O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BOSHLANGICH PROFESSIONAL TA’LIMNING 3.52.01.04 - Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kasbi bo‘yicha
“Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish”
O‘quv amaliyoti fanidan O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
Axborot vositalari mashinalari kompyuter tarmoqlari operatori
va
O‘quv rejadagi tartib raqami:
3.06
Ajratilgan soat:
270
Toshkent – 2021 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari O‘quv metodik birlashmasining 2021 yil 20 avgustdagi 3 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, axborot texno-logiyalari kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi.
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish
Ajratilgan soat
270
Mavzular soni
26
Dasturning maqsadi
“Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish” – O‘quv amaliyotining maqsadi bu – shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalari bilan tanishish, ularning asosiy ko‘rsatkichlari, zamonaviy turlari va farqlarini ajrata bilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish zaruriyati, xarakatlarini ma’lum qonun-qoida asosida mahorat va ma’lum amaliy malakalar yig‘ishni ta’minlashdir.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Kompyuter texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish asbob
uskunalarni to‘gri tanlash va ishlatishni bilishi
Qurilmalarni ulashni bilishi
ShK uzluksiz elektr taminoti bilan taminlash, qurilmalarni ulashni bilishi
Tizimli plataga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni almashtirishni bilishi
Mikroprotsessor va sovutish qurilmasini tanlash va o‘rnatishni bilishi
Qattiq magnitli disk bilan ishlash, formatlash va bolimlarga bo‘lishni bilishi
Multimedia qurilmalarini ulashni bilishi
Videoproektor qurilmasi lampasini almashtirish va uni qo‘llashni
Kompyuter qurilmalariga drayverlarini o‘rnatishni bilishi
Internet tarmog‘idan mos drayverlarni izlab topishni bilishi
Optik disk yurutuvchilarga texnik xizmat ko‘rsatishni bilishi
Antivirus dasturlarini o‘rnatish va viruslardan tozalashni bilishi
ShK va uni qurilmalarini himoya kodlaridan chiqarishni bilishi
Testlash dasturlari va qurilmalaridan foydalanishni bilishi
POST testerni qo‘llashni bilishi
Tezkor xotira va qattiq magnitli disklarni testlashni bilishi
ShK tavsifini aniqlashni bilishi
Foto printerlarni o‘rnatish, sozlashni bilishi
Lazerli printer kartiriji elementlarini almashtirishni bilishi
Faks qurilmasini o‘rnatish va sozlashni bilishi
Xar hil video apparaturalarni (proektor, video aloqa jixozlari) o‘rnatish va sozlashni bilishi
Shrederlar, laminator, muqovalovchi (pereplyot) bilan ishlashni bilishi