63
8 – ilova
CHET TILLARDA H
IMOYA QILISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH BO’YICHA
TAVSIYANOMA
Chet tillarda himoya qilish uchun taqdim etiladigan bitiruv malakaviy ish
bir
qancha talablarga javob berishi lozim.
1. Ximoyada quyidagilar namoyish etiladi:
a) bitiruv malakaviy ishning to’liq matni chet tilida (talabaning
tanlovi
bo’yicha) mazkur «Metodik tavsiyanoma» talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi;
b) bitiruv malakaviy ishning rus tilidagi referati keltirilgan me`yorning 50 %
hajmidan oshmagan holda talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi (rus tilidagi bitiruv
malakaviy ishning talablariga monand);
v) bitiruv malakaviy ishning rus tilidagi to’liq matni himoya jarayonida
ma`ruza qilishdan oldin Davlat attestatsiya komissiyasining har bir a`zosiga
taqdim
etiladi;
g) bitiruv malakaviy ishning himoyasida ko’rgazmali vosita sifatida
keltirilgan illyustrativ materiallar (rus va chet tillardagi rasm, jadvallar) kuzatiladi;
d) DAK oldida bitiruv malakaviy ishning himoyasi
chet tillar kafedrasi
a`zolari ishtirokida chet tilida o’tkaziladi.
2. Chet tilidagi bitiruv malakaviy ishning mazmuni va rasmiylashtirilishiga
qo’yiladigan talablar to’liq hajmda mazkur metodik tavsiyanomada bayon etilgan.
Referatda olib borilgan tadqiqot natijalari, muallif tomonidan ishlab
chiqilgan
tavsiya va takliflar, tadqiqotning ayrim natijalari singari yakunlovchi
xulosalar,
shuningdek, bitiruv malakaviy ish zahirasini
tuldiruvchi tashkilotda
aprobatsiyadan o’tkazilib tavsiya etilgan natijalarni tasdiqlovchi ma`lumotlar
ifodalanishi lozim. Referatda asosiy illyustrativ va raqamli materiallar keltiriladi.
3.
Chet tilida himoyaga taqdim etiladigan bitiruv malakaviy ishga
institutning tayanch kafedralaridan biri tomonidan belgilangan asosiy ilmiy rahbar
64
hamda chet tili kafedrasidan havola qilingan maslahatchi-o’qituvchilarga rahbarlik
topshiriladi.
4.
Chet tilidagi bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida talaba
bitiruv
malakaviy ish mavuzi, qaysi tilda yozilishi va ishning tayyorlanishini
nazoratga oluvchi ilmiy-maslahatchini, shuningdek, DAK yigilishida ishtirok
etishini ko’rsatgan holda mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudiri nomiga ariza
beradi.
5.
Bitiruv malakaviy ishning dastlabki ximoyasida (DAK
yigilishi
boshlanishidan 2-3 xafta oldin) talaba rus tilida loyihalashtiriladigan bitiruv
malakaviy ishning barcha asosiy materiallari (referat) va ishning chet tilidagi to’liq
matnini namoyish etadi. Dastlabki himoya ish tayyorgarligi uchun muhim jarayon
hisoblanadi va u mutaxassis chiqaruvchi kafedrada rus tilida o’tkaziladi.
6. Chet tilida himoyaga taqdim etiladigan bitiruv malakaviy ishni sifatli
tayyorlash maqsadida bitiruv malakaviy ishda loyihalashtirilgan
topshiriqlar
mutaxassis chiqaruvchi kafedraning ilmiy rahbari, chet tili kafedrasi maslaxatchi-
ukituvchisi bilan kelishilgan bo’lishi, zaruriy hollarda esa tayanch kafedrasi mudiri
tomonidan tasdiqlanishi lozim
7. Talab darajasida bajarilmagan bitiruv malakaviy
ishlarni mutaxassis
chiqaruvchi kafedra himoya qilishga ruxsat bermasligi mumkin.