Bir pallali yoki lolasimon o`simliklar sinfi-monocotyledonae yoki liliopsida



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə14/23
tarix02.01.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#43802
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Lolanomalar qabilasi kurs ishi

5- rasm. Sarimsoq piyozi - Allium sativum.L.

Sarimsoq piyozi tarkibida moddalar me`da ichak yo`lini ishini kuchaytiradi, o`t siydik haydaydigan, og`riq qoldiradigan, balg`am ko`chiradigan va bakteratsid xususiyatlarga ega.

Sparjalar oilasi - Asparagaceae

Bu oilaga 23 avlod, 230 tur o`simlik mansub bo`lib, oila vakillari yaxshi rivojlangan ildizpoyali, ko`p yillik o`t o`simlik.

Poyalari tik o`suvchi, ba`zan shakli o`zgargan kaladodiylaribo`lib, barg vazifasi ni bajaradi. To`pgullar sochoq, gulqo`rg`oni birikib o`sgan. Mevasi rezavor.

Sparja avlodi (Asparagus) ning 120 turi bor. Shundan O`rta Osiyoda 24, respublikamizda 7 turi uchraydi. Bu avlodning vakillari chala buta o`simliklardir. Barglari mayda, pardasimon tangachaga aylangan. Gullari ayrim jinsli. Bir yoki ikki uyli o`simlik. Gulqo`rg`oni qo`ng`iroqsimon 6 ta bargchasi birikib o`sgan. Mevasi sharsimon xo`l meva.

May marvaridguli - Sonvallaria majalis L.

Marvaridgul o`simligi Kavkaz va uzoq Sharq o`rmonlarida tarqalgan. Ildizpoyali o`t o`simlik. Poyasi shoxlanmaydi, barglari yoysimon tomirlangan, oddiy. Gullari unchalik katta emas, xushbo`y oq gullar, tojbargli bir tomonlama shingilga to`rlangan.

Gul formulasi P(6) A(3+3) G(3)

Mevasi qizil rangda, rezavor meva. Urug`i endospermli. Marvaridgul barglaridan yurak glikozidlari olinadi, shuningdek saponinlar ham to`planadi. Tibbiyotda yurak kasalliklarini davolashda keng ishlatiladi. Gullaridan olingan efir moylari parfyumeriyada qo`llaniladi.



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin