Biznes boshqaruvi va statistika



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/12
tarix19.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#117810
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
HISOBOT


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
BIZNES BOSHQARUVI VA STATISTIKA” KAFEDRASI
Ro’yxatga olindi №____ Ro’yxatga olindi №____
___”__________2023y. “___”__________2023y.


Malakaviy amaliyot bo’yicha
Hisobot
_________________________________________________________________
(amaliyot o’talgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt nomi)

Hisobotni tayyorladi_________________________________________


(kurs, guruh, f.i.sh.)

Amaliyot rahbari: __________________________________________________________________


(F.I.Sh., lavozim)

Komissiya a’zolari: _________________________________________________


_________________________________________________
_________________________________________________
Himoya natijasi: “_____”ball “_____”___________2023y.

Termiz 2023


Reja:
Kirish
1. ATIB “Ipotekabank” bankining tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslari.
2. ATIB “Ipotekabank” banki faoliyatining tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’rganish.
3. ATIB “Ipotekabank” bankining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari.
4. ATIB “Ipotekabank” bankining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini
o’rganish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Bugungi kunda iqtisodiyotimiz va xalqimiz oldida turgan eng dolzarb masalalar sirasiga xalqaro talablarga javob beradigan va mijozlarga zamonaviy xizmatlarni taqdim etuvchi bank tizimini tashkil etish vazifasi ham kiradi. Chunki yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo`lgan jamiyat sog`lom va tez rivojlanishi mumkin. Pul-kredit bozorining asosiy mexanizmi va richagi bo`lgan banklar o`zining ushbu pozitsiyasidan kelib chiqib butun iqtisodiyotga katta ta`sirini o`tkaza olishi hech kimga sir emas. Buning yaqqol isboti sifatida 2008-yillarda AQShda kuzatilgan “Buyuk depressiya”ni ko`rsatishimiz mumkin. Ushbu iqtisodiy inqroz ipotekali kreditlash tufayli kelib chiqqan bo`lsada, nafaqat Qo`shma Shtatlar iqtisodiyotini, balki butun dunyo moliyaviy hayotini izdan chiqarib yubordi. Shu bilan birga yirik banklarning ham iqtisodiy ahvoli yomonlashib qoldi. Bu banklarning moliyaviy bozorda qanchalik mustahkam mavqega ega ekanligini ko`rsatadi. Jumladan, respublikamizda ham bank tizimining barqarorligini ta`minlash, uni erkinlashtirish, kapital yetarliligini xalqaro talablarga moslashtirib borish, banklarda risk menejmentini takomillashtirish maslalariga ham alohida e`tabor qaratilmoqda va sohada qator vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador muhitni yaratadigan O`zbekiston Respunlikasining “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi, 1 “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi,2 “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi3 hamda “To`lovlar va to`lov tizimi to`g`risida”gi 4yangilangan qonunlari qabul qilindi. 2020-2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo`yicha quyidagilarga erishish maqsad qilib qo`yilgan5:
-bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo`lmagan banklar aktivlari ulushini 15 foizdan 60 foizgacha oshirish;
-banklar majburiyatining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini 28 foizdan 70 foizgacha oshirish;
-2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obro`ga ega bo`lgan kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
-umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarini ulushini 0,35 foizdan 4 foizgacha oshirish.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Ipotekabank” ATIB, “O`zsanoatqurilishbank” ATBni, “ Aloqabank” ATBni, “Asakabank” ATBni, “Qishloq qurilish bank” ATBni, AT “Xalq banki”, “Asia Alliance Bank” ATBni xususiy sektorga sotish ko`zda turtilgan. Banklar aksiyalarining xususiy shaxslar qo`liga o`tishi bank sohasida xizmatlar ko`lamining yanada kengayishiga, ularning moliyaviy barqarorligining yanada oshishiga sabab bo`ladi. Lekin islohot, avvalo, ichkaridan boshlanadi. Ushbu qonunda kadrlar salohiyatini oshirish bo`yicha kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish, bank kadrlarini uzluksiz o`qitish tizimini joriy qilish, har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq to`lashning zamonaviy tizimlariga o`tish (KPI, bonus) kabilar maqsad qilib qo`yilgan. Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini yangicha tashkil etishga alohida e`tibor qaratiladi. Bunda yetakchi xorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz ta`lim tizimini tashkil etish, nazariya va amaliyot o`rtasidagi uzviy aloqani ta`minlash nazarda tutiladi. Xuddi shu kabi maqsadda iqtisodiyot uchun muhim kadrlarni yetkazib beruvchi ta`lim muassasalarida talabalarni amaliyotlarga jalb qilish joriy qilingan.
Men Xolto’rayev Islom Ilhomovich 2023-yil 17-aprel kuni Termiz davlat universitetida biriktirilgan amaliyot rahbarim Yakubov Iskandar tomonidan amaliyot o’tash uchun zarur bo’ladigan barcha topshiriqlarni oldim va 17.04.2023 dan 20.05.23 gacha bo’lgan muddatda “Ipoteka bank” ATIB Surxondaryo filialida amaliyot o`tadim. Bankdan menga amaliyot rahbar etib --- tayinlandi. Ushbu vaqt mobaynida e`tiborimni ushbu bank mijozlarga taqdim etayotgan xizmatlar ko`lamiga, sifatiga, xodimlarning ish tajribasi va ularning o`zaro va mijozlarga nisbatan muomala madaniyatiga, bank xizmatlarining boshqa banklarga nisbatan qanchalik darajada qulay va arzonligiga ahamiyat qaratdim. Meni qoniqtirgan tarafi mijozlarga xizmat ko`rsatishning qulay shaklda tashkil etilganligidir. Chakana amalyot bo`limi xodimlari misolida fikrimni ifodalaydigan bo`lsam, ushbu bo`limga mas`ul har bir xodim universal xarakterga ega. Ya`ni har bir xodim bir vaqtning o`zida ham pul o`tkazmalari bilan shug`ullanishi, mijozlar uchun mahalliy va xalqaro plastik kartalar ochishi, plastik kartalar bilan bog`liq barcha operatsiyalarini bajarishi mumkin. Bu o`z navbatida har bir xodimning teng ish taqsimotiga ega bo`lishiga, shuningdek, mijozlarning arzimagan ish uchun ham soatlab navbat kutishlarini oldini olgan holda ularning sonini oshishiga sabab bo’ladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin