I BOB. MAKTAB O’QUVCHILARI UCHUN TO’GARAK MASHG’ULOTLARINI TASHKILLASHTIRISH ASOSLARI 1.1.Informatika fanini o’qitish samaradorligini oshirish asoslari Informatika fanini o’rganish jarayonida taqdim etilayotgan ma’lumotlar talabalarning mustaqil ongini shakllantirishga imkon beradi. Informatika fanini o’qitish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan ishlarning bosh maqsadi – ta’lim muassasalarida talabalarga kerakli axborotni etkazib berish.. Oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan informatika fanini o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan maqsadning ijobiy natija berishi bu yo’lda bir qator pedagogik vazifalarning bajarilishini talab etadi. Bizning fikrimizcha, ular quyidagilardan iborat:
1. Oliy ta’lim muassasalarida informatika fanini o’qitishni davr talablari darajasida amalga oshirish imkonini beradigan ob’ektiv shart-sharoitlarning yaratilishi (informatika fanini o’qitish jarayonining zamonaviy o’quv jihozlari, texnika vositalari, o’quv-metodik adabiyotlar, fan dasturi, darslik, o’quv hamda metodik qo’llanmalar, shuningdek, ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlanishiga erishish).
2. Informatika fani o’qituvchilarining mustaqil bilim hamda pedagogik mahoratlarini oshirib borishlari uchun sharoit yaratish.
3. Informatika fani o’qituvchilariga zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasi mazmuni xususida ma’lumotlar berishga erishish.
4. Informatika fani o’qituvchilarida informatika fanini o’qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasidagi ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish.
5. O’qituvchilarda informatika fanini o’qitishni tashkil etishga nisbatan yangicha, texnologik yondashuvni rivojlantirish.
6. Oliy ta’lim muassasalarida erishilgan informatika fanini o’qitish samaradorligining mavjud darajasini tahlil etish.
Ta’lim muassasalarining etarli darajada o’quv moddiy-texnik bazasiga egaligi; informatika fanini o’qitish samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladigan monitoringning tashkil etilganligi kabilar.
Informatika fanini o’qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi eng maqbul shakl, metod hamda vositalar mavjud. Informatika fani o’qituvchilari tomonidan ma’ruza-munozara, seminar, davra suhbati, uchrashuv maqsadida uyushtirilgan musobaqa, amaliy faoliyat kabi mashg’ulot shakllari; og’zaki bayon qilish, ko’rgazmalilik, laboratoriya hamda amaliy mashg’ulotlar, muammoli vaziyatlarni hal etish, “Klaster”, “6x6x6”, “Aqliy hujum”, “Fikrlarning shiddatli hujumi”, “Qarorlar shajarasi”, “Kubik” kabi metodlar; o’quv-texnik vositalar – radio, televidenie, video-qurilma, kompyuter, slayd hamda nusxa ko’chiruvchi qurilmalar, shuningdek, informatika fani o’qituvchilarining bilimlarini boyitish, ularda mustaqil ta’limni tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni shakllantirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonida hayotiy voqea-hodisalardan misollar keltirish hamda h.k. Ushbu holatlar asosida quyidagi vazifalar bajariladi: informatika fani mashg’ulotlari maqsadini aniqlab olish; maqsad doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash; informatika fani mashg’ulotlari mazmunini ishlab chiqish; mazmunni to’laqonli yoritishga xizmat qiladigan shakl, metod hamda vositalarni aniqlash; talabalar tomonidan mavzu yoki o’quv materiali mohiyatining o’zlashtirilish darajasini belgilovchi nazoratni yo’lga qo’yish; talabalar tomonidan mavzu yoki o’quv materiali mohiyatining o’zlashtirganligini ifodalovchi natijalarni umumlashtirish, tahlil etish hamda xulosalash; informatika fani mashg’ulotlarining samaradorlik darajasini e’tirof etish asosida navbatdagi faoliyat yo’nalishini belgilab olish.
Endi pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashga oid “Ta’limda axborot texnologiyalari” mavzusidagi dars ishlanmasini ko’rib chiqaylik.
Mavzu: Ta’limda axborot texnologiyalari. Mashg’ulot bosqichlari hamda vaqt taqsimoti:
1-bosqich. Kirish – 5 daqiqa.
2-bosqich. Asosiy qism – 55 daqiqa.