Bizlar kichik askarlar



Yüklə 309,32 Kb.
səhifə14/33
tarix07.01.2024
ölçüsü309,32 Kb.
#209627
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
14 yanvar Vatan himoyachilar kuni ssenariylar

Harbiy askar: - Davlatimiz tomonidan muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan askarlarga ko’pgina imtiyozlar berilgan. Jumladan, namunali xulqi, intellektual salohiyatli, astoydil xizmati bilan boshqalarga o’rnak bo’lgan askarlarga oliy o’quv yurtlariga kirishlari uchun tavsiyanomalar berildi.

Bunda ular oliy ta’lim muassalariga kirish uchun yig’iladigan maksimal ballning 25 foizi, ya’ni 56,7 balliga imtiyozli ravishda ega bo’ladilar. Bu esa yurtboshimiz tomonidan biz askarlarga ko’rsatilayotgan yuksak e’tibor va g’amxo’rlik samarasidir. Bularning barchasi biz yoshlarni ona Vatanimizni asrab-avaylashga, uning shuhratini yanada yuksaltirish yo’lida o’qib-izlanishga va hayotda o’z munosib o’rnimizni topishga undaydi. Men bundan faxrlanaman.


O’quvchilar harbiy askarga guldastalar in’om qiladilar.
Ustoz: Har bir askar xizmatni Vatanga qasamyod qilishdan boshlaydi va bunga umrbod amal qiladi.
Sahna pardasi ochiladi. Sahna to’rining markazida harbiy xizmatga chaqirilgan askar tik turgan davlat bayro’g’i oldida qasamyod qilayotgan holda, uning yonida askarning onasi poklik va tinchlik ramzi bo’lgan oq libosda Vatan himoyasiga otlangan o’g’longa duoga qo’lini ochib, oq fotiha berayotgan holda turishibdi. Ayni shu pallada ikki o’quvchi qo’lida guldasta bilan sahnaning ikki chekkasida turib she’r o’qiydi.
O’quvchilar qo’llaridagi guldastalarni onaga va harbiy askarga taqdim etadilar.
Xurshid Davron so’zi, Mustafo Bafoyev musiqasi ostida yaratilgan “Elim deb, yurtim deb yashagin bolam” qo’shig’ini ona siymmosida bir o’quvchi qiz musiqa jo’rligida ijro etadi.
Ustoz: - Sahnaga harbiylar sulolasi vakillarini taklif qilamiz, marhamat!
Ota va o’g’ilcha harbiy kiyimda, mardonovor shaxdam qadam tashlab sahnaga chiqib kelishadi.
O’quvchilar ota va o’g’ilga guldastalar taqdim etishdi.
Sahnaga o’g’il bolalar harbiy kiyimda chiqib, Safar Barnoyev so’zi, Sayfi Jalil musiqasi asosida yaratilgan “Yosh askarlar” qo’shig’ini musiqa jo’rligida ijro etadilar.
1-suxandon: - Ko’pchilik harbiy bo’lishni orzu qiladi. Ular, albatta, jismonan chiniqqan, baquvvat bo’lishlari shart. Buning uchun yigitlar yoshlikdan sport bilan shug’ullanishlari lozim.
Sahnaga musiqa sadosida turli musobaqalarda g’olib bo’lgan yosh sportchilar chiqib, o’zlari shug’ullanayotgan sport turiga oid mashqlardan ko’rsatadilar.
2-suxandon: - Shuningdek, ular chiroyli husnixatga ega va savodli bo’lishlari kerak.
Sahnaga bir necha o’g’il bolalar taklif etilib, ular oldindan tayyorlab qo’yilgan joylarga o’tirishadi. Besh daqiqa vaqt ichida ular chiroyli va mazmunli qilib o’z yaqinlaridan biriga xat yozadilar. Yozilgan maktublar yig’ib olinib, hakamlar
hay’ati tomonidan tekshirilib, g’oliblar rag’batlantiriladi.
1-suxandon: - Bo’lajak harbiylar chaqqon, tezkor ham bo’lmoqlari darkor.
Sahnaga bir necha o’g’il bolalar taklif etilib, ularga galstuk beriladi. Kimda kim yigirma soniyada ko’zguga qarab bo’yniga galstukni taqa olsa, g’olib bo’ladi.
2-suxandon: - Albatta ular ilmli, bilimdon va hozirjavob bo’lishlari zarur.
Sahnaga bir necha o’g’il bolalar taklif etiladi. O’qituvchi har bir o’quvchiga navbatma navbat savol beradi. O’quvchlar o’sha onda javob berishlari kerak. Javob bera olmasa tomoshabinlardan yoki yonidagi o’rtog’idan biri javob berishi mumkin.

Yüklə 309,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin