Bir ulushini olib


Shaxsiy xarakterga ega bo’lgan majburiyatlar va shaxsiy xarakterga ega bo’lmagan



Yüklə 35,7 Kb.
səhifə13/14
tarix11.12.2022
ölçüsü35,7 Kb.
#73847
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Audit

4.Shaxsiy xarakterga ega bo’lgan majburiyatlar va shaxsiy xarakterga ega bo’lmagan 
majburiyatlar. Bazi majburiyatlar huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi yoki 
birining shaxsi bilan qatiy bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan, topshiriq shartnomasi bo’yicha vujudga 
keladigan majburiyat vakilning (topshiriqni bajaruvchining) ishonchli shaxs bo’lishiga qarab 
belgilanadi. Bunday shaxsiy xarakterga ega bo’lgan majburiyatlarning bajarilishini, agar qonun yoki 
shartnomada boshqacha hol belgilanmagan bo’lsa, boshqa shaxsga o’tkazilishiga yo’l qo’ymaydi, 
kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin emas. Bunday majburiyatlar, odatda qarzdor 
yoki kreditorning vafot etishi bilan bekor bo’ladi. 
Aksariyat huquqiy munosabatlarda majburiyatning kim tomonidan bajarilishi ahamiyatga ega 
bo’lmaydi. Masalan, qarz shartnomasi bo’yicha majburiyatning fuqaro G. tomonidan ham yoki uning 
uchun fuqaro B. tomonidan ham bajarilishi mumkin. Bunday shaxsiy xarakterga ega bo’lmagan 
majburiyatlar bo’yicha kreditor ham, qarzdor ham boshqa shaxs bilan almashinishiga yo’l qo’yiladi. 
Bunday majburiyatlar bo’yicha kreditor yoki qarzdorning vafot etishi majburiyatning bekor qilinishi 
uchun asos bo’lmaydi. 
Majburiyatda sanktsiya masalasiga kelsak, fuqarolik huquqi normalariga muvofiq 
qo’llaniladigan majburlash choralari ko’pincha huquq buzilishda, majburiyatlarni bajarmaslik yoki 
tegishli darajada bajarmaslik uchun qo’llaniladi. Sanktsiya fuqarolik huquqiy munosabatida ishtirok 
etayotgan taraflar o’z zimmalaridagi majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada 
bajarmaganlarida huquq normalariga muvofiq qo’llaniladigan majburlash chorasidir. Buzilgan 
majburiyatlar yuzasidan qo’llaniladigan sanktsiyalar har xil. Majburiy chora sifatida qo’llaniladigan 
sanktsiyalar umumiy xarakterga ega bo’lishi hamda maxsus, yani aniq bir huquqiy munosabatdan 
yuzaga kelgan harakatlarga nisbatan qo’llaniladigan bo’lishi mumkin. 
Umumiy xarakterdagi sanktsiyalar majburiyatning bajarilishini kechiktirish, biror ashyoni 
topshirish majburiyatini bajarmaslik uchun qo’llaniladi. 
Maxsus sankiyalarga misol qilib sotilgan ashyolarning sifati tegishli darajada bo’lmasligi uchun 
sotuvchining javobgarligini ko’rsatishi mumkin. 
Sanktsiya majburiyatlarda ishtirrok etuvchi va o’z zimmalaridagi majburiyatlarni bajarmagan 
taraf – kreditor va qarzdorga nisbatan qo’llaniladi. 
Majburiyatlarni buzganlik uchun qo’llaniladigan sanktsiyalar quyidagi guruhlarga bo’linishi 
mumkin: 

Yüklə 35,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin