Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi


-rasm. Linter batareyalaridan chigitni olib ketadigan



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə11/29
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#169389
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bitiruv-malakaviy ishiga tushuntiruv yozuvi

3-rasm. Linter batareyalaridan chigitni olib ketadigan vintli konveyer sxemasi. 1 - metall tarnov; 2 - vint; 3,4 - podshipniklar; 5 - elektr yuritma; 6 - reduktor; 7 - nov.
2.5.5. ES-14 markali kovshli elevator.
ES-14 markali kovshli elevator chigitni veritkal yo’nalishda tashishda ishlatiladi. 4-rasmda sanoatda keng qo’llaniladigan ES-14 kovshli elevator sxemasi keltirilgan.
Elevatorning asosiy ish organi tasma 1 bo’lib, unga shaxmat tartibida ikki qator kovsh maxkamlanadi. Tasma diametri 500 mm li yuqorigi yetakchi 3 va pastki taranglovchi 4 barabanlarga kiygizilgan. Elevator g’ilofi yuqorigi kallak 5, qutilar 6 va pastki boshmoq 7 dan iborat. Yetakchi baraban harakatni elektromotor 8 dan kontryuritma 9 va bir juft tishli g’ildiraklar 10 orqali oladi.



4-rasm. ES-14 markali chigit elevatori:
1- boshmoq; 2-quvur; 3- kallak; 4- elektr yuritma; 5- cho’mich;
6- tasma; 7- taranglash moslamasi; 8,9- kallak.


Tasma tezligi 1,5 m/sek atrofida bo’lib, tasmaning kengligi 350 mm bo’ladi. Elevatorning ish unumi, talab etiladigan quvvati chigitli paxta uchun qo’llaniladigan EX-15 markali elevatorga o’xshab topiladi. Cho’michli elevatorning ish unumi 14 t/soatgacha bo’lishi mumkin. Talab qilinadigan quvvat elevatorning balandligiga bog’liqdir. Har bir kovsh hajmi 2,5 l ni tashkil etib, uning to’lish koeffitsienti chigit uchun , tozalagichlar chiqindisi uchun ga teng qilib olinadi. Tasmaning har bir metr masofasiga 7 ta cho’mich joylashtiriladi. Paxta tozalash zavodlarining ba’zi uchastkalarida changlar va boshqa shunga o’xshash materiallarni tashishda ELG va ELM markali cho’nqir va tekis kovshli elevatorlar ham qo’llaniladi.


2.6. CHIGITLI PAXTA TAYYORLASH PUNKTLARI VA PAXTA TOZALASH ZAVODLARIDA CHIGITLI PAXTANI TASHISH VOSITALARI.
2.6.1. Chigitli paxtani tashish vositalari.
Paxta etishtiradigan xo’jaliklardan paxta tayyorlov punktlariga qop-qanorsiz 2PTS-4-793 va 2PTS-4-793A-01 turlaridagi trak­tor tirkamasida etkazib beriladi. Paxta tayyorlov punktlaridan paxta zavodlarga asosan TMZ-879 va TMZ-879-01 rusumli avtopoezdlarda, shuningdek, traktor shataklarida tashiladi.
Texnik chigit yog’-moy zavodlariga qop-qanorsiz: 50 va 60 t yuk ko’taradigan 106 va 120 m3 sig’imli yuk ortiladigan usti yopiq temiryul vagonlarida, shuningdek, avtomobil transportida qo’shimcha TMZ-879 rusumli avtopoezdlarda va favquloddagi hollarda 2PTS-4-793, 2PTS-4-794A-01, 2PTS-4-793A-03 turlaridagi traktor sha­taklarida tashiladi.
Paxta tozalash va yog’-moy zavodlari yonma-yon joylashsa, chigit uzluksiz transport vositalarida, asosan, vintli konveyerlarda tashiladi.
Qoplarga joylashtirilgan urug’lik chigit paxta tozalash zavodlaridan tayyorlov punktlariga avtomobil transportida keltiriladi. Paxta tolasi, momiq va tolali chiqindilarning toylari usti berk temiryul vagonlarida tashiladi. Kirish uchun temiryullari bo’lmagan paxta tozalash zavodlaridan jo’natish bekatigacha, ayrim hollarda esa belgilangan joygacha toylar avtotransport bilan tashiladi.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin