Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya Reja Yaponiya iqtisodining «oltin davri»


Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar va demokratizatsiya jarayoni



Yüklə 51,09 Kb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü51,09 Kb.
#194527
1   2   3   4   5   6   7   8
JAHON

Ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar va demokratizatsiya jarayoni.
Bi­rinchi jahon urushidan oldin yapon monarxiyasining yetakchi nazariyotchilari Yaponiyaning o‘ziga hos tarixiy tajribasini, uning buyuk burchini asoslashga urindilar. Ulardan biri U. Xattorining fikricha, buyuk burchning asosiy vazifasi butun insoniyat uchun «yangi yagona madaniyat»ni yaratishdan iborat edi.
Yapon o‘ziga xosligini («kokutay») asoslashga uringan profes­sor T. Inoui qadimgi yapon axloqini Konfutsiy vasiyatlarining timsoli deb atadi. Tokio universitetining boshqa bir professori Ya. Xodzumi «oila - tabiiy davlat» konsepsiyasini ilgari surdi. U Yaponiyaning dunyodagi boshqa barcha mamlakatlardan farq qilishini asoslab, uning davlat tuzumidagi o‘ziga xoslikka e’tiborni qaratdi. Professorning fikricha, bu o‘ziga xoslik demokra­tiya g‘oyalariga berilgan xalqlar hukmdori bo‘lgan Yevropa monarxlaridan farqli ravishda Yaponiyada imperatorning oliy hokimiyati maxalliy an’analardan kelib chiqadi va «xalq ishonchi» bilan mustahkamlanadi.
Urush arafasida, 1912 yili imperator Meyszi vafot etdi. Bundan oldin butun Yaponiyani junbushga keltirgan voqea sodir bo‘ldi - 1911 yili imperatorga suiqasd qilindi. Xalq orasida bu imperatorning tez orada o‘lishidan dalolat, degan mish-mish tarqaldi. Yaponiyada yangi davr - imperator Tayse davri (1912- 1926) boshlandi.
Urush yillari Yaponiyada o‘ziga xos rejimning yanada mus- taxkamlanishi yuz berdi. Hokimiyat tizimlarida yetakchi rolni to‘rtta janubiy urug‘lardan (Sasuma, Tosa, Teeyu va Xidzen) chiqqan kishilar egalladi. Bu uru‘lar vakillari amaldorlar apparati, armiya va xarbiy dengiz korpusi zobitlari qatorini to‘ldirdi, Genro (oqsoqollar) kengashida va Maxfiy kengashda o‘rin egalla­di, ishbilarmon doiralar, xususiy sektor vakillari bilan ham yaqin aloqalar o‘rnatdi. Demokratiyani kengaytirish haqida gaq ham bo‘lishi mumkin emasdi, buning ustiga XIX asrda boshlan- gan «erkinlik va xalq xuquqlari uchun xarakat» an’analarga zid bo‘lganligi tufayli ommaviy tus olmadi.
Urushdan keyin yaponlarning irqiy ustunligi nazariyasini targ‘ib qilish kuchaydi. Bu nazariyaga muvofik, «Yamato oliy irqi» ideallari bilan qurollangan yaponlar Osiyo xalqlari oilasiga bosh bo‘ladi. G‘arb xalqlari «varvarlar» va osiyoliklarning madaniyati antipodlari deb e’lon qilindi. «Kokutay»ning ideologlaridan biri S. Uesugi 1919 yili «Yaponiya imperiyasining missiyasi bu­tun insoniyat sivilizatsiyasini qutqarish», deya ta’kidladi. 1920 yili yapon gazetalari «Yaponiya imperatorining hokimiyatini bu­tun dunyoga tatbiq qilish asosiy maksadimiz», deb yozishdi.
Bu vaqtga kelib Yaponiya hali Xitoyning okkupatsiya qilingan Shandun viloyatini va Rossiyada fuqarolar urushi paytida yaion qo‘shinlari kiritilgan sovet Uzoq Sharqini ozod qilish niyatida emasdi. Shunga qaramasdan, Birinchi jahon urushi tugashi bilan mamlakatda demokratik siyosiy rejim qayta tiklanishiga umid bor edi.
1919 yili saylovlarda qatnashish uchun mulkiy chegara pasaytirildi. Yaponiyada saylovchilar soni ikki barobar oshdi, ammo 56 mln aholining fakat 3 millioni saylash xuquqini oldi. Yapoiiyada Sovet Rossiyasidan qo‘shinlarni olib chiqish uchun xarakat bosh­landi. Yapon qo‘shinlari 1922 yili oktabrda Uzoq Sharqdan olib chiqildi, 1925 yil yanvarda SSSR bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
Urushdan keyin Yaponiya oldida siyosiy rejimni yanada de- mokratizatsiyalashni davom ettirish kerakmi yoki an’anaviy tizimlarni kuchaytirish lozimmi, degan og‘ir muammo paydo bo‘ldi. Liberal kayfiyatdagi ziyolilar orasida Tasukite Minobening «imperator - davlat organi» xaqidagi nazariyasi keng tarqaldi. Konstitutsion huquq bo‘yicha yetakchi mutaxassis T. Minobe urush arafasida «imperatorning iloxiy maqomini» inkor qilmagan holda, xukmdor o‘z xarakatlarida shaxsiy manfaatlaridan emas, millat manfaatlaridan kelib chikadi, deya ta’kidladi. 1920-yillari uning konsepsiyasi rasman tan olingan universitet darsliklariga kiritildi: Yaponiyada hukumat xalq tomonidan o‘z irodasini davlat irodasi sifatida ifoda etish uchun tuzilganligi ta’kidlana boshlandi.
Yaponiyada Sakudzo Yesinoning «mimponsyugi»ni demokratlash- tirish to‘g‘risidagi ta’limoti ham katta ro‘l o‘ynadi. Muallif tomonidan ixtiro qilingan mimponsyugi atamasi davlat umumiy farovonlik xaqida g‘amxo‘rlik qiladi, hukumat esa xalqning fikrini xisobga oladi, degan ma’noni anglatardi. 1916 yili e’lon qilingan makolasida S. Yosino demokratiyaning uchta asosiy prinsipini: inson xuquqlarining kafolatganligini, hokimiyatning bo‘linishini va ularning keng saylovlar orqali shakllantirilishini e’lon qildi. U imperatorning cheksiz xokimiyati xukumatning mas’uliyatsizligi va byurokratiyaning despotizmiga olib kelishini isbotlashga urindi. 1918 yil noyabrda Yosino konservativ pozi- siyada turgan «Roninkoy» jamiyati vakillari bilan bo‘lgan baxsda yutib chiqdi. 1920-yillari uning g‘oyalari keng tarqaldi va yapon jamiyatining rivojlanishiga arzigulik ta’sir ko‘rsatdi.
Ammo bu nazariyalar asosan yuqori qatlamning qarashlari bo‘­lib, ommaning ongini aks ettirmasdi. Ko‘pchilik yaponlar hamon im­peratorning «iloxiy kelib chiqishi» va imperator hokimiyatining shubxasiz obro‘siga ko‘r-ko‘rona ishonib kelardi. Xarbiylarning siyosatga ta’siri ham susaymadi - Maxfiy kengash, Genro kengashi hamon muhim qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatardi.
Shunday bo‘lsa-da, 1924 yili parlament uning oldida mas’ul xukumatni shakllantirish xuquqini oldi: partiyaviy asosdagi birinchi kabinet tuzildi. Minseyto partiyasi (bu partiya kayta ishlash sanoati magnatlari bilan yaqin aloqada edi) asosida tuzilgan hukumatni Kato boshqardi. 1925 yili umumiy saylov (30 yoshdan katta erkaklar uchun) xuquqi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu demokratiyaning muxim yutug‘i edi.
Yaponiyada birin-ketin siyosiy partiyalar paydo bo‘lib, o‘z pozi- siyasini mustaxkamlab bordi, partiyaviy kabinetlar konservativ kuchlarning bosimiga qarshi turishga intildi. Ammo har doim xam bunta erishilmadi: masalan, 1925 yili partiyalardagi tarqoqlik tufayli «Jamoat tartibini saqlash to‘g‘risida» qonunning qabul qilinishiga qarshilik ko‘rsatishning iloji bo‘lmadi. Bu qonunga binoan imperator tuzumiga qarshi g‘oyalarni tashviqot qilganlik yoki xarakat uchun emas, shunday maksadning o‘zi mavjudligi uchun ham jazolanadigan bo‘ldi. Qonunning 1-moddasida Konstitutsiya va xususiy mulkka tajovuz qilgan tashkilotda qatnashganlik uchun 5 yil qamoqdan o‘lim xukmigacha jazo ko‘zda tutildi.
1924 yildan 1932 yilgacha Yaponiyani parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar shakllantirgan xukumatlar boshqardi. Hatto yuqori palata a’zolari ham siyosiy partiyalarga qaramlik his qila boshladilar. Maxfiy kengash a’zolari avvalgiday amaldorlardan emas, olimlar, yuristlar, professorlar orasidan tayinlanadi. Demokratiyaga eski an’analarni buzish uchun vaqt kerak edi, ammo barqaror taraqqiyot uchun aynan vaqt yetishmadi.
1927 yilga kelib Yaponiyaning iqtisodiy axvoli keskin yomonlashdi; hukumatni boshqa partiya - Seyyukay boshqardi. U qayta ishlash sanoati bilan bog‘langan va tashqi siyosat soxasida ancha tajovuzkor kayfiyatda edi. Aynan shu hukumat davrida 1927 yili Xitoyga yapon ekspeditsion korpusi jo‘natildi. Bundan tashqari iqtisodiy axvol yomonlashgan sharoitda Seyyukay partiyasi hu­kumati konservator-radikal kuchlar bosimiga yetarli darajada qarshi tura olmadi.

Yüklə 51,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin