Birja tarixi Birja bozor elementi sifatida


Birja bozor elementi sifatida



Yüklə 159 Kb.
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü159 Kb.
#159388
1   2   3   4
Birja haqida tushuncha

2. Birja bozor elementi sifatida
«Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami, birinchi navbatda, shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligiga bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q deb o‘ylayman.
O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kech dik»1.
Mamlakatimizda 1990–1991-yillardagi iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlar o‘ziga xos birja jarayoniga va birjalarning keyingi rivojlanishiga olib keldi. Real tovar bilan birja savdosi hozirda bozor kollapsini boshidan kechirmoqda. Bozorning rivojlanishi bilan birjalar o‘z rivojlanishida qator bosqichlarni bosib o‘tdi: dunyoga kelish, tez o‘sish, pasayish, birja faolligi, birjalarni qayta tashkil qilish. Ularni bozor iqtisodiyoti sharoitlarida hali ko‘p qiyinchiliklar kutib turibdi. Birja faoliyati bo‘yicha boy tajriba to‘plangan, birja kadrlari tayyorlangan, davlat qonunchiligi ishlab chiqilgan, birja ishi nazariyasi rivojlanmoqda. Bularning barchasi birja sohasida keyingi yangi sifat qadamlarini qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratilgan deb xulosa chiqarishga imkon beradi.
Bozor sifatida birja xo‘jaliklarning mikro va makro darajalarini, ya’ni erkin xo‘jalik faoliyati yurituvchi tadbirkorlarni ishlab chiqarish bilan bog‘laydi. Birja eng muhim bozor mexanizmlari: raqobat, talab, taklif, narx shakllanishini o‘zida mujassamlaydi. Narx shakllanishi mexanizmi vositasida birja xo‘jalik agentlarini bozor o‘zgarishlari, yangi sharoitlar va yangi tovar turlarining paydo bo‘lishi haqidagi axborot bilan uzluksiz ta’minlaydi.
Birja, bir tomondan, foyda olish maqsadida o‘z mahsulotlarini sotish uchun, boshqa tomondan, o‘z talabini qondirish uchun mustaqil xo‘jalik subyektlari uchrashadigan bozor elementi hisoblanadi (1-chizma). Birjada xaridor va sotuvchi bir-biri bilan bog‘liq emas. Oldi-sotdi jarayoni vositachilar (brokerlar, dilerlar, treyderlar) orqali amalga oshiriladi. Narx talab va taklifga bog‘liq bo‘ladi. Agar ishlab chiqaruvchi birjada sifati yaxshilangan yangi tovar taklif etadigan bo‘lsa, u oshirilgan narx qo‘yishga haqli. Iste’molchilarning bunga javobi ijobiy bolgan holatda ishlab chiqaruvchi tarmoq bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori foyda oladi. Bu boshqa tadbirkorlarni ishlab chiqarishni qayta yo‘naltirish va o‘zini yaxshi ko‘rsatgan tovar ishlab chiqarishga majbur qiladi.



1-chizma. Birjada mustaqil xo‘jalik subyektlarining o‘zaro munosabatlari.
Bunda tadbirkorlar xaridorlarni jalb qilish uchun uni arzonroq narxda taklif qiladi. Vaqt o‘tishi bilan ushbu mahsulot turining taklifi talabni oshiradi, bozor to‘yinadi, narx esa belgilangan o‘rtacha darajada barqarorlashadi. Agar yangi mahsulot turi ishlab chiqaruvchi birjada muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ya’ni uning tovariga talab bo‘lmasa, narx pasayadi va ushbu tovar partiyasi sotib bo‘lingunga qadar tushib boradi.
Talab va taklif muvozanatsizligi natijasida real tovar xaridorlari yoki sotuvchilari oldi-sotdiga tayyor bo‘lmaydilar.
Shunda talab va taklifni vositachilar vaqtinchalik qo‘llab-quvvatlaydilar, xejlash mexanizmi orqali riskni narxning keyingi pasayishi yoki o‘sishigacha pasaytiradilar va yetarli foydani ta’minlaydilar.

Yüklə 159 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin