Biznes boshqaruv asoslari


Moliyaviy rejalashtirishning turlari



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/168
tarix07.01.2024
ölçüsü8,69 Kb.
#209592
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

 
2.Moliyaviy rejalashtirishning turlari. 
Moliyaviy rejaning 2 asosiy turi mavjud
bulib ular 
qisqa va uzoq muddatli moliyaviy 
reja 
hisoblanadi. Qisqa muddatli moliyaviy rejaning maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai 
nazaridan korxonaning kengayish sur’atini aniqlash hisoblanadi. Uzoq muddatli moliyaviy 
rejaning maqsadi korxonaning doimiy to’lov qobiliyatini ta’minlash hisoblanadi. 
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi bosqichlari ajratiladi: 
A) korxonalarning moliyaviy holati tahlil qilinadi; 
B) taqvimiy smeta va budjet tuziladi; 
V) korxonaning kelgusida moliyaviy resurslarga umumiy ehtiyoji aniqlanadi; 
G) moliyalashtirish manbalarining strukturalari bashorat qilinadi; 


D) nazorat va boshqarishning muvofiq keluvchi tiimi tuziladi; 
E) rejaga o’zgartirishlar kiritish tartiblari ishlab chiqiladi. 
Amaliyot nuqtai nazaridan moliyaviy rejaning bir qancha quyidagi variantlari tavsiya qilinadi: 
optimistik, yuqori ehtimollikdagi rejalar, pessimistik .
Umumiy ko’rinishda moliyaviy reja quyidagi mazmundagi hujjatlarni o’z ichiga oladi: 
1. Investitsion siyosat: asosiy fondlarni moliyalashtirish siyosati, nomoddiy aktivlarni 
moliyalashtirish siyosati, uzoq muddatli qo’yilmalarga nisbatan siyosat. 
2. Aylanma kapitalni boshqarish: pul mablag’lar va unga tenglashtirilgan mablag’larni 
boshqarish,ishlab chiqarish zaxiralarini boshqarish,kontragentlarga nisbatan siyosat va debitorlik 
qarzlarini boshqarish. 
3. Divident siyosati va moliyaviy resurslar manbalari strukturasi. 
4. Moliyaviy prognozlashtirish: moliyaviy shartlarning tavsifi, korxonalar daromadi va 
xarajati, moliyaviy hisobotlar prognozlari, pul mablag’lari budjeti, kapitalga umumiy ehtiyoj, 
tashqi moliyalashtirishga ehtiyoj. 
5. Hisob siyosati. 
6. Moliyaviy nazorat tizimlari. 

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin