Toshkent – 2021 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari O‘quv metodik birlashmasining 2021 yil 20 avgustdagi 3 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
A.Eliboev
Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi, maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
A.Karimov
Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi.
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish
Ajratilgan soat
100
Mavzular soni
21
Dasturning maqsadi
“Shaxsiy kompyuterlar arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish”– fanining maqsadi bu – shaxsiy kompyuter butlovchilari bilan tanishish, ularning asosiy ko‘rsatkichlari, zamonaviy turlari va farqlarini ajrata bilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, PKni yig‘ish, eski va zamonaviy kompyuterlarni modernizatsiya qilish, PK butlovchilarini tanlash, xarakatlarini ma’lum qonun-qoida asosida mahorat va ma’lum amaliy malakalar yig‘ishni ta’minlashdir.
Fanni o‘rganish natijasida O‘quvchilar shaxsiy kompyuterni ichki va tashqi qurilmalarni bilishi, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishi, foydalanish tartibini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishini tashkil etishlari lozim.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
kompyuter butlovchilarini maqsad va vazifalarini bilish;
tizimli plata tushunchasi va turlarini aniqlashni;
shaxsiy kompyuter komponentlarini bilish.
Qattiq disk tushunchasi, turlari, xarakteristikalari. 5. Videoadapter interfeysini bilish
PK profilaktikasini bilish.
PK nosozliklarini aniqlash va bartaraf qilishni bilish
PKni modernizatsiya qilish
BIOS bilan ishalsh standart kompyuter tizimini konfiguratsiyasi, asosiy ishchi momentlar va kalit nuqtalar;
Bilimlar
kompyuter texnikasi uchun asboblarni tanlash;
tizimli plata, qurilma, sozlash va o‘rnatish;
OXQ ko‘rinishlari. Qattiq diskning texnik xarakteristikalari;
Videoadapter interfeysi: PCI Yexpress shinasi;
Televizion tyunerlar. Monitorlar;
Videoproektor tiplari, ulash va sozlash;
Nostandart sovutish tizimlari;
Kompyuterning tashqi portlari;
PK profilaktikasi. Profilaktika uchun kerakli asboblar;
Tizimli blok va kuller profilaktikasi;
PK nosozliklari asoslari, nosozliklarni aniqlash;
Butlovchilarni ta’mirlash;
PK modernizatsiyalash asoslari;
Texnik modernizatsiya haqida;
BIOSni sozlash;
Yig‘ish bo‘yicha ishchi qadamlar, standart kompyuter tizimini konfiguratsiyasi, asosiy ishchi momentlar va kalit nuqtalar
Ko‘nikmalar
- turli ketma-ketlikda PK yig‘ish;
PK butlovchilarini tanlash;
PKga profilaktika qilish, kulerni tozalash va yog‘lash;
PKni modernizatsiya qilish;
BIOS ni to‘g‘rilash;
BIOS ni yangilash;
POST-card va multitesterdan foydalanish;
Kompyuter texnikasi asboblaridan foydalanish;
PK tashqi qurilmalarini ulash;
Videoproektorni sozlash va o‘rnatish;
Qattiq diskni o‘rnatish va uning konfiguratsiyasini ishlab chiqish;