Bir operatsiyali cho’zish Ko’p operatsiyali cho’zish Toroidal matritsada cho’zish



Yüklə 46,54 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü46,54 Kb.
#196703
  1   2
Ko‘p operatsiyali cho‘zishning texnologik hisob-kitoblari


Ko‘p operatsiyali cho‘zishning texnologik hisob-kitoblari

Reja :


  1. Bir operatsiyali cho’zish

  2. Ko’p operatsiyali cho’zish

  3. Toroidal matritsada cho’zish



Bir operatsiyali cho„zish bilan olinadigan detallarning balandligi
ularning diametridan 0,7-0,8 mm dan oshmaydi. Simmetrik o„qli
balandroq detallarni olish zarur bo„lganda bir-birining izidan keladigan
bir nechta operatsiyalar kiritiladi, ularning har birida zagotovka sifatida
oldingi operatsiyada olingan silindrik yarim fabrikatdan foydalaniladi va
jarayon shu tariqa davom etadi, ya‟ni ko„p operatsiyali cho„zish
qo„llaniladi (10.1-rasm).

10.1-rasm. Ko‘p operatsiyali cho‘zish sxemasi
41
Ko„p operatsiyali cho„zish toroidal (10.2-rasm, a) va konus-toroidal
(10.2-rasm, b) ishchi bo„shliqlarga ega bo„lgan matritsalarda amalga
oshiriladi. Matritsalarning ishchi yuzalari reaktiv (tayanch) yuza bilan
to„ldirilishi mumkin (10.2-rasm, d).

10.2rasm. Ko‘p operatsiyali cho‘zish uchun matritsalarning
konstruksiyalari. a- toroidal; b- konusli; d- reaktiv bo‘shliq bilan
Toroidal matritsada keyingi cho„zish operatsiyalarida kuchlanishli
deformatsiyalangan holatning sxemasi 10.3rasmda ko„rsatilgan.
Deformatsiya o„chog„ini ikkita zonaga ajratish mumkin: 1- erkin
bukish deformatsiyasi (kontaktdan tashqaridagi deformatsiya) va
2-kontaktli deformatsiya (matritsaning toroidal chekkasidagi
deformatsiya).
10.3rasmdagi toroidal yuzaga ega bo„lgan matritsada cho„zishda
xavfli kesimdagi kuchlanish quyidagi formula bo„yicha aniqlanadi:

max slnrср Rз 2SR02S0S011(10.1)
bunda Rz- zagotovkaning o„rtacha radiusi; rsr-buyumning o„rtacha
radiusi; μishqalanish koeffitsiyenti.
42
10.3-rasm. Toroidal matritsada cho‘zishda kuchlanishlideformatsiyalangan holatning sxemasi
Bunday holda deformatsiya o„chog„ida uchta zonani ajratish
mumkin: 1- erkin bukish zonasi (kontaktdan tashqaridagi deformatsiya);
2-konusli uchastkada kontaktli deformatsiya zonasi (10.4-rasm) va

3- matritsaning toroidal chekkasida kontaktli deformatsiya zonasi.
Ko„p operatsiyali cho„zish bilan tor flanesli buyumlarni ham, keng
flanetsli buyumlarni ham tayyorlash mumkin. Tor flanesli silindrik
qobiqlar, qobiqning balandligining uning diametriga nisbati 1,0 dan
katta bo„lganda, flanes diametrining qobiqning diametriga nisbati esa 1,1
- 1,4 ni tashkil qilganda, odatda ko„p operatsiyali cho„zish bilan
tayyorlanadi, bunda oldingi operatsiyalarda olingan silindrik yarim
fabrikatlardan foydalaniladi. Bunday buyumlarda flanes oxirgi
operatsiyada hosil qilinadi, so„ngra esa berilgan o„lcham bo„yicha
kesiladi. Ko„p operatsiyali cho„zishda keng flanes yassi zagotovkani
cho„zishning birinchi operatsiyasidayoq olinadi. Keyingi operatsiyalarda
flanesning o„lchamlari o„zgarmas bo„lib qolaveradi, formaning
o„zgarishiga esa zagotovkaning qolgan qismi tortiladi.
Buyumning diametri bilan zagotovka diametrining ma‟lum bir
geometrik nisbatlarida siquvchi kuchlanishlarning ta‟siri materialning
barqarorligining yo„qolishini chaqiradi, bu burmalanishlar hosil bo„lishi
bilan ifodalanadi.
Material barqarorligining yo„qolish ehtimoli deformatsiya darajasi,

zagotovkaning nisbiy qalinligi va materialning xususiyatlariga bog„liq
bo’ladi.
Devorni yupqalashtirish bilan cho„zishda buyumning diametri
unchalik ko„p o„zgarmaydi, bunda devorning qalinligi o„zgaradi, ya‟ni
S1>S2>S3> Sn majburiy yupqalashish sodir bo„ladi (11.1-rasm).
Yupqalashtirish bilan cho„zishning afzalliklari:
1) materialning 10-20% gacha tejalishi;
2) burmalanishdan saqlagich talab qilinmaydi;
3) oddiy harakat qiladigan presslarda amalga oshiriladi;
4) anchagina qisqa bo„lgan texnologik sikl ta‟minlanadi;
5) mustahkamlanish hisobiga buyumlarning sifati yaxshilanadi.
11.1-rasm. Devorni yupqalashtirish bilan cho‘zish
Cho„zish bitta matritsada ham, ikkita matritsada ham amalga
oshiriladi, yo„l qo„yiladigan qalinlik material matritsaning silindrik
45
belbog„chasidan chiqayotganda uning mustahkamligi bilan belgilanadi.
Deformatsiya darajasi devor qalinligining o„zgarishi bilan aniqlanadi:
0 0 0
0 0
0
0 100%; 1
S S
D S
D S DS
F F
F




(11.1)
Cho„zish konusli (11.2-rasm, a) yoki radial (11.2-rasm, b)
matritsalarda amalga oshiriladi. Silindrik buyumlarni cho„zish konus
puanson bilan bajariladi (11.2-rasm, d).
11.2-rasm. Yupqalashtirish bilan cho‘zish uchun matritsa va
puansonning konstruksiyasi. a- konus matritsa; b- radial matritsa;
d- konus puanson
Puansondagi burchak qanchalik katta bo„lsa, undan yarim fabrikatni
chiqarib olish shunchalik oson bo„ladi. Agar cho„zish ikkita matritsa
orqali olib borilsa, u holda ularni bir-biridan shunday masofada qo„yish
kerak bo„ladiki, bunda cho„zish jarayoni birinchisida tugasin va
ikkinchisida boshlanmasin. Aks holda qo„shimcha kuchlanishlar paydo
bo„ladi, bu yorilishlarni chaqiradi. Odatda bunday cho„zish mexanik
xususiyatlarning kuchli o„zgarishi bilan boradi: σv =380 - 330 MPa.

Yüklə 46,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin