoralsh uchun sterjen yashiklari(9.1-rasm, в) shart. 
Yashikning ishchi bo’shlig’i sterjen arlashmasi bilan to’ldiriladi. Sterjen yashiklari 
yig’ma va bir butun bo’ladi. Model plitasi quyma forma ajralish joyini 
shakllantiradi. Unda modelning turli qismlari, modelning quyish tizimi 
joylashtiriladi. 
Suyuq metallni quyma formaning ishchi bo’shlig’iga olib kelish, qolipni 
to’ldirish, quymani kristallanish jarayonida suyuq metall bilan ta’minlash uchun 
quyish tizimidan foydalaniladi. Quyish tizimi suyuq metallni qabul qilish va qolipga 
uzatuvchi quymakorlik chashkasidan, suyuq metallni quymakorlik chashkasidan 
qolip ishchi bo’shlig’iga yoki quyish tizimining boshqa elementlariga uzatish uchun 
mo’ljallangan vertikal yoki qiya kanal, ta’minlagich suyuq metallni qolipning 
bo’shlig’iga uzatuvchi kanal, ta’minlagichning metallmas qo’shimchalari va shlakni 
ushlab qolish uchun mo’ljallangan shlakushlagichlardan iborat. Qolipni suyuq 


metall bilan to’ldirishni boshqarish, gazlar chiqishi va quyma kristallanyotgan 
vaqtida suyuq metall bilan ta’minlash uchun vipor 5 yoki pribil xizmat qiladi. 
Quyma formalar tayyorlash – formovka – modelning aniq izini hosil qilish va 
unga kerakli mustahkamlikni berish uchun qolip aralshmasi zichlanadi. Qolipda 
suyuq metall quyish jarayonida hosil bo’luvchi va gazlar chiqishi uchun 
mo’ljallangan ventilyatsion kanallar mo’ljallab qo’yiladi. Qolipdan model 
olingandan so’ng opokalar yig’ilishi amalga oshiriladi. Quyilayotgan metall, quyma 
o’lchamlari va massasiga bog’liq ravishda quruq va nam kimyoviy qotuvchi qoliplar 
qo’llaniladi, bunday qoliplar qo’lda, formovka mashinalarida va avtomatli formovka 
liniyalarida tayyorlanadi. 
Qo’lda formovkalash yakkalab va kichik seriyali ishlab chiqarishda yirik 
quymalar tayyorlashda qo’llaniladi. Ko’pchilik hollarda bir martalik qum qoliplar 
yig’ma modellar bo’yicha juft opokalarda tayyorlanadi. Juft opokalarda 
formovkalashning asosiy texnologik operatsiyalari bajarilish ketma-ketligi 9.2-
rasmda ko’rsatilgan. Bundan tashqari juft opokalarda butun modellar bo’yicha ham 
formovkalash amalga oshiriladi. Bir necha o’ntonnali yirik quymalar uchun qoliplar 
maxsus chuqur(kesson)larda tayyorlanadi. Kessonning devori tubi beton yoki temir-
beton bilan qoplanadi. 
Mashinali formovka – juft opokalarda quyma formalar tayyorlashning asosiy 
usuli bo’lib, model plitalari bo’yicha amalga oshiriladi. Mashinali formovka 
opokalardagi qolip aralashmasini zichlashtirish jarayonini mexanizatsiyalashtirish 
va modelni qolipdan ajratish(eng ko’p mehnattalab operatsiya) imkonini beradi. 
Qolip aralashmasini zichlashtirish vibratorli va press mashinalarda va qumotgich 
yordamida amalga oshiriladi. 
Silkituvchi mashinalarda(9.3-rasm, a) qolipni zichlash: stol 2 model plitasi 3, 
opoka 4 va qolip aralashmasi qisilgan havo bilan birgalikda 60-80 mm balandlikka 
ko’tariladi, keyin silindr bo’shlig’idan avtomatik ravishda havo atmosferaga chiqib 
ketadi va stol staninaga 1 urilib tushib ketadi. Inertsiya kuchlari ta’sirida yuqori 
qatlamda yotgan aralashma pastdagi qatlamni bosadi va qolip aralashmasining 
zichlanishi ro’y beradi. Silkitish bilan har qanday balandlikdagi opokalardagi qolip 
aralashmasini zichlash mumkin. 
Presslab zichlashda(9.3-rasm, б) press kolodkasi 1 opoka 3 va to’ldiruvchi 
ramkadagi 2 aralashma yuzasini bosadi. Presslash jarayonida press stoli 5 model 
plitasi 4, opoka va to’ldiruvchi ramka bilan birgalikda press kolodkasi 1 tomon 
ko’tariladi, press kolodkasi to’diruvchi ramka ichkarisiga kiradi. Natijada presslash 
qum zarralarini bir-biriga yaqinlashadi va mustahkam bog’lanadi. 
Qumotgich bilan zichlashda(9.3-rasm, в) qolip aralashmasi lentali konveyer 2 
yordamida golovkaga 1 uzatiladi va aylanuvchi rotorga mahkamlangan kovshga 3 


borib tushadi. Qolip aralashmasi kovshdan opokaga 5 tushadi. Qolip 
aralashmasining zichlanishi aralashma portsiyasining zichlanayotgan qolip yuzasiga 
tushayotgandagi harakati kinetik energiyasi yordamida ro’y beradi. 
Modellarni qoliplardan ajratish mashinali formovka jarayonida maxsus 
tortuvchi va buriluvchi mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi, bu jarayon 
aniqligi yuqoriroq bo’lgan quymalar olish imkonini beradi. 
Sterjenlar tayyorlash xom sterjenlarni formovkalash, ularni quritish, pardozlash 
va bo’yashni o’z ichiga oladi. Sterjenlar mustahkamligini oshirish uchun ularni 
ichiga karkaslar qo’yiladi, ularda gazo’tkazuvchanlikni oshirish uchun ventilyatsion 
kanallar tayyorlanadi. Sterjenlar quritish qurituvchi metall plitalar yordamida 200-
280
0
C haroratda 2-12 soat davomida amalga oshiriladi. Sterjenlar tayyorlash ko’p 
hollarda turli sterjen mashinalarda: silkituvchi, presslovchi, qumsepuvchi 
va suyuqlayin harakatlanuvchi o’ziqotuvchi aralashmali qurilmalar yordamida 
amalga oshiriladi. 
Quyma formalar yig’ish quyidagilarni o’z ichiga oladi: sterjenlarni o’rnatish, 
qolip asosiy bo’shlig’i o’lchamlarining aniqligini nazorat qilish, quyi yarimforma 
bilan yuqori yarimformani qoplash, yarimformalarni quyish oldidan mahkamlash. 
Qolipga suyuq metall konussimon, barabanli va boshqa kovshlardan quyiladi, 
kovshlar olovbardosh materiallar bilan futerovkalanadi va to’liqligicha quritiladi. 
Metallni quyish harorati qotishma turiga, quyma devori qalinligiga, ularning 
konfiguratsiyasiga va boshqalarga bog’liq. Qoliplarga quyish to’xtovsiz, 
quymakorlik chashkasi to’lgunicha amalga oshiriladi. 
Metall quyib va sovutib bo’lingandan so’ng, quymalar qoliplardan vibratsion 
panjara yodamida ajratib olinadi va kamerali yoki barabanli tipdagi tozalovchi 
barabanlarda yoki drobotuvchi qurilmalarda yopishib yoki kuyib qolgan qolip 
aralashmasidan tozalanadi. Drobotuvchi qurilmalar yordamida tozalashda, quymalar 
metall drob oqimining zarbiy ta’siri ostida qoladi, drobotuvchi g’ildirak tezligi 70 
m/s. Quymalarni qirqish va tozalash abraziv doiralar yoki kesuvchi presslar 
yordamida amalga oshiriladi. 
Po’lat quymalar uchun qolip aralashmalari tayyorlashda quyi namlikka ega 
bo’lgan yuqori olovbardoshli materiallardan foydalaniladi. Quyma formalar va 
sterjenlar yuzalari olovbardosh bo’yoqlar bilan qoplanadi. Quymalarni sovutishda 
kuchlanishlarini kamaytirish uchun qoliplar va sterjenlar beriluvchanligi oshiriladi. 
Quyish tizimi qolipni bemalol to’ldirilishini ta’minlashi, quymaning yo’naltirilgan 
kristallanishi va usadkaga xalaqit bermasligi kerak. Usadka rakovinalari oldini olish 
uchun pribillar – eng oxirida metall qotadigan maxsus ta’minlagichlar, shuning 
uchun usadka rakovinalari quymada emas, pribillarda hosil bo’ladi. 


Cho’yan quymalar tayyorlashda qolip aralashmasining kuyib ketishini 
kamaytirish uchun aralashmaga toshko’mirli chang qo’shiladi. Suyuqlangan 
cho’yan quymaning ingichka kesimlariga olib boriladi. Yuqori mustahkamlikka ega 
va bolg’alanuvchan cho’yanlardan quymalar tayyorlashda usadka rakovinalari 
oldini olish uchun bobishkalarni ta’minlovchi pribillar o’rnatiladi. Quymalarda 
yoriqlar bo’lamasligi uchun qolip aralashmasi yuqori beriluvchanlikka ega bo’lishi 
kerak. 
Rangli metallardan quymalar tayyorlashda qolip va sterjen arlashmalari mayda 
donali kvarts qumidan tayyorlanadi. Gaz rakovinalari oldini olish uchun 
aralashmalar namligi 4 % dan oshmasligi kerak. Quymalarda yoriqlar oldini olish 
uchun qolip aralashmasi yuqori beriluvchanlikka ega bo’lishi lozim. 
Magniyli quymalar tayyorlashda magniyning o’z-o’zidan yonib ketmasligi 
uchun qolip aralashmasiga ftorli qo’shimchalar yoki boshqa moddalar qo’shiladi. 
Suyuq metall gorizontal, sifon(quyi) yoki vertikal-darchali quyish tizimlari orqali 
quyma formaga borib tushadi, bunda metall oqish tezligini pasaytirish va qolip 
bo’shlig’ining asta-sekin to’lishini ta’minlash uchun quyish tizimlari 
ta’minlagichlari ko’ndalang kesimlari kattalashtirilgan bo’ladi. Usadka rakovinalari 
oldini olish uchun pribillar qo’llaniladi. 
Qum qoliplarga quyishda mexanizatsiya va avtomatizatsiya jarayonlari qo’l 
mehnati o’rnini mashina mehnati bilan almashtiradi, bu ish unumdorligini oshirib, 
yuqori sifatli quymalar olish imkonini yaratadi. Quyma formalar tayyorlash uchun 
turli xil yuqori unumdor avtomatik mashina va avtomatik liniyalar qo’llaniladi. 
Masalan, mayda(0,1 kgdan 3 kggacha) quymalar tayyorlash uchun opokasiz 
formovka(9.4-rasm) avtomatik liniyalari keng qo’llaniladi. Qolip aralashmasi(9.4-
ras, a) bunkerdan 2 qisilgan havo bilan birgalikda buriluvchi plita 1 bo’shlig’i va 
harakatchan model plitalari 3 tomonga qarab harakatlanadi. Model plitasi 3 shtok 4 
bilan birgalikda harakatlanishi natijasida qolip aralashmasi zichlanadi. Qolip 
aralashmasi zichlanganidan so’ng, buriluvchi model plitasi maxsus qurilma 
yordamida suriladi(9.4-rasm, б). Model olinadi va yuqoriga ko’tariladi, qolipning 5 
tayyor qismi esa shtok yordamida suriladi va oldin tayyorlanganlarga mahkam 
qisiladi(9.4-rasm, в). Shtok 4 harakatchan plita bilan boshlang’ich holatiga 
qaytadi(9.4-rasm, г). 
Shundan keyin quymalar tayyorlash bo’yicha barcha operatsiyalar takrorlanadi. 
Bunday avtomatik qurilma unumdorligi 240 qolip/soat ga teng. 
Ishlab chiqarishda avtomatik quyish liniyalari keng qo’llaniladi. Yaxshi ish 
sharoitlari yaratish va samaradorlikni oshirish uchun quymakorlik sexlarida 
quymalarni qoliplardan ajratish, tozalash, qirqish va quymalarning dastlabki bo’yash 
ishlari kompleks ravishda mexanizatsiyalashtirish qo’llaniladi. 


Quyma nuqsonlari ikkita guruhga bo’linadi: tashqi nuqsonlar (qumli 
bo’shliqlar, qiyshayish, kam quyish va boshqalar) va ichki nuqsonlar (kirishish va 
gaz bo’shliqlari, issiq va soviq darzlar va boshqalar). Qolip va sterjen materiallari 
yetarli darajada mustahkam bo’lmagani, qolip yaxshi zichlanmagani uchun quyma 
tanasida qumli bo’shliqlar xosil bo’ladi.
Kirishish bo’shliqlari – oxirida qotayotgan qotishmaning qismlarida xosil 
bo’ladi. Oxirida qotayotgan qotishmaning qismlariga kerakli miqdorda suyuq metall 
yetkazilmay qolganda bo’shliqlar to’dasi paydo bo’ladi. Kirishish bo’shliqlari va 
bo’shliqlar to’dasini oldini olish uchun suyuq metall uzilmasdan yetkazilib turilish 
kerak. Gaz bo’shliqlari – quyma tanasida sirtlari silliq bo’lgan ochiq yoki yopiq 
bo’shliqlar. Ularning sabablari: qolip va sterjen materiali qazlarni yaxshi 
o’tkazmasligi, qolip va sterjen aralashmasi me’yordan yuqori nam bo’lgani, suyuq 
metalda gaz ko’p bo’lgani. Issiq darzlar metall qotayotgan paytida xosil bo’ladi va 
donalarning chegaralaridan tarqaladi. Qotishma tarkibidagi nometall qo’shimchalar, 
gazlar, oltin ququrt va boshqalar issiq darzlarni ko’payishiga olib keladi. Soviq 
darzlar qotgan qotishmaning har xil qalinlikdagi qismlar har xil tezlik bilan sovishi 
tufayli xosil bo’ladi, bu holda quymada kuchli zoriqishlar vujudga keladi. 
Metallning elastik xossalari, kirishish yuqori bo’lsa, va isssiqlik o’tkazuvchanligi 
past bo’lsa soviq darzlar ko’payadi. 
Qiyshayish – quyma qismlarini bir-biriga nisbatan siljishi. Buning sabalari – 
qolip noto’g’ri yig’ilganligi, belgilovchi o’qlarning yeilishi, sterjenni qolipga 
qiyshiq o’rnatilishi va boshqalar. Kam quyish – buning sabablari: quyish 
temperaturasi va qotishma oquvchanligi past, quyish elementlarning kesimi kichik 
va boshqalar. 
Tashqi nosozliklar quymani tashqarisidan ko’rib aniqlanadi. Ichki nosozliklar 
radiografik yoki ultratovush usullar bilan aniqlanadi. Radiografik (rentgenoskopiya, 
gamma-defektoskopiya) usullari qo’llanilganda quymalarga rentgen yoki gamma 
nurlari bilan ta]sir qilinadi. Bunda nosozliklar, ularning o’lchamlari va chuqurligi 
aniqlanadi. Quymalarga ultratovish to’lqinlari ta’sir qilganda to’lqin nosozlik 
chegaralariga tegib qaytadi va qaytish jadalligi bo’yicha nosozliklar o’lchamlari va 
chuqurligi aniqlanadi. 
Quymalarning muhim joylarida arzimas nosozliklar yopishqoq qorishmalar, 
singdiriladigan moddalar, gaz alangasi va elektr yoy yordamida tuzatiladi. 
Qorishmalar bilan to’ldirishdan oldin nosoz joylar tozalanadi va yog’sizlantiradi, 
keyin tuzayilgan joy silliqlanadi, quritiladi. Quymalarni singdiriladigan moddalar 
bilan tuzatish uchun ular 8-12 soatga ammoniy xloridning (NH4Cl) suv eritmasida 
ushlab turiladi – eritma metall kristallari orasiga o’tib nosozliklarni to’ldiradigan 
oksidlarni xosil qiladi. Gaz alangasida va elektr yoy yordamida payvandlash ishlov 
berilmaydigan yuzalardagi nosozliklarni (bo’shliqlarni, teshiklarni, darzlarni) 


cho’yan va po’lat elektrodlar yordamida qoplash uchun qo’llaniladi. Cho’yan 
quymalarni qoplashdan oldin 350--600 °С ga qizdiriladi, payvandlashdan keyin 
sekin sovitiladi. 
Qoliplar aralashmasiga quyidagilar kiradi: kvarts qumi, gil va tegishli 
xossalarga erishish uchun qo’shiladigan materiallar (grafit, yog’och qipig’I, mazut, 
moy, komir kukuni) suv. Sterjenlar tayyorlash uchun suv o’rniga suyuq shisha 
qo’shladi. 
Qolip aralashmasi o’tga chidamli, yetarli darajada mustahkam, gaz 
o’tkazuvchan, plastikli, qayishqoqli, arzon bo’lishi kerak. 
Quymalarni olish uchun qora metallarning qotishmalari: kul rang cho’yan, 
bolg’alanuvchan cho’yan va boshqa cho’yanlar; uglerodli va legirlangan po’latlar, 
rangli metallar qotishmalari: mis qotishmalari (bronza va latunlar), rux, alyuminiy 
va magniy qotishmalari; yuqori temperaturada eriydigan metall qotishmalari: titan, 
molibden, volfram va boshqalar. Quyma qotishmalar yuqori quymakorlik 
xossalarga ega bo’lishi ketak, ya’ni yuqori oquvchanlikka, kam kirishuvchanlikka, 
mayda donali struktura xosil kila olish va boshqalar. 
Quymalarni olish texnologiyasi bo’yicha bir nechta usullar mavjud: qumli 
qoliplarda, metall qoliplarda, qobiqli qoliplar yordamida, eruvchan modellar 
yordamida, bosim ostida, markazdan qochma usuli yordamida quymalarni olish 
Qaysi usulni qo’llash quymalar soniga, quyma sirtlariga va aniqligiga qo’yiladigan 
talablarga, iqtisodiy Область применения того или иного способа литья 
определяется объемом производства, требованиями к геометрической 
точности и шероховатости поверхности отливок, экономической 
целесообразностью и другими факторами. 
Suyuq metallni shakli xomaki yoki detalga o’xshagan maxsus qolipga quyib 
fasonli (shakldor) xomakilarni yoki detallarni olish bilan shug’ullanadigan soha 
quymakorlik deyiladi. Qotgandan keyin metall qolip shaklini saqlab qoladi. 
Olingan xomaki quyma deyiladi. Quymakorlik –bu quyma shaklini takrorlaydigan 
qolipni tayorlab, unga suyultirilgan metalni quyib, qolipni ajratib quyma olish 
jarayoni. Metallni kristallanish va qotish jarayonida quymalarning mexanik va 
ekspluatatsion (ishlatish jarayondagi) hossalar shakllanadi. Quyish yoli bilan 
massasi , bir necha grammdan 300 tonnagacha, uzunligi bir necha sm dan 20 m 
gacha devor qalinligi 0,5 – 500 mm gacha xilma-xil quymalar olish mumkin. 
Masalan silindr bloklarini, porshenlarni, tirsakli vallarni, reduktor qutilari va 
qopqoqlarni, tishli g’ildiraklarni, dastgoh staninalarini, prokat stanlarning 
staninalarni, turbina kurraklarini. 

Quymalar ishlab chiqarishda qoliplarning ish muddatlariga ko’ra bir 
martalik, bir necha martalik va ko’plab quymalar olishga yaroqlilarga ajratiladi. 


Ko’zatishlar shuni ko’rsatadiki, turli metall qotishmalardan olinuvchi quymalar 
massasi bo’yicha 70− 80 foizi bir marta lik quymalar olishga yaroqli nam va quruq 
qoliplarda, qolgan qismi esa bir necha unlab quymalar olishga yaroqli muvaqqat 
hamda yuzlab, minglab quymalar olishga yaroqdi qoliplarda olinmoqda. 

Bir 
marta quymalar olishga yaroqli qoliplar. Bu qoliplarda bir martagina quyma 
olingandan so’ng, ular bo’ziladi. Bu qolip materiali tarkibi olinuvchi quyma 
materiali, shakli va o’lchamlariga ko’ra belgilanadi. Bu qolip material asosi kvarts 
qumi bo’lib, ularning donlarini o’zaro bog’lovchilar sifatida tegishli bog’lovchilar 
(gil, spirt bardasi, tsement, suyuq shisha, termoreaktiv smolalar, bitum, kanifol), 
quymaga quyib yopishmasligining oldini olish uchun toshko’mir kukuni, 
changsimon kvarts, grafit, gaz o’tkazuvchanligini oshirish uchun yog’och qipig’i, 
torfdan foydalaniladi. O’lchami 0, 25 dan 1 mm gacha bo’lgan qumlar ma’lum 
miqdorda tegishli qo’shimchalar qo’shib, maxsus aralashtirgich qurilmada suv 
bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bu aralashma kutilgan xossaga ega bo’lgach, 
qurilmadan chiqarib, qolip tay yorlash uchastkasiga yuboriladi, u yerda qolip 
tayyorlanadi. 
Muvaqqat qoliplar. Bu qoliplarda bir nechagina (unlab) quymalar olinadi. Bu 
qolip material asosi yuqori temperaturaga chidamli, sha mot, magnezit, qum, 
asbest kabi boshqa materiallar kukunlariga ma’ lum miqdorda tegishli 
bog’lovchilar (gips, tsement va boshqalar)ni qo’shib aralashtirgich qurilmada suv 
bilan qorishtirib, kutilgan xos saga kelgach, uni qolip tayyorlash uchastkasiga 
o’zatiladi va u yerda qolip tayyorlanadi. Bu qoliplarda odatda turli shaklli kichik va 
o’rtacha o’lchamli quymalar olinadi. Ko’plab quymalar olishga yaroqli qoliplar. 
Bu qoliplar cho’yan, po’lat, mis va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi. Bu 
qoliplarda oddiy shaklli kichik va o’rtacha o’lchamli yuzlab va minglab quymalar 
olinadi. SHu boisdan ularga shartli ravishda doimiy qoliplar deb ham yuritiladi. 
Texnologik moslamalar va asboblar Quymalar qoliplarini tayyorlashda 
foydalaniladigan texnologik moslamalarga modelь, modelь tagligi, sterjenь 
yashigi, suyuq metallni qolipga kiritish tizimi modellari, opoka va boshqalar kiradi. 
Quyida asosiy texnologik moslamalar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Modelь deb 
qolip materialida olinuvchi quymaning tashqi konturini hosil qiluvchi moslamaga 
aytiladi. Modelning tashqi shakli olinuvchi quyma shakliga o’xshash bo’lgani bilan 
o’lchamlari qolip ga kiritilgan suyuq metallning sovib qotishida kirishuv qiymatiga 
va mexanik ishlovlarga beriladigan yuzalar qo’yimiga nisbatan kattaroq bo’ladi. 
Modellar va shuningdek boshqa texnologik moslamalar yengil, oson kesib 
ishlanadigan, chidamli, arzon materiallardan tayyorlanib, ular qolip materialiga 
yopishmay, undan osonroq ajraladigan bo’lishi kerak. 
Quymalarni ko’plab ishlab chiqarmaydigan kichik tsexlarda texnologik 
moslamalar sifatli yog’ochlar (qarag’ay, archa, zang va boshqalar)dan 
tayyorlanadi. Buning uchun g’o’la, taxta, brus tarzidagi yog’yuchlar pechda 60− 
70°S temperaturada (namligi 8– 10% gacha kelguncha) bir necha soat quritiladida, 
keyin texnologik moslamalarni tayyorlash uchast kasiga o’zatiladi. Ular chizmalar 
asosida tayyorlanadi. Odatda, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar 


model lari yaxlit, murakkab shaklli quymalar modellari ajraluvchi va shu ningdek 
ayrim–ayrim bulaklardan yig’ilgan bo’ladi (138–rasm). Ko’pincha ajraluvchi 
modellar ikki (ustki va pastki) palladan iborat bo’lib, pastki pallaning ajralish 
yuzida ikkita konusli ki chik teshigi bo’lsa, ustki pallaning ajralish yuzasida esa 
ikkita konusli kichik ortig’i bo’ladi. Qolip pallalari shu konusli teshiklarga konusli 
ortiqdan kiritilgan xolda yig’iladi. Ma’lumki, yog’och arzon material va u yaxshi 
kesib ishlangani bilan nam tortib tob tashlashi, tez chirishi va deyarli puxtamasligi 
tufayli undan keng foydalanib bo’lmaydi. SHu boisdan ko’plab bir xildagi metall 
quymalarni ishlab chiqaruvchi yirik tsexlarda modellar va shuningdek boshqa 
texnologik moslamalar alyuminiy qotishmalar va plastmassalardan tayyorlanadi. 
Bu materiallar yog’ochga qaraganda ancha qimmat bo’lsada, o’zoq vaqt turli 
muhitlarda ishlashi davomida shak li va o’lchamlarini saqlashi, qolip materialida 
aniq modelь konturi olinishi kabi afzalliklarga ega. SHuni qayd etish joizki, 
modellar kaysi materialdan tayyorlanmasin, qolipdan osonroq chiqarish uchun 
uning vertikal tekisliklariga kichik qiyalik beriladi, yuzalari nafis ishlanadi, qiyalik 
qiymati modelь materialiga, shakliga, o’lchamiga, qolip materialiga va qolipni 
tayyorlash usuliga bog’liq. Odatda, o’rtacha shaklli va o’lchamli yog’och 
modellarida bu qiyalik 12°, metallarda 0, 5– 1 o oralig’ida bo’ladi. 
Modellar xili: a –yaxlit modelь; b– ikki bo’lak modelь; v –ajraluvchi modelь. 
Modellarning bir yuzadan ikkinchi yuzaga o’tish joylari o’tmas burchaklar bo’ylab 
tekis o’tishidan tashqari, zarur xollarda qolipda sterjenni o’rnatish uchun tayanch 
yuza hosil etish uchun modelda konusli ortiq, qilinib, u qora rangga bo’yab 
qo’yiladi. SHuningdek, modellarni olinuvchi quyma materialiga ko’ra ajratish 
maqsadida turli rangga bo’yab, harflar va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, 
cho’yan quyma modellarini qizil rangga, po’lat quymalar modellarini yashil rangga 
va rangli metall quymalar modellarini sariq rangga bo’yaladi. 
Sterjen yashigi. Quymalarda turli shaklli teshiklar, o’yiqdan olish uchun 
yuqori sifatli gilli qum materiallaridan ularning shakliga va o’lchamiga mos 
sterjenlar tayyorlashda foydalanuvchi texnologik moslamalarga sterjenь yashigi 
deyiladi. Ular ham modelь materiallari dan tayyorlanadi. Ularning shakli va 
o’lchamlari esa, quymada olinuv chi teshik shakli va o’lchamidan, qolipda 
metalning kirishuvi va mexanik ishlanadigan yuzalar qo’yim qiymati hisobiga 
kichikroq bo’ladi. Odatda, kam seriyali, oddiy shaklli, kichik o’lchamli sterjenlarni 
tayyorlashda foydalaniladigan sterjenь yashiklari modellar singari yaxlit, 
murakkab shaklli, katta o’lchamli sterjenь yashiklari ikki pallali va ayrim–ayrim 
bo’laklardan tayyorlanadi (139–rasm). Suyuq metallni qolipga kirituvchi tizim 
modellari. Suyuq metallni qoliplarga ravon kiritishda, uni shlakdan, gazlardan bir 
muncha tozalab o’zatuvchi kanallar modellari majmuasiga modellar tizimi 
deyiladi. Rasm, b da normal quyish tizimi modellari keltirilgan. Rasmdan 
ko’rinadiki, u me tallni quyish kosachasi 1, stoyak deb ataluvchi konus voronka 2, 
shlak tutkich 3, ta’minlagichlar va vipor deb ataluvchi konus voronkalardan iborat. 
Bu modellar ham olinuvchi quymalar shakliga, o’lchamiga ko’ra mo delь 
materiallaridan chizmalar asosida tayyorlanadi. 


Sterjenь yashiklari: a – yaxlit sterjenь yashigi; b – ikki bo’lak sterjenь 
yashigi; v–echilgan sterjenь yashigi Modelь tagligi. Qoliplarni gilli qum 
materiallaridan tayyor lashda foydalaniladigan modelь tagligi yog’ochdan 
tayyorlansa, bu taglikka modelь taglik taxtasi dey iladi (agar modelь taglik 
metallaridan tayyorlangan bo’lsa, unga mo delь plitasi deyiladi). Modelь plitalarda 
ma’lum tartibda ochilgan teshiklar bo’lib, zaruriyatga ko’ra ularga o’rnatiladigan 
modellar boshqa modellar bilan almashtiriladi (141–rasm). Normal quyish tizimi: 
1– quyish kosachasi; 2– stoyak; 3– shlak tutkich; 4– ta’minla gichlar; 5– vipor 
kosachasi; 6– vipor stoyaklari 
Sterjenlar o’rindig’i. Sterjenlar sterjenь yashiklarida tayyorlan gan, ularni 
puxtalash maqsadida tashqi shakli va o’lchamiga mos ster jenь o’rindig’iga 
o’tkazilib, quritish uchun pechga o’zatilib, ma’lum temperatura oralig’ida zarur 
vaqt davomida qizdiriladi. Bunda uning o’rindiqdagi kichik teshiklaridan havo 
o’tib, ular bir tekis qizib puxtalanadi. Modelь plitalar: a –bir yoqlama ishlaydigan 
modelь plita; b– ikki yokdama ishlaydigan modelь plita Opoka. Qolip 
materiallarida model tashqi konturining olinishi bilan quyma qolipni tayyorlashga 
xizmat qiluvchi ochiq rama (quti)ga opoka deyiladi. Opokalar po’lat, cho’yan va 
alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi. Ular konstruktsiyasiga ko’ra yaxlit, 
bo’laklarga ajraluv chi, qobirg’asiz va kobirg’ali bo’lib, o’lchamlari standart 
bo’yicha turlicha bo’ladi (142–rasm). Odatda, yirik bo’lmagan quymalar qolipini 
tayyorlashda ajralmaydigan qovurg’asiz opokalardan, yirik quymalar qolipini 
tayyorlashda ajraladigan qobirgali opokalardan foydala niladi. Quymalar 
qoliplarini tayyorlashda opokalar bo’shliqlaridan to’g’ri foydalanish tufayli qolip 
materiallari tejaladi. Qoliplar tayyor lashda qolip materiallarining ko’plab 
sarflanishini hisobga olishning ahamiyati katta. 
Qolip materiallari va ularga qo’yiluvchi talablar Puxtaligi deb, qoliplarni 
tayyorlashda, ularni bir joydan boshqa yerga o’tkazishda, unga metall kiritishda 
o’z shakli va o’lchamini saqlash xossasiga aytiladi. Nam qoliplar uchun ularning 
siqilishga puxtaligi as = 30− 70 k. Pa bo’lsa, quritilgan qoliplar uchun cho’zilishga 
puxtaligi = 80− 200 k. Pa oralig’ida bo’ladi. Plastikligi deb, qolip materialiga 
modelni tashqi kuch ta’sirida bosilishda uning tashqi konturiga oson o’tib, undan 
mo delь olingandan keyin esa olgan shaklini saqlash xossasiga aytiladi. 
Qayishqoqlik. Kayishqoqligi deb, qolip materyalini qolip bo’shlig’iga kirayotgan 
metall ta’sirida ma’lum darajada siqilib, metallning sovib kirishishida esa dastlabki 
joyiga qaytish xossasiga aytiladi. Agar metallarda qayishqoqlik xossasi kichik 
bo’lsa, quymada zo’riqish kuchlanishlar hosil bo’lib, tob tashlashiga va ba’zan 
darz ketishiga sabab bo’ladi. Oquvchanligi deb, qolip tayyorlashda materialni mo 
delь tashqi konturiga mos bo’shliqqa bir tekisda osonroq o’tish xossa siga aytiladi. 
Termomexanik bardoshligi deb, mate rialni qolip ga yuqori temperaturali metall 
kirayotganda kuymay, erimay qolgan shakl va o’lchamlarini saqlash xossalariga 
aytiladi. Namiqmasligi deb qolip materialning havo namini o’ziga olmasligiga 
aytiladi. Ajraluvchanligi deb materialni quymadan oson ajralish xossasiga aytiladi. 
Gaz o’tkazuvchanligi deb materialning qolipga metall kiritilayotganda undagi 


havoni va ajraluvchi gazlarni tashqariga chiqarish xossasiga aytiladi. CHidamliligi 
deb qolipda qayta–qayta quymalar olishda materialning mexanik, texnologik va 
fizik xossalarini saqlashiga aytiladi. Issiqdik o’tkazuvchanligi va solishtirma 
issiqdik sig’imlari esa metallni qolipda sovitish tezligiga, binobarin, struktura 
(xossa siga ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham ushbu xossalarni bilmoq lozim. 
Statistik ma’lumotlariga ko’ra, metall quymalarni ko’plab ishlab chiqaruvchi yirik 
korxonalarda bir tonna quyma olishda o’rtacha 47 tonna qolip material 
ishlatilishini e’tiborga olsak, ular narxining ahamiyati naqadar muhimligi ma’lum 
bo’ladi. 
Qolip materiallar tarkibi Qolip materiallarning yuqorida qayd etilgan 
xossalarga qanchalik javob berishi ular kimyoviy tarkibiga, donadorligi 
(strukturasi)ga, bog’lovchilar xiliga va miqdoriga, namlik darajasiga, qolipdagi 
zichligiga va boshqa ko’rsatgichlarga bog’liq. Yuqorida qayd etilganidek, bir marta 
quymalar olishga yaroqli qolip materiallarining asosiy qismi kvarts qumidir. Qolip 
qumi. Bu material asosi tabiiy kvarts (Si. O 2) bo’lib, unda ma’lum miqdorda gil 
va boshqa begona birikmalar (Fe 203, Na 203, Ca. O, Mg. O va boshqalar) bo’ladi. 
Tabiiy kvarts zichligi 2, 5– 2, 8 g/sm 3 oralig’ida bo’lib, suyuqlanish temperaturasi 
1750− 1780°S oralig’ida bo’lgan puxta va qattiq modda. Lekin qumning shunday 
xususiyati ham borki, u 575°S temperaturagacha qiziganda allotropik o’zgarishi 
sababli hajmi birmuncha ortadi, natijada u yoriladi, parchalanadi. Bu esa qolip 
materialini changsimon zarrachalar bilan to’yintirib, sifatiga putur yetkazadi. SHu 
boisdan, bir marta ishlatilgan qolip materiallarning xossa larini tiklash maqsadida 
ularga ma’lum miqdorda hali ishlatilmagan kvarts qumi qo’shiladi. Qolip 
materiallari tarkibidagi bog’lovchi moddalardan tashqari barcha begona birikmalar 
uning xossalariga putur yetkazadi. Qolip qumi tarkibidagi gilli moddalar miqdoriga 
ko’ra kvartsga va gilga ajratiladi. Agar qumlar tarkibida 2 foizgacha gil va 10 
foizgacha begona birikmalar bo’lsa – kvarts, gilli moddalar miqdori 50 foizdan 
ortiq bo’lsa – gil deyiladi. Ularni qazib oluvchi joylar nomi bilan ataladi. Masalan, 
Lyubarets konida olinadigan qumni Lyubarets qumi deyiladi va hakazo. 


Xulosa. 
Umuman olganda, butun mamlakatning farovonligi ko'p jihatdan yuqorida 
tavsiflangan Rossiya quyish zavodlari qanchalik muammosiz va barqaror 
ishlashiga bog'liq. Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarsiz 
mamlakatimiz mashinasozlik, metallurgiya, yengil sanoat kabi korxonalar ishlay 
olmaydi.Shuning uchun ham ushbu va boshqa quyish zavodlarini rivojlantirish, 
rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga, ularni ishlab chiqarish 
korxonalari bilan ta’minlashga maksimal darajada e’tibor qaratish lozim. har 
tomonlama, jumladan, davlat darajasida qo'llab-quvvatlash, albatta, zarur va juda 
muhim. 


Адабиётлар. 
1.
Дубинин Н. П ва бошқалар. « Технология металлов и других 
конструкционнқх материалов» Москава 1976 йил.
2.
Мирбобоев В. А. ва бошқалар. « Металлар технологияси» Тошкент, 1991 йил. 
3.
Полухин П. И ва бошқалар. « Технология металлов и сварка» Москава 1990 
йил. 
4.
Турахонов А. С. « Металлар технологияси » Тошкент, 1981 йил. 

Yüklə 105,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin