52
o'sishini ta'minlash maqsadini ko'zlaydi. Shunday qilib, yaqin yilardagi sug'urta
bozori rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Sug'urta faoliyati huquqiy bazasini tizimli ravishda rivojlantirish,
shuningdek, respublika eksport salohiyatini rag'batlantirish uchun sug'urta
imkoniyatlaridan kengroq foydalanish imkoniyatlarini beruvchi eksport sug'urta
mexanizmini yo'lga qo'yish hamda iqtisodiyotning bank va sug'urta sektorlarini
integratsiyalashdan iborat. Bu jarayon iste'molchilarga taklif etilayotgan moliyaviy
xizmatlarni
umumlashtiribgina qolmay,
balki
sektorlarning
rivojlanishiga
qo'shimcha turtki bera oladi.
2. Ustav kapitali minimal hajmi talablarini bosqichma-bosqich oshirish yo'li
bilan sug'urta kompaniyalarining rivojlanishi, xalqaro norma va standartlarga
asoslangan faoliyat samaradorligi, ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmat
sohalarining kengaytirilishi, shuningdek, yangi sug'urta mahsulotlari va savdo
kanallarining joriy etilishi.
3. Qishloq aholisi hayoti va tibbiy sug'urtalash kabi muhim yo'nalishlarining
qishloq
joylarga
kirib
borishini
ta'minlash
O'zbekistonda
sug'urtani
rivojlantirishning asosiy yo'nalishidir.
4. Sug'urta bozori mutaxassislari ishtiroki, ya'ni adjaster, assistans, syurveyer,
aktuariy va sug'urtalash xizmatining boshqa vositachilari ishtirokida sug'urta
faoliyatini kengaytirish yo'li bilan sug'urta bozori infrastrukturasi
institutlarini
yanada mustahkamlash.
Shuningdek, hisobotda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi sug'urta nazorati Davlat inspeksiyasi oldiga qo'yilgan
vazifalarni bekamu-ko'st bajarish taraqqiy topgan, zamonaviy, shaffof va
raqobatbardosh sug'urta bozorining shakllanishiga hamda mamlakat aholisining
sug'urta madaniyatini oshirish va barqaror o'sishiga kafolatli xizmat qiladi.
Sug’urta bozorini rivojlantirish va uni yanada
takomillashtirish borasida
ko’plab chora-tadbirlar ko’rilishiga qaramay, sug’urta va sug’urta xizmatlari hali
hamon aholi keng qatlamlariga chuqur kirib borolmayotgani va iqtisodiyotda
53
yetarlicha o’z o’rniga ega emasligi barchamizga sir emas. Bugungi kunda bozor
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni o’sishida sug’urta tizimining o’rni va roli
beqiyos. Shu nuqtai nazardan sug’urta bozorini rivojlantirish aholi,
tadbirkor va
ishbilarmonlar uchun turli xildagi xizmat turlarini joriy etish va ularni sodir bo’lish
ehtimol bo’lgan zarar va baxtsiz hodisalardan himoyasini ta’minlash bugungi
kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Yuqoridagi tahlil natijalari va
sug’urta bozorini rivojlantirishga to’siq bo’layotgan muammolarni o’ganib chiqib,
quyidagi taklif va mulohazalarni amalda joriy etish orqali yuqori natijalarga erishish
mumkin:
-sug’urta faoliyatida marketing xizmatidan samarali foydalanish xususan, eng
yaxshi reklamani yo’lga qo’yish, servis xizmatlaridan foydalanish, mijozlar bilan
ishlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish , mijozlarga xizmat ko’rsatishni eng
qulay va samarali usullarini yo’lga qo’yish;
- sug’urta faoliyati davomida sug’urta davolarini
sifatli va tezkor bartaraf
etishga alohida etibor qaratish, sug’urta davolarini bartaraf etish bo’yicha maxsus
bo’limlar tashkil etish;
-sug’urta madaniyatini oshirish maqsadida konferinsiyalar o’tkazish, mijozlar
qiziqishini oshirishga xizmat qiluvchi strategik rejalar tuzish va joriy qilish;
-sug’urta bozorini takomillashtirishda jahon tajribasidan foydalanish.
Yuqorida ko’rsatilgan chora-tadbirlarni amalda joriy etish sug’urta
bozorini
rivojlanirishga imkoniyat yaratadi va mamlakat iqtisodiyoti sug’urta bozorini o’rni
va rolini kuchaytiradi deb aytishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: