«Homo sapiens»- odamning yagonaligi, noyob ekanligi, boshqa jonzotlardan sifat jixatdan farq qilishini anglatadi. Olimlar odamning boshqa mavjudotlarning eng oliysidan ham oliy ekanligini ta’kidlaydilar. Rus olimi B.F.Porshnev o‘zining asarida odamning maymundan kelib chiqmaganligini isbot etgan. Ya’ni odam azaldan odam bo‘lgan, lekin u muayyan davrlarda xuddi hayvonlardek kun kechirgan. Ya’ni avtorning fikriga ko‘ra har bir turning buta sifat o‘z ildizi mavjud. Bir necha million yillar davomida shakllanib xozirgi xolatga kelgan.
Shunday bo‘lishi bilan birga inson individualligi psixologik jixatdan; birinchidan har bir kishining ichki dunyosi o‘ziga xosligi, qaytarilmasligi, yagonaligi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan inson ichki dunyosi yaxlitligi, tugallanganligi bilan ajralib turadi, ya’ni yaxshi, yomon, olim, noshud, ikkichi va xokozo.
Faylaso‘flar va psixologlar inson shaxsi ma’lum chegaralarga ega bo‘lgan bir mamlakatdir deb ta’kidlaydilar.
Umumiy psixologiyada deyarli hamma psixologik jarayonlar tilga olinadi, lekin inson, guruxlar, irqlar o‘rtasidagi tafovutlar xaqida so‘z yuritilmaydi. Xayotda esa odam bilan odam o‘rtasidagi farqlarning borligi ularning ruxiyatida ham farqlar mavjudligidan dalolat beradi. Insonda psixika bor, shaxs bor. Shaxs ijtimoiy borliq. Psixika esa odamning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatdir. Shaxs asosan ijtimoiy mazmun bilan sug‘orilgan. Inson bolasi ijtimoiy bo‘lmagan muhitda shaxsga aylanmaydi, lekin psixikaga egaligicha qolaveradi. Ammo shaxsning shakllanishida psixika asos bo‘lib xizmat qiladi. Psixik xususiyatlar asosan irsiy xisoblanadi. Demak, individuallikning shakllanishiga ham irsiy, ham ijtimoiy omillar ta’sir etadi.
Emotsional nuqtai nazardan olib qaralganda shaxs faoliyatida dastlab biologik motivlar ustunlik qilgan, filogenetik taraqqiyot jarayonida esa asta- sekinlik bilan psixologik xususiyatlar shakllangan. Ya’ni biologik extiyojlar ijtimoiy extiyojlarga aylanib boradi.
Ontogenezda individual tabiiy qonuniyatlar xayot jarayonida sekin – asta ijtimoiy psixologik motiv, extiyojlarga aylanadi, va nixoyat bola o‘zining ijtimoiy muhitida shakllanadi va shu muhit maxsuliga ega bo‘ladi.
Individual farqlar muammosiga birinchi ilmiy yondoshuvga nazar solsak, individuallik «Men» tushunchasining paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. «Men» tasavvurining paydo bo‘lishi odamlar o‘rtasida tafovutlarning paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Masalan: ibtidoiy odamlar o‘zining kuchi bilan boshqalardan farq qilishini xis etgan va buni boshqalarga tan oldirishga harakat qilgan. Bugungi kunda kishining o‘z-o‘zini anglashi, «Men» ni bilishi davr talabi. O‘zligini bilgan kishigina xayotda doim oldinda, muvaffaqiyatga erishib boradi. O‘zligini anglagan odam o‘ziga qiyoslab boshqalarga baxo bera oladi.
Odamlarga nom qo‘yish «shamol», «tosh» individual farqlardan kelib chiqqan, ya’ni shamoldek kuchli, toshdek mustaxkam va xokozo. Frensis Galton «Irsiy daxo» nomli asarini 1969 yilda chop ettirgan va shundan keyin Londonda individual farqlarni o‘rganadigan laboratoriyani tashkil etgan.
F.Galton ko‘zning o‘tkirligi, harakatlar tezligi va zexnni o‘lchaydigan testlar yaratgan va taxlil qilgan. U juda ko‘plab tajribalar o‘tkazib, ma’lumotlar to'plagan va ularni qiyoslab odamlarning ba’zilari aqlan zaif bo‘lishi, ba’zilari aksincha aqlan o‘tkir bo‘lishini, ayrim kishilar ko‘zining o‘tkirligi, yoki asab tizimining kuchliligi bilan farq qilishini aniqlagan.
Emil Krepilin odamlarni farqlovchi xususiyatlarni 3 ga ajratgan; zexn, asab, ko‘z o‘tkirligi.