davlat tomonidan tartibga solishni belgilovchi hujjatlar
davlat buyurtmalari
OʻzR Oliy sudi Plenumi va OʻzR Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq qonunchilikni qoʻllash sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 28-apreldagi qarorida fuqarolarning biznes faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun shart- sharoit yaratish, ularning ishchanlik faolligini oshirish, biznes subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bu sohada qonunchilikni toʻgʻri tadbiq etish va ularga qatʼiy rioya qilishning taʼminlanishi lozimligi qayd etilgan
Kоrxоnalarni tashkil etish, ularning faоliyat koʻrsatishi, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisоdiy va ijtimоiy asоslari Oʻzbekistоn Respublikasining Fuqarоlik kоdeksi, «Biznes faоliyati erkinligining kafоlatlari toʻgʻrisida»gi, «Ijara toʻgʻrisida»gi, «Chet el investisiyalari toʻgʻrisida»gi, «Aksiyadоrlik jamiyatlari vaaksiyadоrlar huquqlarining kafоlatlari toʻgʻrisida»gi, «Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida»gi, «Qishlоq xoʻjaligi kооperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida»gi, «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi, «Dehqоn xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qоnunlar bilan tartibga sоlinadi.
Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun asosida)
Xodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 10 kishi
O’rta tadbirkorlik sub’yektlari
O’rta korxonalar
Sanoatda
Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
kami bilan 41 kishi, koʻpi bilan 100 kishi
Qurilishda
Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
kami bilan 21 kishi, koʻpi bilan 50 kishi
Qishloq ho’jaligi, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish
tarmoqlarida
Xodimlarning oʻrtacha yillik soni kami bilan 21 kishi, koʻpi bilan 30 kishi
Chakana savdo, xizmat ko’rsatish sozasi va noishlab chiqarish soxasining boshqa
tarmoqlarida
Xodimlarning oʻrtacha yillik soni kami bilan 11 kishi, koʻpi bilan 20 kishi
Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun asosida)
Yakka tartibdagi tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik tushuncha- lari aynan bir narsa emas. Xususiy tadbirkorlik – bu alohida fuqaro yoki fuqarolar tomonidan ularning tavakkalchiliklari va mulkiy javob- garliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xoʻjalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini yurituvchilar oʻz faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa oʻz faoliyatlarini faqat oʻz mehnatlari bilan (keyingi oʻzgartishlar boʻyicha yollanma mehnatdan foydalangan holda ham) amalga oshiradilar. Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxsni tashkil etgan holda va oʻz korxonasini davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda faoliyat yuritsalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan turib faoliyat yuritadilar.
Xususiy tadbirkorlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari shartli ravishda 4 guruhga ajratiladi. Masalan, birinchisi – chakana savdo, ikkinchisi – hunarmandchilik, uchinchisi – maishiy xizmatlar (31 turdagi), toʻrtinchisi – faoliyatning boshqa turlari (39 turdagi) bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishadi. Umuman, yakka tartibdagi tadbirkorlar 75 dan ortiq faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin.
Xususiy korxanalar oʻzlarining mustaqil balanslariga, muhriga, hisob-kitob varagʻiga ega boʻladilar. Ular oʻzlari joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligida tegishli tarzda roʻyxatdan oʻtkazilgan kun- dan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Yuridik shaxs maqomini olmasdan turib yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun tuman (shahar) hokimiyati tomonidan ruxsatnoma olinadi. Davlat soliq idoralari bunday shaxslarga ular roʻyxatdan oʻtkazilganligi va yuridik shaxs maqomini olmasdan turib biznes faoliyati bilan shugʻullanish huquqi berilganligi toʻgʻrisida OʻzR Moliya vazirligi belgilagan shakldagi guvohnomani taqdim etadilar.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib, masalan, avtomobillarga transport xizmati koʻrsatish, suratkashlik, qurilish, uylarni taʼmirlash va obodonlashtirish, toʻylar va turli tantanalar vaqtida sanʼatkorlik va musiqiy xizmat koʻrsatish, mulkni (binolar, uylar, xonalar va avtomobillardan tashqari) ijaraga berish va shu kabi biznes faoliyati bilan shugʻullanish huquqi borligi toʻgʻrisidagi guvohnoma tegishli fuqaroning belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaganidan soʻnggina beriladi.
Xususiy tadbirkorlikning quyidagi turlari mavjud:
Yuridik shaxsni tashkil qilgan holda xususiy tadbirkorlik faoliyati;
Yuridik shaxsni tashkil qilmagan holdagi xususiy tadbirkorlik faoliyati.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikning quyidagi turlari mavjud:
Xizmat ko’rsatish sohalarida (sug’urta kompaniyalaridan tashqari)
Savdo sohasidа
Umumiy ovqatlanish sohasida
Boshqa noishlab chiqarish sohalarida
2011-yil mamlakatimizda Birinchi Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb eʼlon qilindi. OʻzR Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi tasdiqlandi.
Biznes subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan maqsad:
-xoʻjalik munosabatida alohida shaxs faoliyat koʻrsatayotgan- ligining qonuniyligini tasdiqlash;
-biznes subyektlarini hisobga olish;
-biznes subyektlari reyestrini yuritish;
-biznes subyektlarining huquqiy, mulkiy va tashkiliy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash.
2006 yil 24-maydagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-357- son qarori qabul qilinib, “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. Mazkur qarorda asosan 2006-yilning 1-sentyabridan boshlab biznes subyektlarini davlat roʻyxatiga olishning xabardor qilish tartibi oʻrnatilib, biznes subyektlarini davlat roʻyxatiga olish, tegishli ravishda, yustitsiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokim- liklari huzuridagi Biznes subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyalari tomonidan bir vaqtning oʻzida ularni soliq va statistika organlarida hisobga qoʻygan holda amalga oshirilishi, ariza — xabarnomani bergan paytdan boshlab biznes subyektini davlat roʻyxatiga olib, unga davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishgacha oʻtadigan muddat koʻpi bilan ikki ish kunini tashkil etishi belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-sonli farmonining ijrosini taʼminlash va biznes tuzilmalariga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati hamda ulardan foydalanish imkoni- yatlarini tubdan oshirish va shaffofligini taʼminlash maqsadida 2015- yil 28-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbir- korlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmat- lari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2412-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning asosiy maqsadi 2003-yildan buyon faoliyatini yuritib kelayotgan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi biznes subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari negizida “yagona darcha” tamoyili boʻyicha biznes subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish vazifasi qoʻyildi.
Biznes faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ariza beruvchini biznes faoliyati subyekti tariqasida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydilar va maʼnaviy zarar uchun tovon toʻlaydilar.
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan biznes faoliyatining turlari qo- nunlar bilan belgilanadi30. Biznes faoliyatining ayrim turlarini listenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga muvofiq, banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Biznes faoliyati subyektlarining birlashmalarini tuzish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Daromad (foyda)ni oʻz ixtiyoriga koʻra TASARRUF ETISH. Istisno:
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan biznes faoliyati subyektlari.
Oʻz mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini realizatsiya qilish:
bozor konyunkturasidan kelib chiqib,
mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar boʻyicha,
mustaqil ravishda belgilanadigan tariflar boʻyicha,
(yoki) shartnoma asosida. Istisno:
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar.
Binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni:
sotib olish,
ijaraga olish,
lizingga olish.
UYUSHMALAR (ITTIFOQLAR) VA BOSHQA BIRLASHMALARGA BIRLASHISH.
Maqsad:
Oʻz huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish! Quyidagilar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi:
birlashmani tuzish,
birlashmaning faoliyat yuritishi,
birlashmani qayta tashkil etish,
birlashmaning tugatilishi.
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATni amalga oshirish:
Mustaqil tarzda amalga oshiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish (+ valyuta hisobvaraqlarini ochish) uchun ASOS:
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik!
Tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻt- kazilganlik (tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun)!
BOSHQA HUQUQLAR (qonun hujjatlariga muvofiq).
BIZNES SUBYEKTINING MAJBURIYATLARI:
Shartnomalardan kelib chiqadigan MAJBURIYATLARNi BAJARISH;
Xodimlar bilan oʻz vaqtida HISOB-KITOB QILISH;
Ushbular TALABLARIGA RIOYA ETISH:
xavfsizlik,
ekologiya,
sanitariya,
gigiyena,
mehnatni muhofaza qilish.
Realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun SERTIFIKATlarga ega boʻlish;
Pochta manzili va boshqa REKVIZITLARI OʻZGARGANLIGI TOʻGʻRISIDA tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilish;
Ushbu HISOBLARNI (qonun hujjatlariga muvofiq) YURITISH:
buxgalteriya hisobi,
tezkor hisob,
statistika hisobi.
HISOBOTlarni (belgilangan tartibda va muddatlarda) taqdim etish (hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadi):
Belgilangan shaklda: DAVLAT STATISTIKA ORGANIGA!
Belgilangan shaklda: DAVLAT SOLIQ ORGANIGA!
Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot turlarini belgilash (davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan) man etiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor majburiyatlarga ega boʻladi va ularni amalga oshiradi.
Boshqa majburiyatlar.
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK:
Jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshiriladi.
Xodimlarni yollash huquqidan foydalanish mumkin.
Mulk huquqi asosida amalga oshiriladi.
Oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida amalga oshiriladi.
Mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan biznes bilan shugʻullanadi.