Birinchi olimpiada dasturiga kiritilgan suzish turlari haqida tushuncha bering? Suvda suzish


Erkin suzishda start oldi holati haqida tushuncha bering?



Yüklə 20,25 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü20,25 Kb.
#37949
1   2
1-topshiriq (3)

Erkin suzishda start oldi holati haqida tushuncha bering?

Suzish mashg'ulotlarida va musobaqa vaqtida suzuvchi maxsus start tumbochkasidan yoki suvdan 30-150 sm baland ko'prikchadan sakrab sho'ng'iydi. Start sakrashi ancha tez suzish imkoniyatini beradi. Suvning chuqurligi 2,5-3 metrdan kam bo'lmasa, yuqorida aytilgan balandlikdan sakrab o'rganish mumkin. Sayoz joyda sho'ng'ish juda xavflidir, chunki suv tagida urilib shikastlanib qolish mumkin. Start beruvchi xushtak chalib "qatnashchilar o'z joyiga o'tsinlar!" degan komandani bergandan keyin suzuvchilar start tumbochkalariga chiqib turadilar. "Tayyorlaning!" degan komanda berilgach, tumbochkalarning oldingi qismiga o'tib olish, oyoq barmoqlarini tumbochka qirrasiga tirab, tizzani bukib oldinga engashib turish kerak. Bayroqcha yoki start to'pponchasi bilan "Tashlangn!" komandasi berilgandan keyin qo'llarni tezgina oldinga uzatib, oyoqlar bilan taxtadan qattiq depsinib sakrash, gavdaning to'ppa-to'g'ri turishi, boshning oldinga cho'zilgan ikki qo'l orasida bo'lishi kerak. Suvga shunday borib tushish kerakki, gavda 50-80 sm chuqurlikda oldinga siljib borsin. Suv betiga chiqqan zahoti suza boshlang. Krol usulida suzganda suv ostidagi tezlik pasaygandan keyin suzuvchi oyoqlarini ishlata boshlaydi, nafas olish uchun boshni burgan tomondagi qo' lni ishlatmay, balki ikkinchi tomnidandagi qo'l bilan eshadi. Ayni shu vaqtda nafas chiqariladi. Suzuvchi suv ustiga qalqib chiqadi. So'ngra oyoq harakatini susaytirmay, suzuvchi suza boshlaydi. Birinchi qo'l suvga botirila boshlaganda ikkinchisi eshishning yarmiga etgan bo'ladi. Xuddi shu paytda nafas chiqarish tugatiladi, nafas olish uchun yon tomonga bosh buriladi, suzuvchi krol usulida suzadi. Start olish umuman suzish musobaqalarida katta axamiyatga ega. Buning uchun amalda 1.0 sekundgacha vaqt ketadi. Sportchilarning muvofaqqiyati ko'p jixatdan startni to'g'ri olishga bog'liq. Texnik jixatdan to'g'ri bajarilgan start suzuvchiga o'z gavdasini qulay holatga saqlash va masofa boshida zaruriy bo'lgan tezlikka erishishiga imkon beradi. Odatda, startning ikki turidan foydalaniladi: Supachadan start olish. Bu suzishning hamma usullarida qo'llaniladi. Suvda turib, basseyin devoridan depsanib, startlar olish. Bu aksariyat chalqancha yotib suzishda qo'llaniladi. Supachadan sakrab start olish. Dastlabki holat etarli darajada qulay va tez sakrash uchun zarur bo'lgan vaziyatni egallashdan iborat. Bu quyidagilarga bog'liq: Oyoq bo'g'imlaridan bukilish darjasiga gavdaning egilishi va qo'llar holatining tafovutiga: orqaga, yoniga, oldiga, 18 pastga uzatish. dastlabki holat sportchilarning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq. Eng qulayi bu tovonlar bir-biridan 15-20 sm oraliqda parallel joylashishi va panjalar bilan supachaning oldingi chetidan qisib turishidir. Oyoqlar tagiga bo'g'imdan taxminan 130-160 S burchak hosil qilib bukiladi. Son bilan tananing oldingi yuzasidagi oraligidagi burchak 40-60 S ga etguncha gavda oldinga egiladi. Qo'llar orqa yonga yo'naltiriladi, kaft orqa-yuqoriga qaratilgan bo'ladi. Suzuvchining og'irlik massasi start olish supachasining oldingi chetiga to'g'ri keladi. Tayyorgarlik harakati va debsinish. Start beruvchining komandasidan so'ng suzuvchi o'sha zahoti tezlik bilan debsinish kerak. Buning uchun oldin gavdani oldinga tashlab muvozanatdan chiqiladi, oyoq uchiga ko'tariladi, qo'llar orqaga-yonga siltinadi yoki oldindan orqaga aylantiriladi. Shu paytda og'iz orqali kuchli nafas olinadi. Shundan keyin gavdani oldinga tashlash bilan bir paytda oyoqlar tizza bo'g'imidan bukiladi, qo'llar deyarli to'g'ri holda yuqorigaoldinga siltinib harakat qilinadi. Debsinish. Start olishning eng muhim elementi hisoblanadi. Uchish tezligi va uzunligi shuningdek, suvga kirgandan so'ng suzishni boshlang'ich tezligi debsinishning kuchiga bog'liq bo'ladi. Debsinish kuchi esa ko'proq oyoqlar kuchi va yozilishi tezligiga bog'liq bo'ladi. Qo'llarning oldinga bo'ladigan harakati shunday aniqlik bilan bajarilishi kerakki, bunda harakat debsinish paytidagi oyoqlarning kuchini yana ham oshiradi. Havoda uchish. Supachadan oyoqlar uzilib suvga tushgunga qadar bo'lgan holatda havoda uchish deyiladi. Havoda uchish tezligi va uzoqligi ko'proq startdan chiqish paytidagi gavda holatiga, debsinish kuchi va uning yo'nalishiga bog'liq. Suv ichida start olish. Odatda chalqancha yotib suzish musobaqalarida suv ichida, ya'ni basseyn devoridan oyoqlar bilan debsinib start olinadi. Suvdan start olish texnikasi ham yuqoridagidek bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Dastlabki holat ogohlantiruvchi signaldan so'ng suzuvchilar suvga tushib ikkita qo'lda maxsus tutqichdan yoki supachaning old tomonidagi o'yiq joydan-kamgakdan tutib turadi. Debsinish. Suzishga komanda bergach, suzuvchi tutgichni siltab itarib yuboradi va qo'llarini yuqori ko'tarib orqaga bir oz ikki yonga harakatlantiradi va shu paytda boshini orqaga tashlab nafas oladi. Oyoqlarini hamma bo'g'imlaridan yozarkan, zarb bilan debsinadi. Suzuvchi qancha kuch bilan debsinsa, uning havoda uchishi, suvda sirpanishi shuncha olis bo'ladi, demak, u bu o'rinda yutadi. Havoda uchish. Suzuvchining havoda uchishi shartlidir. Chunki u suvdan butunlay ko'tarilmaydi: oyoqlar panjasi bilan boldiri suvda qoladi. Havoda ko'tarilish, ya'ni uchish burchagnini gavda bilan suv satxi oraligidagi burchak taxminan 15-20 Sni tashkil qiladi. Suzuvchi butun gavdasi bilan imkon boricha cho'zilib, boshini yana ham orqaga tashlab ortga bukilgandek bo'ladi, ko'kragining qorniga tutash qismi sal do'nglik hosil qiladi.
Yüklə 20,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin