Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 72,34 Kb.
səhifə1/30
tarix13.10.2022
ölçüsü72,34 Kb.
#65086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
pedagogika va psixologiya kafedrasi






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT MADANIYAT INSTITUTI “KASBIY PEDAGOGIK TA’LIM” FAKULTETI
“PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI


BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“BAHOLASH TIZIMI – O‘QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RAG’BATLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA”

Bajardi: 5140900 “Kasbiy ta’limi “ yo‘nalishi bitiruvchisi F. OBLAQULOVA


Ilmiy rahbar: p.f.n.dotsent Fozilov J.K. Kafedra mudiri: p.f.n. dotsent Qosimova Z.H.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi kafedraning 2012 yil ”2305” dagi “10” sonli yig’ilishida muhokamadan o‘tib himoyaga tavsiya etilgan.
Toshkent 2012

Mavzu: Baholash tizimi – o’quvchilarni intellektual rivojlantirishda rag’batlantiruvchi omil sifatida.

Reja:
Kirish


I- Bob. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazish va baholash mezonlari.

    1. Ta’lim tizimida o’quvchilarni bilimini o’zlashtirishini baholash jarayoni.

    2. Reyting tizimi va uning samaradorligi.

II - bob. Kichik maktab yoshida bahoga munosabat shakllanishining psixologik xususiyatlarini eksperimental tadqiq etish.

    1. Tadqiqot natijalari tahlili.

    2. Kichik maktab yoshida bilim olish va bahoga intilish motivlarining o‘zaro munosabati.

Xulosa.
Adabiyotlar ro’yxati. Ilovalar.

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Yoshlarni mustaqil bilim olishga o‘rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning bilimini aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi qanday taassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borishlari lozim. O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini royobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqazo etadi.
Ko‘pchilik mutaxassis olimlar o‘quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib keladi, deb hisoblashmoqdalar. Ma’lumki, faqat baho uchun o‘qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishi mumkin. Shunga ko‘ra bilimni tekshirishning boshqa usullarini topish hamda qo‘llash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Yüklə 72,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin