Sinf o’quvchilari o’rtasida o’zaro munosabati yaxshi. O’qish va jamoat topshiriqlarini bajarish jarayonida tug’ilgan muammolar yuz bersa ham, har birini tushunish va kelishuv asosida hal etiladi.
O’quvchilar o’rtasida o’zaro do’stlik, o’rtoqlik munosabatlari kuchli va samimiy. O’quvchilar sinf rahbarini juda hurmat qiladilar. Sinf rahbarini ular o’z onalaridek yaxshi ko’radilar.
Sinfning intizomi o’zlashtirishi masalasiga sinf rahbari alohida e’tibor beradi, past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan alohida ish olib boradi. Sinf rahbari muntazam ravishda ma’naviyat soatini o’tkazib turadi.
Shuning bilan birga sinf rahbarining samimiyligi va ko’ngilchanligini suviste’mol qiluvchi o’quvchlar ham bor. Ularga nisbatan talabchanlikni oshirish, berilgan topshiriqlarning o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish, ularning ota-onalari bilan aloqani kuchaytirish zarur deb o’ylayman.
Xulosa. Sinf rahbari o’quvchlardagi ijobiy an’analarni rivojlantirib borishga harakat qilishi,ayrim o’quvchilardagi imkoniyat va salohiyatlarini hisobga olib, ularni kasb tanlashga yo’naltirish, ishlariga ahamiyat berishi, bu ishda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish kerak. Sinf rahbari o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda vazifalar va ishlarni taqsimlashi hammaga yaqin va qiziqarli bo’lgan ishni topa olishi topshiriqni berib, javobini talab etishi maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi paytda esa sinfdagi o’quvchilarning ko’pchiligi muayyan kasbni egallashi maqsad qilib qo’yilgan.
Kasb tanlashda o’quvchilarning deyarli hammasi nima uchun shu kasbni tanlay olganliklarini asoslab berganlar. Sinf o’quvchilari ahil jamoa bo’lib, ular bir-birlarini yaxshi tushnadilar. Buni ko’pchilik bo’lib topshiriq bajarganda yaqqol ko’rish mumkin.
Masalan, ro’znoma chiqarishda, bayramga tadbirga tayyorgarlikda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Jamoa yumushlarini bajarishda sinf o’quvchilarining ko’pchiligi uyushqoqlik bilan ishlaydilar. Shanbalikka qatnashishda ham sinf jamoasi birgalikda ish qiladilar. 7-“B” sinfiga hamma sinf havas bilan qaraydi.