II boshlovchi: Assalom, davrimiz olov yoshlari,
Buyuk kelajakning ijodkorlari!
Assalom, ertaning yaratguvchisi,
Yurtimiz shavkati, nomusi, ori!
I boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli o’qituvchilar va jamiyki davra ahli!
Bugun maktabimizda katta tantana,Mustqil O’zbekistonimiz vatan himoyachilarining, jasur va mard askarlarining bayramlari.
II boshlovchi: Vatan himoyachilari davlatimiz xavfsizligi va xalqimizning tinch hayotini ta’minlaydilar. Yurt tinchligivatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog’liqdir.
Bayramingiz muborak bo`lsin,aziz harbiylar!
(Bir guruh harbiy kiyimdagi o’g’il bolalar shaxdam qadamlar bilan “Harbiylar qo’shig’i”ni kuylab,sahnaga kirib keladilar).
Elim deb, yurtim deb yashar harbiylar,
Gayrati Amuday jo’shar harbiylar.
Ona yurt - Turonda tinchlik yo’lida
Insoniy burchini o’tar harbiylar!
Naqorat: Ey,dunyo nazari tushgan hur o’lka,
Sen bilan biz doim elkama-elka.
Yo’lboshching yonida kamarbastamiz,
Metinday mustahkam po’lat safdamiz.
Ahdimiz oqlshga burchli, haqlimiz,
Osuda, tinch yasha, ey yurt, xalqimiz!
Osmon-u falakda, hushyor harbiylar!
Sarhadda, izmida hushyor harbiylar!
Yomon ko’z, yovlardan elni asrshga
Kecha-yu kunduzi tayyor harbiylar!
Naqorat Elim deb, yurtim deb yashar harbiylar,
Qudrati kundan – kun oshar harbiylar!
Adolat, Halollik, Tinchlik shiori,
Insoniy burchini o’tar harbiylar!
I -o’quvchi: Salom, sizga, eng oily kalom,
O’zbekiston mard posbonlari!
Sizga ta’zim, sizga ehtirom,
Ey bahodir, pahlavonlari!
2 – o’quvchi: O’z izmida hushyor hamisha
Ezgu ishga safarbar sherlar!
Eyr –u osmon, tog’, davon osha
Mard –u maydon muzaffar erlar!
3 – o’quvchi: Yurtimning biz - jasur o’g’lonlarimiz,
Elimiz tinchligin posbonlarimiz,
Sergakmiz, hushyormiz kecha –yu kunduz,
Haq – u adolatning qalqonlarimiz.
4 – o’quvchi: Istiqlol mayog’i porlagay abad,
Erkimiz tug’idan nurafshon hayot.
Bunyodkor, mehnatkash ona xalqimiz,
Otalar g’ururi bizga qo’sh qanot.
5 – o’quvchi: Tog’ qadar yuksalsin shon – shavkatimiz,
Dovul yo’lin to’sgay kuch – qudratimiz.
Baxt –u farovonlik tutgan yo’limiz,
Jahonda omonlik shul ibratimiz.
6 – o’quvchi: Biz,buyuk Turonning mard o’g’lonlari,
Hamisha adolat, haq qalqonlari.
Ona vatan uchun xizmatga shaymiz,
Yashnasin, gullasin yurt qo’rg’onlari!