Fikringizcha qaysi g‘oya siz uchun juda serdaromad bo‘lishi mumkin? Loyihalarni texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslashda, uning barcha jihatlari (ya’ni texnik, moliyaviy, tijorat jihatlari) bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni muqobil suratda ko‘rib chiqiladi. Bu vazifani faqat iqtisodchilarning o‘zlarigina uddalay olmaydilar, shu sababli loyihalarni tayyorlashning bu bosqichida turli sohadagi mutaxassislar guruhi ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bular: - shu tarmoqda ish tajribasiga ega bo‘lgan iqtisodchi (iloji bo‘lsa mutaxassislar guruhiga iqtisodchi rahbarlik qilishi kerak); - mahsulot realizatsiya qilinadigan bozorni tahlil qiladigan mutaxassis (marketolog); - mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi biladigan bir yoki bir necha muhandis-texnolog; - mahsulot xususiyatlarini, uni sotishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, xizmat ko‘rsatishni yaxshi biladigan muxandis-konstruktor; - shunga o‘xshash ishlab chiqarishlarni barpo etish bilan shug‘ullangan quruvchi-muxandis;
- shu turdagi ishlab chiqarishlarda xarajatlar hisobini yuritish bo‘yicha mutaxassis.