Proceedings of Ingenious Global Thoughts An International Multidisciplinary Scientific Conference Hosted from San Jose, California
https://conferencepublication.com
November 29
th
, 2020
288 Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf darsliklarida sintaksis bo‘limiga oid mavzular, xususan ―Gap‖
mavzusi ham birinchi sinfdayoq o‘rganiladi.
Xususan, 1-sinfda sintaksis bo`limiga oid birgina ―Gap‖ mavzusi beriladi va ushbu mavzuni
o‘rganish uchun rejaga ko‘ra 8 sinf soati ajratiladi. Mazkur darslikda quyidagi qoidalar beriladi:
Gap so‗zlardan tuziladi. Gapning birinchi so‗zi bosh harf bilan boshlanadi.Xabar mazmunidagi
gapning oxi- riga nuqta (.) qo‗yiladi, so‗roq mazmunidagi gapning oxiriga so‗- roq bel gisi (?) qo‗yiladi, his-
hayajon mazmunidagi gapning oxiriga undov belgisi (!) qo‗yiladi. [3, 82-92]
Yuqoridagilardan anglashiladiki, o‘quvchilar birinchi sinfdayoq, gap haqida ilk tasavvurga ega
bo‘ladilar, har bir gap bir necha so‘zlardan iborat bo‘lishi va har doim bosh harf bilan yozilishi hamda uning
ifoda maqsadiga ko‘ra turlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
2-sinf Ona tili darsligida esa ―Sintaksis‖ bo`limiga oid 3 ta mavzu beriladi. Ular:
Gap va so`z;
Gap;
Gapning asosi. Gapda so`zlarning bog`lanishi.
Yuqoridagi mavzularni o‘rganish uchun esa 10 soat ajratiladi.
Darslikda, shuningdek, quyidagi qoidalar keltirib o‘tiladi:
Gapning birinchi so‗zi bosh harf bilan boshlanadi. Gapning oxiriga nuqta (.), so‗roq belgisi (?) yoki
undov belgisi (!) qo‗yiladi. Masalan: Biz anhorda cho‗mildik. Sen suzishni bilasanmi? Cho‗milish qanday
maza!
Gap tugallangan fikrni bildiradi. Gap so‗zlardan tuziladi. Gapning birinchi so‗zi bosh harf bilan
boshlanadi. Yaxshidan bog‗ qoladi.
Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, oxiriga nuqta qo‗yiladi.
Gap so‗rash mazmunini bildirsa, oxiriga so‗roq belgisi qo‗yiladi. Gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa,
oxiriga undov belgisi qo‗yiladi.
Gap kim (kimlar) yoki nima (nimalar)haqida aytiladi va ular haqida fikr bildiradi. (Kim?) Shifokor
bemorlarni (nima qiladi?) davolaydi. (Nima?) Oltin o‗tda (nima qiladi?) bilinadi.
Gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‗z bilan ular haqida nima deyilganini bildirgan
so‗z gapning asosiy mazmunini bildiradi. Bu — gapning asosi bo‗ladi.
So‗zlar mazmun jihatidan o‗zaro bog‗lanib, gap hosil qiladi. [4,
Yuqoridagilardan anglashiladiki, ikkinchi sinda o‘quvchilar quyi sinfda olgan bilimlarini yana-da
mustahkamlaydi. Xususan, 1-sinfda gap haqidagi ilk tushunchalar shakjllantiriladi, bundan tashqari gaplar
oxiriga qo`yiladigan tinish belgilari haqida ilk tushunchalar beriladi. Mashqlarda berilgan gaplar orqali
o‘quvchilarda gapning ega va kesimini topishga ko‘nikma hosil qilinadi. Mashqlarda asosan tinish
belgilarini qo`yilishi yoki qo`yilgan tinish belgilar nima uchun shunday qo`yilgani haqida tushunchalar
beriladi.
2-sinfda esa gap eng asosiy tushuncha sifatida beriladi. O‘quvchilar 1-sinfda olgan bilimlarni
mustahkamlaydilar. Bu jarayonda ng asosiy e`tibor gapning asosini topish va gap kim yoki nima haqida
aytilganiga e‘tibor qaratish hamda ularni tegishlicha belgilashga qaratilgandir.
Shuningdek, o`quvchilar 1-sinfda ―Gap‖ mavzusi orqali gaplarni ohang yordamida chegaralash va
gap oxiriga qo`yilishi kerak bo`lgan tinish belgilarini o`rgansalar, 2-sinfda shu manbalarga qo`shimcha
ravishda gapning asosi, gapda so`zlarning bog`lanishi va gapda kimlar? yoki nimalar? so`rog`iga javob
beruvchi so`zlarni va harakatni bildirgan so`zlarni savollar yordamida aniqlashni o`rganadilar. Bu orqali
oi‘quvchilarda gapning bosh bo‘laklarini kuzatish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq ifodalashga o'rganadilar,
ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi. Gapni o'rganish me‘yoriga qarab uning tarkibiy
qismlari, xususan, so'z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi. Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan
sintaktik material kam bo'lsa ham, butun o'quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap
ustida ishlab boriladi. Dasturga ko'ra, 1-sinfda o'quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi.
Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so'zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma‘lum tinish belgilari qo'yilishi
haqida amaliy ma‘lumotlar beriladi. 2-sinfda esa o'quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular
gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni ajratishga